Peroksisoma va glioksisomalar.
O'simlik hujayralarida
dumaloq shakldagi
,
diametri 0,2-1,5 mkm bo'lgan va elementar membrana bilan o’ralgan granulyar
matriksli organoidlar uchraydi. Ular mikrotellar deb ham ataladi. Mikrotellarning
soni hujayradagi mitoxondriyalar miqdoriga yaqin bo'ladi. Har xil fiziologik
funksiyalarni bajaruvchi ikki tipdagi mikrotellar mavjud.
Peroksisomalar.
Keyingi yillarda ochilgan organoidlardan biri bo'lib birinchi bor
1968 yilda Tolbert tomonidan aniqlangan. Ular mayda membrana bilan o'ralgan
pufakchalardir. Peroksisomalar barglarda ko'p bo'lib xloroplastlar bilan uzviy
bog'liqdir. Ularda fotosintez jarayonida xloroplastlarda sintezlanuvchi
glikolat
kislotasi oksidlanadi va glitsin aminokislotasiga aylanadi. Bu esa mitoxondriyalarda
serin aminokislotasiga aylanadi. Yuksak o'simliklar barglari peroksisomalarida
yorug'likda nafas olish fermentlari hamda katalaza, glikolatoksidazalar ham
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |