81
milliy boyligi bo‗lib, jahon ahamiyatiga molik akvapark deb e‘lon
qilingan. Ikkinchi kichik Baryer qoyasi Beliz qirg‗oqlarida joy-
lashgan hamda suvosti dunyosi ishqibozlari va suvosti sarguzasht-
larini yoqtiruvchilar uchun haqiqiy jannat bo‗lib hisoblanadi.
Qizil
dengiz suvostida suzuvchilar uchun cheklanmagan imkoniyatlarni
tug‗diradi va kurortlarda dam oluvchilar ko‗ngil yozishining
ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi.
Qadimgi suvosti boyliklarni izlab topish, oltini bilan cho‗kib
ketgan kemalarni qidirish bugun turizmning alohida turini tashkil
etadi. Gretsiya, Kipr, Italiya, Turkiya kabi O‗rta Yer dengizining
boshqa davlatlari o‗z
suvosti xazinalaridan faol, oqilona foydala-
nadilar. Suvdagi hayvonot dunyosini va marjon suvosti qoyalarini
kuzatish uchun turistik suvosti qayiqlaridan hamda deyarli barcha
dengiz bo‗yi turistik markazlarida mavjud bo‗lgan suvning tubi
musaffo tarzda ko‗rinib turadigan kemalardan foydalaniladi.
Maxsus turistik suvosti qayiqlari Bermud, Kanar orollari, Qizil
dengiz, Bolear orollarida va Ispaniyaning
Kosta-Bravo kurortli
qirg‗oqlarida mavjud. Cho‗kib ketgan kemalarni izlab topish –
sarguzashtli turizmning ommabop turi hisoblanadi.
Muhim turistik resurslar bo‗lib antiqa-noyob madaniy quril-
malar, piramidalar, mavzoleylar, haykallar, ibodatxona me‘moriy
ansambllari, bog‗lar, muzey kolleksiyalari, zamonaviy qurilmalar –
osmono‗par binolar, to‗g‗onlar va boshqa gidrotexnik qurilmalar
hamda boshqa obyektlar hisoblanadi.
Qanchalik taajublanarli
bo‗lmasin, turizmni o‗ziga tortuvchi kuchi barcha asrlarda mavjud
bo‗lgan qabristonlar ham, Misrda qurilgan minglab piramidalar ham
turizm doirasida yuqori darajada foydalanib kelinmoqda. «Dun-
yoning yetti mo‗‘jizasi»: Misr ehromlari, Bobilning osma bog‗lari,
Artemida ibodatxonasi, Galekarnas maqbarasi, Quyosh xudosi,
Gelios haykali, Aleksandr Mayoqi, Olimpiya
xudosi Zevs haykali
ro‗yxati miloddan avvalgi ikkinchi asrda yashab o‗tgan grek
arxitektori Antipar Sidonskiy tomonidan tuzilgan edi. Bugungi
kunda YUNESKO mutaxassislari fikricha, dunyoda 800 dan
ortiq
mo‗‘jiza, deb atashga loyiq yodgorliklar mavjud ekan.
Shveytsariyalik kinorejessyor Bernard Veberning tashabbusi
bilan 2007-yilda dunyoning yangi yetti mo‗‘jizasini aniqlash
bo‗yicha telefon va internet orqali so‗rov o‗tkazildi. Mazkur
82
so‗rovga sayyoramizning turli mamlakatlaridan 100 mln.dan ortiq
kishi javob berdi.
24
Ovoz berish natijalari 2007-yil 7-iyul kuni soat
7 da Portugaliyaning Lissabon shahridagi 50 ming kishidan ziyod
tomoshabin to‗plangan stadionda dunyoning yangi yetti mo‗‘jizasi
tantanali ravishda e‘lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: