O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/355
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418429
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   355
Bog'liq
20.01.2016

313-modda. Zaxira usul
Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 303, 309, 310, 311 va 312-
moddalarida ko‘rsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qo‘llash
natijasida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan aniqlash mumkin bo‘lmasa,
baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining
muddatlarni qo‘llash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir xilligini yoki


o‘xshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qo‘llash orqali
aniqlanadi.
Zaxira usulni qo‘llashda bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeriga o‘z ixtiyorida
mavjud bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Bojxona organi zaxira usulni to‘g‘ri
qo‘llash maqsadida shunday axborotni yig‘ib boradi.
Zaxira usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni
boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yo‘l qo‘yadi:
jahon narxlariga doir, ichki bozor narxlariga doir axborot ma’lumotnomalaridan
foydalanishni;
vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan
darajalarining statistik ma’lumotlaridan foydalanishni.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda, baholanayotgan tovarni
yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda ma’lumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi
shart.
Tovarning bojxona qiymatini zaxira usulda aniqlash uchun asos sifatida quyidagilardan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
a) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o‘xshash tovarning sotilish narxidan;
b) ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqori qiymatidan;
v) eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozoridagi tovar narxidan;
g) bojxona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qo‘shish usulini qo‘llashda
foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan;
d) eksport qilayotgan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan
tovarning narxidan;
e) eng past bojxona qiymatlaridan;
j) tovarning o‘zboshimchalik bilan belgilangan yoki to‘g‘ri tasdiqlanmagan narxidan.
Bojxona organi ushbu moddaga muvofiq aniqlangan tovarning bojxona qiymati hamda
shunday qiymatni aniqlash uchun foydalanilgan usul to‘g‘risida deklarant yoki bojxona
brokerining arizasiga ko‘ra unga axborot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar
mavjud bo‘lmagan taqdirda, qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul bilan bojxona
qiymatini aniqlash uchun ekspert baholash qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi, uni qo‘llash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Bunda tovar
birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta
hisob-kitob qilinadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   355




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish