312-modda. Qiymatlarni qo‘shish asosidagi usul Qiymatlarni qo‘shish asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini
aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qo‘shish orqali hisoblab chiqarilgan narxi
qabul qilinishini nazarda tutadi:
a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda
ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari;
b) ushbu moddaning “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va
baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni o‘sha
klassdagi va turdagi tovarni O‘zbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi
tomonidan olinadigan foyda;
v) ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida ko‘rsatilgan xarajatlar.