e-qaror.gov.uz
22.01.2022
22
uy-joy kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda o‘quv stajirovkalari tashkil
etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot
tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunini amalga
oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan
ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat organlari, mahalliy ijroiya
hokimiyati organlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini
muvofiqlashtiradi;
chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududda sanitariya va ekologik
vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli
ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb
etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz va sifatli bajarilishi,
shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga
yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta va qisqa muddatli hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqish ishlarini
muvofiqlashtiradi;
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash
hududlarni sanitariya, ekologik norma va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish ishlarini amalga
oshirish hamda qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me’morchiligi usullarini qo‘llagan holda
rekreatsion hududlarni shakllantiradi;
ye) davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va
chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor
ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etadi, davlat chegarasini
muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va
amalga oshirilishini ta’minlaydi;
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazish imkoniyatlarini baholash hamda
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish joyini,
hajmini va boshqa shart-sharoitlarini, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi va boshqa
ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor
himoyalash ishlarini belgilaydi;
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini
ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni shakllantiradi hamda ularda belgilangan
tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |