Qurish — yasash o‘yinlari bolada
buyum obrazini fazoviy
ifodada tasvirlashni talab qiladi. 0 ‘yin jarayonida biror bir
material yoki buyumning hajmi, katta-kichikligi, bir-biriga
mosligi, fazoviy moijallay olish ko'nikmasi shakllanadi, ri-
vojlanadi.
Qurish - yasash o‘yinlari bolalarda kuzatuvchanlikni,
buyumlami
fazoviy joylashtira olish, maqsadga erisha olish
kabi faoliyatlarga o'rgatadi. Masalan: uycha, ko‘prik, saroy,
uy hayvonlari uchun maxsus maydonchalami qurish nazarda
tutiladi.
Qum bilan o‘ynash. Qum bolalaming o'ynashlari uchun
eng qulay o‘yin vositasi bo'Iib hisoblanadi. Qumlar maxsus
yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigienik
talablar qo‘yiladi: a) qum turli xil tosh, shishalardan
tozalangan bo‘lishi; b) qum faqat
namroq holda saqlanishi
kerak; d) bolalaming salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalami qum bilan o‘ynashlari uchun
bayroqchalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan kichik yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin.
Suvda qo‘g‘irchoqni cho'miltirish, o‘yinchoqlar bilan suvda
o‘ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho‘milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o‘yinlar bolalarda quvnoq kay-
fiyatni uyg‘otadi. Buning uchun bolalarga yog‘och belku-
rakcha, qomi tashish uchun yashikcha ortilgan chana bo‘lishi
shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar,
qorbobo, qorqiz, hayvonlaming qiyofasini yasaydilar.
Milliy o‘yinlar
Milliy o‘yinlar ikki guruhga bo‘linadi: I. Milliy harakatli
o‘yinlar. 2. Milliy xalq o‘yinlariga bo'linadi.
184
Milliy harakatli o‘yinlar
sport turlari bilan hamda
xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar
davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib,
e’zozlanib kelingan. U bolalami jismonan baquwat, sog‘lom,
jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib o‘sishlarida
muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida
millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishi-
ning xarakter xususiyatlari,
urf-odatlari, an’analari jamlan-
gandir.
Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalami ma’naviy, aqliy,
jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bola
larda o‘z Vatanini sevish, uning boyliklarini qadriga yetish,
buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va
qo'shiqlardan zavqlanish tuyg‘ularini, shuningdek, o‘sib
kelayotgan
yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkor-
lik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o‘yinlarini oilada tashkil etishda quyidagi
vazifalar amalga oshirilishi lozim.
1. Xalq milliy o‘yinlarining turlari va ulami tashkil etish
yo‘llari, usullari hamda uslublari bilan ota-onalami tanish-
tirish.
2. Milliy o'yinlami tashkil etishda ma’naviy
qadriyatlar
va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib bo
rish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalami milliy istiqlol ruhida
tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish.
4. Xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan
unumli foydalanish.
5. Bolalami o‘ynashlari uchun oilada shart-sharoit (o‘yin
uchun jihozlar, atributlar) yaratish.
185
6.
Mahallalar o‘rtasida o‘tkaziladigan milliy o‘yinlar
bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalarda qatnashish.
Milliy harakatli o‘yin bolalaming yosh xususiyatlariga,
o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: