O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
TASHKIL ETILGANINING 21-YILLIGI MUNOSABATI BILAN
VATAN HIMOYACHILARIGA BAYRAM TABRIGI
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz
faxriylari!
Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘
sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil
etilganining 21-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish
menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan tarixan qisqa davrda murakkab
shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda son jihatdan ixcham,
harakatchan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka
ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda.
Qurolli Kuchlarni izchil isloh etish davomida prinsipial yangi
tashkiliy-shtat tuzilmalarini, harbiy boshqaruv tizimlarini, turli qo‘shin
turlari harakatlarini muvofiqlashtirish va ularning hamkorligini ta’minlash
mexanizmlarini shakllantirish, harbiy xizmatchilarning professional
tayyorgarligini va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tubdan yaxshilash
bo‘yicha ko‘lami va ma’no-mazmuniga ko‘ra ulkan va beqiyos ishlar
amalga oshirildi.
Dunyodagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, xavfsizlikka nisbatan tahdid
va xatarlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarni
modernizatsiya
qilish
va
ularning
jangovar
tayyorgarligini,
mamlakatimizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzga o‘z vaqtida va
munosib zarba berish qobiliyatini oshirishni ta’minlash alohida ahamiyat
kasb etmoqda.
Yuzaga kelayotgan murakkab sharoitda yadroviy texnologiyalar va
ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalish xavfi, tobora kuchayib borayotgan
qarama-qarshilik,
siyosiy
va
diniy
radikalizm
va
ekstremizm,
chegaralarimizga bevosita yaqin hududlarda mojarolarning davom
etayotgani, birinchi navbatda, AYSEF deb atalmish xalqaro koalitsion
kuchlarning Afg‘onistondan 2014-yilgacha va undan keyin olib chiqib
ketilishi ko‘zda tutilayotgani bilan bog‘liq ravishda keskinlikning yanada
ortib
borayotgani
jahon
hamjamiyatida
haqli
ravishda
xavotir
uyg‘otmoqda. Bugungi kunda dunyoda kiberjinoyatchilik, kommunikatsiya
www.ziyouz.com
kutubxonasi
69
texnologiyalaridan foydalangan holda salbiy informatsion ta’sir o‘tkazish
kabi xalqaro xavfsizlikka nisbatan ilgari ko‘rilmagan xavf-xatarlarning avj
olayotganiga yetarli baho bermasdan, ularning oldini olmasdan, beparvo
bo‘lib yashash mutlaqo mumkin emas.
Mintaqamizda tashqi kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar kurashining
kuchayib borayotgani vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Chegaraga
yaqin
hududlarda
buzg‘unchi
to‘dalar
va
qo‘poruvchi-terrorchi
guruhlarning faollashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, siyosiy va
millatlararo ziddiyatlarning keskinlashib borayotgani oqibatida harbiy-
siyosiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan jiddiy tahdid va xatarlar
paydo bo‘lmoqda.
Sarhadlarimizga bevosita yaqin hududlarda murakkab vaziyat yuzaga
kelayotgani, birinchi navbatda, yuqorida zikr etilgan xavf-xatarlarning
oldini olish va bartaraf etish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni
ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rishni
taqozo etmoqda. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda katta aks sado
berayotgan hujjat, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
2012-yil sentabr oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining
tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun aynan
ana shu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Mazkur hujjatda O‘zbekistonning turli harbiy-siyosiy blok va
alyanslarga qo‘shilmasligi, o‘zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini
himoya qilish bo‘yicha qat’iy pozitsiyaga ega ekani, o‘z hududida xorijiy
davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi, mustaqil,
izchil va faol tashqi siyosat olib borishi haqidagi prinsiplar aniq-ravshan
bayon etilgan.
Ayni vaqtda Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar
tayyorgarligini har tomonlama mustahkamlash, mamlakatimiz suvereniteti
va uning davlat chegaralarini himoya qilish choralarini kuchaytirish
borasidagi ishlarni davom ettirish ana shu tashqi siyosiy strategiyani izchil
amalga
oshirish,
O‘zbekistonning
xavfsizligi
va
barqarorligini
ta’minlashning eng muhim sharti va kafolatidir.
Qurolli Kuchlarni qo‘llash strategiyasi va taktikasini yanada
takomillashtirish, jangovar operatsiyalarni olib borish bo‘yicha zamonaviy
tajribani chuqur va puxta egallash, shuningdek, sheriklarimiz bo‘lgan
mamlakatlardagi o‘quv va tadqiqot markazlarida qo‘mondonlik tarkibining
malaka oshirishi bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarni amalga
www.ziyouz.com
kutubxonasi
70
oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlat chegaralarimizni qo‘riqlash va himoya qilish tizimini yanada
takomillashtirish, bo‘linmalarni real vaqt mezonlari asosida samarali
boshqarish imkonini beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya
vositalari va texnologiyalarini qo‘shinlarni boshqarish tizimiga keng joriy
etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish va
chuqurlashtirish darkor.
Qo‘shinlarning o‘quv, jangovar tayyorgarligi ma’no-mazmunini
tubdan o‘zgartirish Qurolli Kuchlar qo‘mondonligining ustuvor vazifasi
hisoblanadi. Tezkor-taktik, qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini puxta
rejalashtirish,
ularni
jangovar
sharoitlarga
imkon
qadar
to‘la
yaqinlashtirgan holda olib borish tizimini takomillashtirish masalalari ham
g‘oyat jiddiy e’tiborni talab qilmoqda. O‘quv mashqlari davomida
modellashtirish va simulyatsiya usullaridan faol va keng foydalanish,
mamlakatimiz hududiga suqilib kirishga urinadigan buzg‘unchi to‘dalar,
qo‘poruvchi-terrorchi guruhlarni bartaraf etish bo‘yicha jangovar
operatsiyalarni olib borishning turli model hamda variantlarini sinab
ko‘rish muhim ahamiyatga ega.
Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan qayta
ta’minlashni davom ettirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi shart.
Bu sohada sheriklarimiz bo‘lgan xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro harbiy-
texnik hamkorlikni yaxshilash va uning ko‘lamini kengaytirish zarur.
Harbiy kadrlar, birinchi navbatda, chuqur bilimga ega bo‘lgan va
zamonaviy fikrlaydigan, intellektual yetuk ofitserlarni, shuningdek,
bugungi kunda armiyamizning o‘zagini tashkil etayotgan yuksak
professional malakali kichik komandirlar – serjantlarni tarbiyalash tizimini
tubdan yaxshilash ham Qurolli Kuchlar qo‘mondonligi faoliyatining eng
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi darkor.
Bu borada harbiy bilim yurtlari va serjantlar maktablarida harbiy
kadrlarga harbiy soha va harbiy san’at rivojidagi asosiy tendensiyalarni aks
ettiradigan,
prinsipial
jihatdan
yangi
mutaxassislik
va
ilm-fan
yo‘nalishlarini jangovar harakatlarni olib borishning xorijiy tajribasi,
zamonaviy shakl va metodlarini hisobga olgan holda o‘rgatish oldimizda
turgan ishlarning eng mas’uliyatli jabhasi, desam, hech qanday mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Armiyada ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlarda yuksak ma’naviy
fazilatlar, mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissini kamol
www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
toptirish,
harbiy
jamoalarda
sog‘lom
axloqiy-ruhiy
muhitni
shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar tizimini tubdan yaxshilash
Qurolli Kuchlarimiz barcha bo‘g‘inlari komandirlarining alohida muhim
vazifasidir.
Shuni yaxshi anglab olish kerakki, bugungi kunda harbiy xizmatga
chaqirilayotgan yoshlar avvalgi yillardagi muddatli harbiy xizmatchilardan
mutlaqo farq qiladi. Hozirgi vaqtda mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga
yetgan, mamlakatimizdagi litsey va kollejlarda eng zamonaviy ta’lim-
tarbiya olgan yigitlar armiya saflariga kirib kelmoqda. Ular zamonaviy
axborot, kompyuter texnologiyalarini, xorijiy tillarni puxta egallagan va
eng asosiysi – hayot haqida o‘zining mustaqil fikri va qarashiga, axloqiy-
ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lgan yoshlardir.
Muddatli harbiy xizmatchilarning, milliy armiyamizning ana shunday
yangi qiyofasini hisobga olgan holda, eski qolip va mezonlardan qat’iy voz
kechib, mavjud Umumqo‘shin ustavlari, qo‘llanmalari, qoida va yo‘l-
yo‘riqlarini, o‘quv-tarbiya ishlarini, qo‘shinlarning jangovar xizmat
faoliyatini tashkil etishning shakl va metodlarini tubdan qayta ko‘rib
chiqish zarur.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizning bosh maqsadi Qurolli Kuchlarimiz
saflarida xizmat qilayotgan yoshlarda qat’iy iroda va xarakter, hayotiy
pozitsiyani shakllantirish, ularning yuksak insoniy fazilatlar sohibi va
jismoniy chiniqqan bo‘lishlariga erishish, o‘z bilim va malakasini
takomillashtirish, fan-texnika yangiliklarini egallash, mamlakatimizda
xavfsizlikni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni himoya qilish borasidagi
o‘zining harbiy burchini sidqidildan ado etish uchun intilib yashashga
xizmat qiladigan muhitni mustahkamlashdan iborat bo‘lishi kerak.
Bu vazifani amalga oshirishga Mudofaa vazirligi qoshida tashkil
etilgan Jamoatchilik kengashini, madaniyat, san’at, sport namoyandalari,
mamlakatimiz keng jamoatchiligi vakillarini faol jalb etish lozim.
Yurtimizda 2013-yilning Obod turmush yili deb e’lon qilinishi
munosabati bilan harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, zamonaviy
harbiy shaharchalar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ularda
bugungi kun talablariga, harbiy xizmatchilar va oila a’zolarining
ehtiyojlariga javob beradigan barcha qulayliklarni yaratishga qaratilgan
davlat dasturlarini izchil amalga oshirish Mudofaa vazirligi, harbiy
tuzilmalarga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning rahbarlari, harbiy
okruglar qo‘mondonligining eng muhim vazifasidir.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
Qurolli Kuchlarimiz oldiga qo‘yilgan bunday dolzarb vazifalarni
amalga oshirish Mudofaa vazirligi, Birlashgan shtab, harbiy okruglar va
qo‘shin turlari qo‘mondonlari, brigada komandirlari, barcha ofitserlar
tarkibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh
Qo‘mondonining milliy armiyamiz tashkil etilganining 21-yilligi bayrami
munosabati bilan qabul qilingan Direktivasida bayon etilgan ko‘rsatma va
qoidalarni so‘zsiz bajarishni taqozo etadi.
Hurmatli vatandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 21-
yilligi munosabati bilan sizlarni yana bir bor tabriklar ekanman, bugungi
kunda milliy armiyamiz saflarida murakkab va mas’uliyatli vazifani, Vatan
oldidagi o‘zining muqaddas burchini sharaf bilan ado etib, mardlik va
jasorat namunasini ko‘rsatib kelayotgan barcha harbiy xizmatchilarga chin
qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Yangi 2013-yilda sizlarga mustahkam sog‘liq, yurtimiz tinchligi va
osoyishtaligi yo‘lidagi olijanob faoliyatingizda yutuq va zafarlar, kuch-
g‘ayrat, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka yor bo‘lishini tilayman.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
73
Do'stlaringiz bilan baham: |