«Sotsial» termini sotsiologiyada ikki ma'noda, keng va tor doirada ishlatiladi.
Keng ma'nosida «sotsial» tushunchasi «ijtimoiy» tushunchasiga sinonimdir. Tor
ma'noda esa, jamiyat hayotining ma'lum sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash
uchun xizmat qiladi. Ba'zi bir sotsiologlar sotsial munosabatlar masalasini tadqiq etishib
sotsial munosabatlarni 3 nuqtai nazardan tahlil qilish kerak degan fikrga kelganlar, keng
ma'noda, torroq ma'noda va tor ma'noda.
Keng ma'noda sotsial munosabatlar deganda,
jamiyatdagi kishilarning hamma
munosabatlari tushuniladi.
Torroq manoda sotsial munosabatlar deganda
jamiyat
sotsial sub'ektlari, ya'ni ma'lum sotsial guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar ijtimoiy
munosabatlarning «parchasi» sifatida tahlil qilinadi. Tor ma'noda esa u iqtisodiy va
siyosiy munosabatlar bilan bir qatorda ko‘riladi.
«Sotsial» tushunchasi turlicha izohlanishdan kelib chiqib, sotsial rypyhlarga har
qanday kishilar birligi (sotsial yoki ijtimoiy guruh; hamma ijtimoiy munosabatlarni
ifodalovchilari (ijtimoiy munosabatlar sub'ekti); aniq sotsial, sinfiy, urug‘-qabilaviy va
oilaviy munosabatlar (sotsial munosabatlar) sub'ekti sifatida qarash kerak).
Guruh tushunchasi haqida gapirishdan oldin, bir qancha farklarni ko‘rib chiqamiz.
Bu masalani sotsial to‘plam tushunchasidan boshlaymiz.
Tashqi kuzatuvchilar tomonidan ko‘rsatilgan qandaydir umumiy belgilarga ega
bo‘lgan kishilar yig’indisi sotsial to’plam deb ataladi. Masalan, biz kishilar to‘plamidan
qora tanli kishilar to‘plamini, ko‘k ko‘zli kishilar to‘plamini ajratib ko‘rsatishimiz
mumkin. Bu jismoniy belgilarga asoslanib, to‘plamlarga ajratish hisoblanadi. Bu bilan
ko‘pincha antropologiya fani shug’ullanadi, to‘plamni u yoki bu kasb bilan
shug‘ullanuvchi kishilar ham tashkil etishadi. Aynan bir kasb bilan shug‘ullanadigan
kishilar kasbiy (professional) kategoriyalar deb ataladi. Yoshiga qarab ajratiladigan
kishilar to‘plami yoki kategoriyalari deyiladi. Jinsiga qarab kishilar 2 ta jins to‘plamiga,
ya'ni erkaklar va ayol kategoriyalariga ajratiladi. Aniq belgiga asoslanib ajratiladigan
har qanday to‘plam sotsial kategoriyani tashkil etadi. Sotsial kategoriyalar hech qanday
ichki aloqalar bilan birlashmaydi. Bir kategoriyaga kiradigan, masalan, kasbiy
(professional), yosh, jins, mulk, daromadi va boshqa kategoriyalarga mansub kishilyar
qandaydir umum belgilarga egalar. Ana shu asosga ko‘ra, sotsial kategoriyalar ichki
aloqa va shaxsiy institutlariga ega bo‘lishlari mumkin. Sotsial kategoriyalar biror bir
sotsial aloqada bo‘lgan taqdirlaridagina, ular sotsial birlikka aylanishlari mumkin.
«
Do'stlaringiz bilan baham: |