8. Fizik daraja.
Agar kanal darjasining vazifasi tarmoqning qo’shni tugunlari orasida
kadrlarni uzatish hisoblansa, u holda fizik daraja tugunlar orasida ma’lumotlarning
alohida bitlarini uzatilishini ta’minlaydi. Fizik daraja protokollari shuningdek
ishlatiladigan aloqa liniyasiga (mis o’rama juftlik, bir modali optik tola va h.k.)
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi. Ethernet texnologiyasi o’rama juftlik, koaksial
kabel, optik tolali kabel va boshqa ayrim liniyalar turlarini qo’llash uchun
mo’ljallangan fizik darajalarning ko’plab protokollarini qo’llaydi. Har bir aloqa
liniyalarida bitni uzatish mexanizmlari turlicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |