VI. O‘qishga qabul qilish tartibi
29. Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 20 avgustdan
kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 25 avgustga qadar abiturientlarni davlat grantlari bo‘yicha
talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini
rasmiylashtirish uchun
asos bo‘ladi.
Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq to‘lov-
kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun belgilangan mablag‘
miqdori 15
sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, oliy ta’lim
muassasasining
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom
© Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti - 2022
buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
VII. Magistraturada o‘qish muddati
30. Magistraturada o‘qish muddati kamida 2 yil.
VIII. Yakunlovchi qoida
31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.