a’zolari ehtiyoji chegaralanmagan. Masalan: hamma oila
hashamatli uy-joy, zamonaviy avtotransport, texnikaviy
jihozlarga, eng yaxshi kiyim-kechak, sifatli oziq-ovqat,
ko'rkam dala hovli kabilarga ega bo‘lishni istaydi. Ammo,
oila budjeti doim chegaralangan. Demak, chegaralangan
imkoniyatdan samarali foydalangan holda chegaralanmagan
ehtiyojni qondirish muammolarini yechish iqtisodiyotni
keltirib chiqaradi.
Oila budjetni sarflash yo'nalishlari turining ahamiyatiga
qarab o‘zgaradi. Masalan, oila a’zolarini avtomobil olishga
bo‘lgan ehtiyoji birinchi o‘ringa qo‘yilsa, qolgan yo‘nalish-
lardagi sarf-xarajatlar avtomobil sotib olish maqsadiga
erishgunga qadar kamaytiriladi.
Shuningdek, yuqoridagi yo'nalishlarda ko‘rsatilgan katta
xarajatlarga bo‘lgan ehtiyoj maqsadga aylansa, qolgan
yo‘nalishlarga sarflanadigan mablag‘ o‘z-o‘zidan kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |