Bir-biridan farqli bo„lgan MQBXBdagi qiymat va
MBdagi narxning o„zaro bog„liqlikdagi transformatsiyasi va
transferi chizmasi
.
Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida aytish mumkinki, umuman
olganda mulk qiymati uning narxi emas. Lekin ular bo‗yicha ideal
holatda vaqtinchalik (qisqa vaqt ichida) muvozanat (tenglik) vujudga
kelishi mumkin. Zero, bunday ideal holatdan ularni aynan bir xil
tushuncha deb qarab bo‗lmaydi.
Ammo mulkning bozor qiymati va narxini alohida olganda har biri
o‗zida omillar ta‘sirini o‗zgacha namoyon qilishiga qaramasdan ularning
bir-biriga bevosita bog‗liq holda o‗zaro transformatsiyalanishi (1.4.3-
rasm) ular o‗rtasidagi ekvivalentlik (analogiya, aynan teng emas)
xususiyati mavjudligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |