GOST 52121-2003
5.2.3 Tuxum qobig'i toza, qon va axlatsiz, shikastlanmagan bo'lishi kerak.
Ruxsat berilgan:
-parhezli tuxum qobig'ida bitta nuqta yoki chiziqlar (qafasning poli yoki tuxum yig`ish
konveyerlarga tuxumning tegishi natijasidagi izlari);
-oshxona tuxumlari qobig'ida - dog'lar, nuqta va chiziqlar (qafasning poli yoki tuxum yig`ish
konveyerlarga tuxumning tegishi natijasidagi izlari) uning sirtining 1/8 dan ko'p bo'lmagan qismini
egallashi zarur.
5.2.4 Ifloslangan tuxumni belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan foydalanishga ruxsat
berigan maxsus yuvish vositalari bilan qayta ishlashga ruxsat beriladi.
5.2.5 Uzoq muddatli saqlash uchun mo'ljallangan tuxumlarni yuvish mumkin emas.
5.2.6 Tuxumlarning tarkibida begona hidlar (ayniganlik , chiriyotganlik, chiriganlik va boshqalar)
bo'lmasligi kerak.
5.2.7 Zaharli elementlar (qo'rg'oshin, kadmiy, simob, mishyak),
antibiotiklar, pestitsidlar,
radionuklidlar va mikrobiologik ko'rsatkichlari sanitariya-epidemiologiya qoidalari va normativlarda
belgilangan ruxsat etilgan
darajadan oshmasligi kerak
[2], indekslar 1.1.15; 1.1.15.1; 1.1.15.2.
5.3 Markalash
5.3.1 Har bir tuxum oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqa qilishi uchun vakolatli organlar tomonidan
tasdiqlangan vositalar bilan markalanishi kerak. Markalsh vositalari mahsulot sifatiga ta`sir qilmasligi
kerak. Tuxum markalari aniq, o`qilishi onson bo`lishi kerak.
5.3.2Tuxumlar shtamplash, purkash yoki markaning aniqliligini ta`minlaydigan
boshqa usullar
bilan markalanadi. Nomlanishi, navi va saralanish sanasini bildiruvchi raqam va harflarning balandligi
kamida 3 mm bo'lishi kerak.
Tuxumga qo'shimcha ma'lumot qo'yishga ruxsat beriladi (ishlab chiqaruvchi-korxona nomi yoki
savdo belgisi).
5.3.3 Parhez tuxumlarda quyidagilar ko'rsatiladi: tuxum turi, navi va saralanish sanasi (kun va oy);
Oshxanobop tuxumlarda esa - faqat tuxum turi va navi.
Quyidagilar markada tuxum turini bildiradi: Parhezbop-D, Oshxonabop - S.
Quyidagilar tuxum navini bildiradi: Oliy- V,
Tanlangan- O, birinchi - 1, ikkinchi - 2, uchinchi - 3.
5.3.4 Har bir idish markasida, iste'molchi uchun qadoqlash birligida mahsulot ko`rsatkichlari
ko`rastiladi:
-ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili);
-ishlab chiqaruvchining savdo belgisi (agar mavjud bo'lsa);
-mahsulot nomi, turi, navi;
-saralash sanasi;
-saqlash muddati va saqlash shartlari;
-ozuqaviy qiymati;
-standartning belgilanishi;
-sertifikatlanganlik ma'lumotlari.
Agar tuxum qadoqlangan
istemolchi idishida, ma`lumotlar ko`rsatilgan yorliq bilan muhirlangan
bo`lsa, markalamaslikka ruxsat etiladi.
Yorliq shunday joylashtirilishi kerakki, u iste`molchi idishi ochilganda yertilishi lozim
5.3.5 Mahsulotga boshqa ma'lumotlar, jumladan reklama, mahsulot ko`rsatkichlari, ishlab
chiqaruvchi va shtrix-kod ham qo'llanilishi mumkin.
5.3.6 Transport markirovkasi - GOST 14192 ga ko`ra, manipulyatsiya belgilarini qo`llash
“namlikdan himoya qilish”, “Sinuvchan.Ehtiyot bo`ling” va “Yuqori”.
5.3.7 Yuk tashish idishining har bir qadoqlash
birligida, unung ikkita so`ngi devoriga mahsulotni
tavsiflovchi markalar qo`yilgan yorliq qo`llaniladi:
-ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili);
-ishlab chiqaruvchining savdo belgisi (agar mavjud bo'lsa);
-mahsulot nomi, turi, navi;
-saralash sanasi;
-saqlash muddati va saqlash shartlari;
-standartning belgilanishi;
-sertifikatlanganlik ma'lumotlari.