78-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar
ta’mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta’mirlanayotganda qayta
ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq ta’mirlash uchun mo‘ljallangan tovar
bilan aynan bir xil yoxud unga o‘xshash bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta’mirlanayotganda qayta
ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli
qoidalari va (yoki) tovarlarni ta’mirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |