Sotsiologiya shaxsga oid ko’pgina nazariyalarni
o’z ichiga olgan bo’lib, ular
bir-birlaridan qat`iy metodologik ko’rsatmalar orqali farq qiladilar.
Insonning qaysi jihati shaxs tushunchasida nomoyon bo’ladi?
Insonning ikki xil ehtiyoji mavjud: tabiiy va ijtimoiy. Tabiiy
- bu barcha
biologik ehtiyojlar.
Ijtimoiy
- mehnat faoliyati, ijtimoiy faollik, ma`naviyat va
boshqalar. SHaxs bu insonning jismoniy tabiati emas, balki uning ijtimoiy sifatidir.
SHaxs ehtiyojlari uning manfaatlari orqali nomoyon bo’ladi. Manfaatlar esa uni
maqsadli faoliyatga yo’llaydi. Kishilarning ijtimoiy munosabatlari ularning xulqlarida,
eng avvalo, manfaatlar tarzida nomoyon bo’ladi. Bu esa o’z navbatida shaxs
faoliyatining maqsadini, mazmunini va mohiyatini ifodalaydi. Manfaatlarning
maqsadga aylanishi shaxs faoliyati motivining oliy darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |