4. Individuallik tushunchasi. Individuallik
– «Individ» atamasidan yasalgan
bo’lib, insonning noyob xususiyatlarini ifodalaydigan tushuncha.
Insonni turli darajada: yakka tarzda va tarixiy rivojlanishining aniq-tarixiy
o’ziga xosligini aks ettirishda «individ» tushunchasi bilan
bir qatorda «shaxs»
tushunchasi
ham qo’llaniladi.
«SHaxs» bir qator gumanitar fanlarning falsafa,
ruhshunoslik, pedagogika va sotsiologiyaning o’rganish ob`ekti hisoblanadi.
5. «Shaxs» –
odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo’lib, ijtimoiy
taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy
munosabatlar tizimiga qo’shilishining mahsuli hisoblanadi.
Falsafa shaxsni
faoliyat sub`ekti, ong va ijodiyot sifatida tutgan o’rni, nuqtai-
nazaridan qarab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |