Annotatsiya
Ushbu o‘quv qo‘llanmada badiiy kompozitsiyaning mohiyati, asoslari, qonun -
qoidalari, unsurlari, asosiy prinsiplari va kategoriyalari haqida batafsil ma’lumot
berilgan.
Badiiy kompozitsiyaning xususiyatlari va vositalari nafaqat kiyimda, balki
badiiy san’at asarlarida uchrashi ham misol tariqasida keltirilgan.
Rang haqida keng nazariy ma’lumot o‘quv qo‘llanmada alohida bob ko‘rinishda
berilib, unda rang birikmalarining qurilish prinsiplari ko‘rib chiqilgan.
O‘quv qo‘llanma kiyimlarni badiiy bezashda dekor va tanlangan materiallarning
plastik va manzarali xususiyatlari hamda ularning axborot vositasi ekanligi haqida
ma’lumotlarni keng yoritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: