220
1. Xarajatli yondashuv va uning usullari.
Xarajatli yondashuvga ko‗ra turli ko‗chmas
mulkning bozor
qiymati, erkin yer maydonining qiymat summasi va yaroqsizlikni
hisobga olgan holda uni yaxshilash uchun olib borilgan qurilish
ishlarining qiymati sifatida aniqlanadi
16
.
Xarajat yondashuvida baho
tamoyillarining izchil qo‗llanilishi quyidagi muhim xulosani chiqarishga
olib keladi: ya‘ni ko‗chmas mulkni qurilish narxi (xarajatlar) va bozor
narxi bir-biridan farqlidir.
Nazariy jihatdan olganda turli ko‗chmas mulkning balanslangan va
mukammal bozorda turli xildagi ko‗chmas mulk obyektini yaratishga
ketgan bozor xarajatlari, sotuv bo‗yicha
bozor axborotlari hamda
ko‗chmas mulkdan kelgan daromad qiymatining bitta va bir xil
ma‘nosiga mos kelishi lozim. Bu esa har bir doimiy talab va taklif
kuchini muvofiqlashtirib turadi.
Ikkinchi tomondan esa, agar tadbirkor
sarmoyador bozor narxi
bo‗yicha qurilish resurslarini sotib olish va keyinchalik qurib bitkazilgan
obyektni ochiq bozorda sotish uchun mablag‗ qo‗ysa, unda xarajatlarni
obyektning ochiq bozordagi narxi bilan qiyoslasa, to‗g‗ri bo‗ladi.
Boshqacha aytganda, ochiq bozorda almashuv paytidagi narxni
aniqlashda xarajat yondashuvi orqali belgilanadigan daraja – bo‗lg‗usi
foydalanuvchining fikrini aks ettiruvchi nuqtayi nazar bo‗ladi.
Ayniqsa
bu yangi obyektlarga yoki kichik muddatga ekspluatatsiya qilinuvchi
obyektlarga taalluqlidir.
Savdo avj oladigan ko‗chmas mulk bozorida bozor narxini
aniqlash uchun qiyosiy yondashuvning sotuvlarni taqqoslash usuliga
yoki daromadli yondashuvning daromadni kapitallashtirish usuliga urg‗u
beriladi. Bunday paytda xarajat yondashuvi qandaydir ikkinchi darajaga
tushib qoladi. Biroq, ko‗pchilik hollarda
xarajat yondashuvi orqali
belgilangan narx bozor narxining oxirgi darajasi haqida xulosa chiqarish
uchun zarur taqqoslovchi bo‗lib xizmat qiladi. Baholashning uch
yondashuvi orqali olingan qiymatlarga olib kelgan sabab hamda
tendensiyalarni aniqlash eng asosiy omildir.
16
Toʻychiеv N.J., Nigmanova G.A. Mulkni baholash. Oʻquv qo‘llanma. - Toshkеnt: 2011. – 60 b.
221
Shunday qilib, ko‗chmas mulkning bozor narxini aniqlashning
xarajat yondashuvi – bu bir tomondan bozor narxini aniqlash tadbirining
zaruriy bo‗lagi, ikkinchi tomondan – ko‗chmas
mulkning bahosi
to‗g‗risidagi tasavvurni anglash uchun yagona vosita sanaladi.
Shu bilan birga, uzoq muddat xizmat qilayotgan obyektlarning
to‗plangan yemirilish qiymatini va tadbirkorlar foydasini aniqlashning
qiyinligi
tufayli
baholashda
xarajat
yondashuvi
ma‘lum bir
cheklanishlarga ega. Bundan tashqari, xarajat yondashuvi bilan baholash
natijalari mulkga to‗liq egalik qilish huquqini aks ettiradi, shuning uchun
mulkga qisman egalik qilish huquqlarini baholashda ularni o‗zaro
muvofiqlashtirish kerak bo‗ladi.
Ko‗chmas mulk qiymatini aniqlashga
xarajat nuqtayi nazaridan
yondashuv shunga asoslangan, bino qurilishi xarajatlari, uchastkani
tayyorlash va yaxshilashga ketgan xarajatlar ko‗chmas
mulk qiymatini
belgilashda asosiy mo‗ljal hisoblanadi. Xarajatlar har doim ham
obyektning bozor qiymatini aks ettiravermaydi. Foydalanish davrida
binoni yaxshilash uchun bajarilgan ishlar obyekt qiymatini o‗zgartiradi
va bu alohida hisobga olinishi lozim.
Xarajat yondashuvining usullari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: