Ma’ruza-1
Fizika fani bo‘yicha tushuncha. Kinematika asoslari.
Reja:
1.1. Fizika fanining tarixi, fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, fizika
fanining texnika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi.
1.2. Fizik kattaliklarning o‘lchov birligi. Kinematika asoslari.
Sanoq
sistemasi. Moddiy nuqta kinematikasi.
1.3. Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati. Ko‘chishning o‘rtacha
tezligi. Oniy tezlik.
1.4. Tekis o‘zgaruvchan harakat tenglamasi. Moddiy nuqtaning egri chiziqli
harakati.
Tayanch so‘z va iboralar
: sanoq sestemasi, moddiy nuqta,
ilgarilanma harakat, tezlik, ko’chish, yo’l, tezlik,
tezlanish.
O`zbekiston – ilm fan va madaniyat qadimdan taraqqiy topgan
mamlakatlardan biri bo`lib, astronomiya,
matematika, tibbiyot, kimyo,
to`qimachilik, me`morchilik, ma`daniyatshunoslik, kulolchilik, falsafa,
adabiyotshunoslik yaxshi rivojlangan.
Muso al-Xorazmiy va Muhammad al-Farg`oniylar Bag`dod akademiyasi «
Bayt ul-Hikmat » (Donolar uyi)da o`z tadqiqotlarini olib borganlar.
Al-Xorazmiy 780 y.da Xivada tug`ilgan bo`lib matematika, astronomiya,
geografiya sohasida asar yaratdi. « Al-jabr » (algebra)
fani va algoritm
tushunchasiga asos solgan. Uning « Hisob al-Hind » va « Astronomik jadvallar »
asarlari o`n ikkinchi asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan.
Al-Farg`oniy ham astronomiya, geografiya,
matematika fani bilan
shug`ullangan (790 y. Farg`onada tug`ilgan). U Quyosh tutilishini oldindan
hisoblab chiqqan, Erning sharsimon ekanligini ilmiy asosda isbotlagan,
meridian
uzunligini hisoblagan, Nil daryosining oqimini o`lchash asbobini yasagan.
Al-Forobiy 873 y.da Chimkent viloyatida tug`ilgan. Turli sohalarga oid
160dan ziyod asarlar yozgan. Uni Sharq Arastusi deb ataganlar.
Urganchda «Bilimdonlar uyi » - « Akademiyasi » tashkil etilgan bo`lib,
falsafa, matematika va tib ilmlari muhokama qilingan. Buyuk mutaffakirlari Ibn
Sino, Beruniy akademiyaning a`zolari bo`lishgan.
Al-Beruniy 973 y. Xorazmda tug`ilib, 1048
yilda Gaznada vafot etgan,
birinchi globusni yasagan. 150 dan ortiq kitob va risolalar yozgan. Geliosentrik
nazariya rivojiga katta hissa qo`shgan.
Abu Ali ibn Sino – 980 y. Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan.
40 dan ko`prog`i tibbiyotga, 30 dan ortig`i tabiiy fanlarga oid asarlar qoldirgan.
Mirzo Ulug`bek – 1394 y. Sultoniya shahrida tug`ilgan, 1449 y.da
Samarqandda akademiya tashkil qilgan, rasadxona, kutubxona, madrasa qurdirgan.
Dunyodagi eng yirik astronomiya maktabini yaratgan. Ulug`bek ,,ziji ko’rogoniy”
jadvalini tuzgan.
Mashhur astronom va matematik olim – Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy,
al-Koshiy birinchi bo`lib tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, falsafa, adabiyot
fanlarini yuqori sohalarga ko`tardilar.
Hozirgi O`zFAning ilmiy-tarmoqlar bo`yicha 8ta bo`limi mavjud.
Uning
tarkibiga fizika sohasi bo`yicha quyidagi ilmiy tekshirish institutlari kirada: Yadro
fizikasi instituti, Fizika- quyosh ilmiy ishlab
chiqarish birlashmasi,
Elektronika
instituti, Astronomiya instituti, issiqlik fizikasi bo`limi. O’zbekiston mustaqillikka
erishgandan so’ng ilm-fanning rivojiga alohida e'tibor berilmoqda.
Hozirgi
o’zbekiston fanlar akademiyasining ilmiy-tarmoqlar bo’yicha sakkizt a bo’limi
mavjud. Ulardan biri fizika-matematika fanlari bo’limidir. Uning tarkibiga fizika
sohasida faoliyat ko’rsatayotgan quyidagi ilmiy tekshirish institutlari kiradi: Yadro
fizikasi instituti „Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Elektronika
instituti, Astronomiya instituti, issiqlik fizikasi bo’limi. Hozirgi paytda O’zbekistonda
fizikaning quyidagi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda: