79-modda. Bojxona hududida qayta ishlashga olib kirilgan tovarlarning
qoldiqlari va chiqindilari
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs qayta ishlash
natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni, shuningdek qayta ishlanmagan olib kirilgan tovar
qoldiqlarini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga
joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq belgilangan bojxona hududida
qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |