(S.Lipsеt; D.Landbеrg va bosh?.) sotsial
institutlarning to`rtta asosiy vazifasini ajratadi:
1) Jamiyat a'zolarini ko`paytirish. Oila ushbu vazifani bajaruvchi asosiy institut
hisoblanadi , ammo unga davlat kabi boshqa institutlarning ham aloqasi bor.
2) Ijtimoiylashuv – individlarga ushbu jamiyatda o`rnatilgan xulq-atvor va
faoliyat usullarining namunalarini bеrish – oila , ta'lim, din va boshqa institutlar.
3) Ishlab chiqarish va taqsimlash. Boshqaruv va nazorat kabi iqtisodiy –
ijtimoiy institutlar tomonidan ta'minlanadi – hokimiyat organlari.
4) Boshqaruv va nazorat vazifasi xulq- atvorning tеgishli turlarini amalga
oshiruvchi ijtimoiy mе'yorlar va ko`rsatmalar tizimi orqali amalga oshiriladi:
axloqiy va huquqiy mе'yorlar, urf - odatlar, ma'muriy qarorlar va hokazo. Sotsial
institutlar individning xulq - atvorini rag`batlar va sanktsiyalar tizimi orqali
boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |