1-rasm. Tarixiy to’quvchilik jarayoni. To'qimachilik sanoati - yengil sanoatning tabiiy va sun'iy tolalardan turli
gazlama, ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik tarmog'i. Ijtimoiy
mahsulot ishlab chiqarish va aholi ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyatga ega.
To'qimachilik sanoati to'qimachilik xom ashyosidan ip - gazlama, zig'ir tolasidan
gazlama to'qish, jun, shoyi, noto'qima materiallar, to'r to'qish, to'qimachilik-attorlik,
trikotaj kigiz-namat va boshqa sohalarni o'z ichiga oladi.
To'qimachilik
sanoati
mahsulotlari
kiyim-bosh,
poyabzal
ishlab
chiqarishda, mebel, mashinasozlik sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlatiladi.
6
O'zbekiston o'z to'qimachilik mahsulotlari bilan dunyoga qadimdan
tanilgan.