Testlarni maktabda qo’llaniladigan tekshirish usullari (nazorat ishi) dan
farqi shundaki, test yordamida katta hajmdagi o’rganilgan mavzularni kichik,
ya’ni ma’lum miqdorlar bilan o’rganish va ko’p sonli o’quvchining o’quv
materiallarini o’rganganligi darajasini tez diagnostika qilish. Demak, maktabda
qo’llanishi mumkin bo’lgan testga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Test tekshirilayotgan masalalarni har taraflama
ifodalaydigan va kichik
bo’laklar orqali ifodalangan standartlashtirilgan topshiriqlar mujmuasidir.
Testlarni qo’llanishi bo’yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: keltirilgan
jumla, ifoda, shakl yoki mulohazada qoldirilgan joylarni to’ldirishga
mo’ljallangan testlar. Ular javoblarini erkin tanlash testlari jumlasiga kirib, u
o’rganilgan mavzuning ma’nosini tushunganligini tekshiradi. Masalan,
teoremalar, qoidalar va boshqalar. Bunday topshiriqlarni avvalari matematik
diktantlar deb yuritilar edi. keltirilgan mulohazaning rost yoki yolg’onligini
aniqlash testlari. Bular muqobil usuldagi testlar orqali o’quvchilarning
mulohaza
yuritishi, xulosa chiharishi yoki umumiy qoida-qonunlar, xususiyatlar,
teoremalarga asoslanib, bajarilayotgan amallarning to’g’riligini
aniqlay olishligi
tekshiriladi. Keltirilgan ikki turdagi testlar nafaqat yozma holda, balki og’zaki
shaklda ham ifodalanadi, javobni tanlashga mo’ljallangan testlar. Mazkur turdagi
testlar keng tarqalgan bo’lib, ulardan kamida uchta javob ko’rsatiladi va
javoblarni tuzishda o’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolar hisobga
olinadi. Bu testlar yordamida o’quvchilarning o’quv materialini qo’llashga
tayyorgarligi tekshiriladi.
Umuman hozirgi kunda jahonda qo’llanilayotgan testlar quyidagilardan
iborat:
etuklik testi (o’qilgan materialni aytib bera olish);
ijod testi (ilg’ab olish, fikrlash);
biror mezon bo’yicha test (ma’lum bir mezon tanlanadi);
proektiv test (biror shakllar, modellar, rasmlar yordamida);
intellekt test (sotsiologiya va ruhshunoslikka oid test). Yuqoridagi keltirilgan test
turlariga qo’yiladigan talablar quyidagidan iborat bo’lishi lozim:
test savol-topshiriqlari asosiy bilimlar majmuasi va ularni o’zlashtirishga
qo’yilgan talablar
asosida tuziladi;
qaralayotgan materiallar bo’yicha bir necha xil variantlar bo’lgan holda, ulardan
bir xil sondagi topshiriqlar bo’lishi lozim;
javobni tanlash testida albatta to’g’ri javob bo’lishi kerak;
bitta testda bir xil sondagi savollar bo’lishi lozim;
―Test‖ atamasi birinchi marta amerikalik psiholog J. Kettel tomonidan
1890 yilda kiritilgan. ―Test‖ atamasi inglizcha ―test‖ so’zidan olingan bo’lib,
tekshirish, nazorat, sinov ma’nolarini bildiradi. Pedagogikada ―test‖ atamasi
o’ziga xos shaklga va mazmunga, turli qiyinlik darajasiga ega bo’lgan,
o’quvchilar o’zlashtirishi darajasini holisona baholash
imkoniyatini beradigan
topshiriqlar tizimidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: