4.3. Loyihani planshetda bajarish.
Planshetda loyihani bajarishda, eskizda barcha masalalar hal bo‘lgach
materiallarni yaxshi joylashtirish, ya’ni loyiha grafika qismini tekislikda
joylashtirish, masshtabligini, planshet ifodasi o‘lchamlari to‘g‘ri kelishini his etish
kerak. Juda katta tasvir planshetdan chiqib ketayotganday ko‘rinadi, kichkina esa
yo‘qolib qolganday bo‘ladi. Tasvir juda yuqori yoki juda pastda bo‘lmasligini
nazorat qilib turilishi kerak, kompozitsiya ehtiyojisiz planshet o‘ng yoki chap
tomoniga siljitish kerak emas. Qog‘oz varog‘iga komponofka qilish juda katta
izlanish ishlarini talab qiladi. Buning uchun maxsus xomaki komponofka eskizi bir
necha varoqda masshtabda tayyorlanadi. Planshetda loyihani bajarishdan avval
barmoqlardan yog‘li dog‘lar qog‘ozga tushmasligi, ishni buzmasligi uchun, qo‘llar
101
yaxshilab yuviladi. Loyihaning ish maydoni faqat loyiha qurilayotgan yoki ish
vaqtida rangli tasvir bajarilayotgan qismigina bosiq bo‘lishi lozim. Boshqa
qismlari esa toza qog‘oz bilan berkitiladi. Loyihaning grafika qismiga boshqaruv
plansheti kiradi, unda planshetlar ishlamasi mavzusi ko‘rsatiladi, u yerda
buyumning proeksiyalari va boshqa materiallar joylashtiriladi. Planshetda loyiha
nomidan tashqari buyum kontur rasmlari yoki ramzi joylashtiriladi.
Buyum planshetda matn oq-qora variantda yoki rangli qilib grafika usulida
bajariladi. Boshqa planshetlarda uch ko‘rinishda joylashtiriladi (asosiy, yondan,
tepadan). Ularning o‘lchamlari, rang va faktura parametrlari haqida aniq
ma’lumotlar beriladi. Kinematik sxema esa funksional tartibini va obyektini, ishni
tuzilishini aniqlab beradi. Uni grafikada, chiziqda (oq-qora yuviladigan yoki
yoritiladigan) ifoda etiladi.
Kompanofkani sxemasi buyumni yig‘ish variantlarini ochadi. Buyumning
istiqbol tasviri loyihaning asosiy ko‘rgazmali elementidir. Istiqbol- grafik
ma’lumotning eng ko‘rgazmali, namunaviy usulidir. Chiziqli istiqbol- grafik
ma’lumotining eng ko‘rgazmali, namunaviy usulidir. Chiziqli istiqbol (rivojlanish)
rejani tuzishni ko‘pgina usullari mavjud, lekin loyihachilar “arxitektura usuli” deb
nomlanuvchi usuldan keng foydalaniladilar. Loyihachi rejada predmetni tasvir
etishda, unga nisbatan tomoshabinni turish joyini tanlaydi, kartina maydonini
qo‘yadi va kartinani o‘zini chegarasini aniqlaydi. Loyiha tarkibiga kiradi: badiiy-
konstruktorlik loyihaga tushuntirish xati, unda predmetning funksional vazifasi,
uning konstruktiv asoslari, foydalanilgan materiallar tayyorlash texnologiyasi va
boshqalar. Tushuntirish xatiga kirishda, tanlangan mavzu asoslanadi. Uning
dolzarbligi, qisqacha tarixiy ma’lumotlar keltiriladi. So‘ng mavzuning yechimi
ilmiy yo‘nalishlari bayon etiladi. Predmetni yaratish jarayonini uslubiy bosqichlari
bayon yetiladi. Shundan so‘ng bajarilgan ishlar natijasi haqida hulosa beriladi,
unda loyihaning yangiligi, uni tadbiq etishdan kutilayotgan foyda ko‘rsatiladi,
xotimada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Buyum loyihasini ishlab
chiqishda uning kerak bo‘lgan sifati ko‘rinishi uning kerak bo‘lgan sifati ko‘rinishi
102
ekanligini unutmaslik kerak. Shu sabab buyum shaklini yetkazishni tushunarli va
ko‘rgazmali shaklini tanlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |