qir
– baland tekislik, er, dasht;
beldor
-beli yo’g’on, beli baquvvat, kuchli, yassi tepalik ma’nosida;
izidan burilmaydi
–orqasiga qaytmaydi;
bo’sag’a
– ostona.
5. O’qituvchi o’quvchilarga dostondan olingan parchaning «kundan kun,
oydan oy o’tibdi» bo’limiga sarlavha topish vazifasini beradi. O’quvchilar
o’qituvchi yordamida sarlavha topadilar. Ma’quli sinf taxtasiga yoziladi.
(«Rustamxon o’tovga duch keldi»).
6
. Badiiy ifodalar ustida ishlash. Savollar: «...Har kim husnini ko’rsa aqli
ketib qolguday» jumlasini qanday tushundingiz: (Javob: - yuzi haddan tashqari
chiroyli ekan, uni ko’rgan odam aqli hushini yo’qotib o’zidan ketib qolar ekan. Bu
gapda qiz yuzining chiroyli ekanligi oshirib tasvirlangan. Bu bilan Ergash shoir
qizning juda ham chiroyi ekanligini ko’rsatishga harakat qilgan).
23
Do'stlaringiz bilan baham: |