Muammoning o`rganilganlik darajasi.
Voyaga yetmagan o‘smirlarning
psixologik jihatlarini qarab chiqadigan bo‘lsak, ularning hayotida ko‘plab
noxushliklar bo‘lishiga amin bo‘lamiz. Bunday noxushliklar sababi nimada
aslida? Ularning hayotidagi muammolargan sabab nima? Nima uchun bunday
muammolarning oldini olinsada o‘smir hayotida ba‘zi hollarda iz qoldiradi?
Bunday savollarni ko‘plab berish mumkin. Eng yomoni o‘smirning tarbiyasidagi
og‘ishlar natijasida jinoiy ishlarga aralashib qolishi, hatto jinoiy ishga qo‘l
urishidir. Bunday muammolarni echish chinakamiga katta mehnatni talab
qiladi.Bu boradagi tarbiyaviy ishlarda keng qamrovli hamkorlik ishlarini amalga
oshirish lozim bo‘ladi.
Inson taraqqiy etgani bu muammo psixologik muammo ekanligini ilmiy
tadqiq etish ishlari ortib bormoqda. Ishimizning mavzusiga oid ilmiy tadiqiqot
ishlariga nazar solgudek bo`lsak, bu yo`nalishdagi muammolarni psixologlardan
E.G‘oziev, M.Davletshin, M.Vohidov, V.Karimova, N.Safoev, F.Haydarov va
boshqalar
o`z
ishlarida
voyaga
yetmagan
o‘smirlar
xulq-atvorini
shakllantirishning psixologik jihatlarini yoritib berishga harakat qilganlar.
Olimlar olib borgan tadqiqotlarga asoslanib voyaga yetmagan o‘smirlar
xulq-atvorini shakllantirishning psixologik jihatlarini o`rganishga mo`ljallangan
psixodiagnostik metodikalar, testlar ishlab chiqilgan. Jumladan, N.Komilova,
M.Davletshin, Sh.Do‘stmuhamedova, L.Nazirova kabilar tomonidan ishlab
chiqilgan metodikalar va testlarni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu testlar va
metodikalardan xozirgi vaqtda keng foydalanilmoqda.
Voyaga yetmagan o‘smirlar xulq-atvorini shakllantirishning psixologik
jihatlarini o`rganish borasida respublikamiz psixologlari tomonidan ham bir qator
ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, M.Davletshin, E.G‘oziev,
M.Vohidov,
V.Karimova,
N.Safoev,
F.Haydarov, Sh.Do‘stmuhamedova,
L.Nazirova, N.Komilova kabi olimlar tomonidan o‘smir psixologiyasi, voyaga
yetmaganlar psixologiyasi, o‘smirlar xulq-atvorining o‘ziga xosligi, o‘smirlardagi
og‘ishishlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi,
o‘smirlar xulq-atvorini o‘zgarishiga ta‘sir etuvchi omillar kabi masalalar
o`rganilgan. Bunday tadqiqotlar respublikamizda voyaga yetmaganlar bilan
ishlashning ko‘pgina jihatlarini tadqiq etish bo`yicha o`ziga xos jixatlarning
yuzaga kelishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Shularga asosan xozirgi kunda voyaga
yetmagan o‘smirlar xulq-atvorini shakllantirishning psixologik jihatlarini
o`rganishga oid ko`palb ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ushbu muammoni o`rganishga qaratilgan bir qator ishlar amalga
oshirilayotganiga qaramay voyaga yetmagan o‘smirlar xulq-atvorida salbiy
o‘zgarishlarga qaratilgan muammolar ko`plab uchramoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |