2-bo`lim. Jamoa a`zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar
2.1.
Institutda amjixatlik, o`zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g`amxo`rlik qilish
hamda ahil-inoqlik jamoa a`zolarining o`zaro munosabatlaridagi muxim shartlardir.
2.2.
Institutda o`zaro munosabatlarniig asosiy tamoyili – bir shaxsning xuquqi
boShqa shaxsning xuquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa a`zosining
so`z erkinligi unga birovga tuxmat kilish, uni xaqorat qilish, o`zapo munosabatlarda
umum e`tirof ztilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda
ifodalanuvchi behayo so`zlardan foydalanish xuquqini kafolatlamaydi, etiqod
erkinligi diniy marosim liboslarida institutga kelish xuquqini kafolatlamaydi,
kiyinish erkinligi ta`lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy ta`sir qilish xuquqini
kafolatlamaydi va xokazo.
2.3.
Jamoa a`zolari kiyinish madaniyatiga rioya qilishlari zarur. Ularning
institutga odamlar diqqatini tortadigan kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall
zanjirlar, to`g`nog`ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va
poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a`zolari institutga orasta bo`lib, unga monand
kiyimda keliShi lozim. Professor-o`qituvchilar – kafedralarda, auditoriyalarda,
xodimlar – o`z iSh joylarida, talabalar – institut xududida, auditoriyalarda, axborot
resurs markazi xonalarida belgilangan kasb kiyimida, faslga monand ravishda,
kiyinib yurishlari lozim. SHuningdek, rasmiy yig`ilish va uchrashuvlarda
institutning barcha jamoa a`zolari kasb kiyimida bo`lishlari shart.
2.4.
Jamoa a`zosining sha`ni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda
xalqimizning ma`naviy merosini avaylab asraSh madsadida jamoa a`zolari bir-biriga
nisbatan hurmatsizlik kilishi, behayo so`zlar iShlatiShi katiy taqiqlanadi hamda
institutda o`zaro "Siz" deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
2.5.
Institut jamoa a`zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig`ilishlar,
amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) so`zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan
munosabatda bo`lish, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir
notiq o`z so`zini tugatib, boshqasi so`z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish
vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.
2.6.
Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor-
o`qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o`zlaridan oldin o`tkazib
yuborishlari lozim.
2.7.
Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib chiqishni nazorat qilish
uchun tayinlangan ma`sul shaxs yoki navbatchiga o`z shaxsini tasdiqlovchi xujjatni
ochiq holda ko`rsatishi shart.
2.8.
Jamoa a`zolari institut xududida yo`lning o`ng tomonidan yurishlari
kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar professor-
o`qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi
bo`lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan ko`l berib so`rashish istisno bo`lib,
yoShi katta shaxslar birinchi bo`lib qo`l uzatganidan keyingina unga javoban ko`l
uzatiSh mumkin.
2.9.
Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo`lmagan yoki institutniig
ichki muammolariga taluqli masalalarni Internet tarmog`iga joylashtirish yoki undan
turli maqsadlar yo`lida foydalaniSh taqiqlanadi.
2.10.
Kompyuterlarda institutga tegishli bo`lmagan ma`lumotlarni,
shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma`lumotlar, bexayo suratlar, milliy,
irqiy, etnik, diniy adovatni targ`ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash,
saqlash, tarqatish va targ`ib etish kat`iyan man etiladi.
2.11.
O`quv mashg`ulotlariga va ishga hamda jamoa a`zolarining
osoyiShtaligiga xalaqit, beradigan xatti-harakatlar (radiopriemnik, televizor,
magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir
etiSh taqiqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |