O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Infratuzilma resurslari
quyidagi guruhlarni o‗z ichiga oladi: 
transport ta‘minoti, joylashtirish tizimi, ovqatlantirish tizimi, 
suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish tizimi. Hozirgi kunda turizmni 
rivojlanishini turizm infratuzilmasini jadallashuvisiz ko‗rish mum-
kin emas. Chunki mavjud turistik resurslardan samarali foydala-
nishda bu resurslarning o‗rni benihoyat katta ahamiyatga ega. 
Turistik resurslar va turistik akvatoriya 
Turistik hudud yoki akvatoriya – bu turistik resurslar, turistik 
mintaqa tarkibida ajratib ko‗rsatiladigan turistik ehtiyojlar obyektini 
reestr va kadastrlarda hamda boshqa hujjatlarda qayd qilish bilan 
turizm maqsadlarida foydalanish ma‘lum geografik o‗rindagi 
majmuali turistik resurslar ko‗rinishidan iborat.
Hudud – quruqlikda yoki yer ostida bo‗lishi mumkin. 
Quruqlikdagi, yer ustidagi hudud qo‗shimcha tushuntirishni talab 
etmaydi. Yer osti hududi mos ravishda shaxta va tog‗ ishlanmalarida 
g‗orshunos turizmini sevuvchilar uchun resurs vazifasini o‗taydi. 
Masalan, turistlar Iogannasburg (JAR) dagi oltin konlari shaxta-
lariga va olmos konlariga tashrif buyuradilar. Ba‘zi shaxtalardan 
faqatgina ekskursiya maqsadlarida emas, balki yer ostidagi tabiat 
yaratgan o‗ta o‗ziga xos iqlimda davolanish maqsadalarida ham 
foydalaniladi. Bunga misol qilib, Alp tog‗idagi eski oltin qazib 
olinadigan shaxtadagi Bad Gastoyi joyini ko‗rsatish mumkin 
(yuqori harorat va yuqori namlikdagi radion ingalatsiyasi). 
G‗orlarga tashrif – g‗orshunoslik turizmi va ekskursiyaning 
keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanib, faqatgina Gretsiyada 
turistlar tashrif buyurishi mumkin bo‗lgan 3500 ga yaqin g‗orlar 
mavjud. Ulkan g‗orlar nafaqat Meksika, AQSH, Janubiy Afrika, 
Rossiya va boshqa davlatlarda, balki o‗zimizda ham mavjud. 
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasi tog‗ tizmalari hamda 
hududlarida turli xildagi va ma‘lum davrga xos 400 dan ortiq g‗orlar 
mavjud.
Akvatoriya – muhim turistik resurs hisoblanadi. Suv insonga 
oziqlanish vositasi sifatida zarur va shu sababli tanishuv yoki 
sarguzashtli ma‘noda bu juda qiziq hisoblanadi. Dunyoda maska 
bilan unchalik chuqur bo‗lmagan chuqurlikda va akvalang bilan 70 
metr chuqurlikkacha tushuvchi suvosti turizmining 50 mln.ga yaqin 
ishqibozlari mavjud. Katta Baryer rifi suvosti qoyalari Avstraliya 


81 
milliy boyligi bo‗lib, jahon ahamiyatiga molik akvapark deb e‘lon 
qilingan. Ikkinchi kichik Baryer qoyasi Beliz qirg‗oqlarida joy-
lashgan hamda suvosti dunyosi ishqibozlari va suvosti sarguzasht-
larini yoqtiruvchilar uchun haqiqiy jannat bo‗lib hisoblanadi. Qizil 
dengiz suvostida suzuvchilar uchun cheklanmagan imkoniyatlarni 
tug‗diradi va kurortlarda dam oluvchilar ko‗ngil yozishining 
ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi. 
Qadimgi suvosti boyliklarni izlab topish, oltini bilan cho‗kib 
ketgan kemalarni qidirish bugun turizmning alohida turini tashkil 
etadi. Gretsiya, Kipr, Italiya, Turkiya kabi O‗rta Yer dengizining 
boshqa davlatlari o‗z suvosti xazinalaridan faol, oqilona foydala-
nadilar. Suvdagi hayvonot dunyosini va marjon suvosti qoyalarini 
kuzatish uchun turistik suvosti qayiqlaridan hamda deyarli barcha 
dengiz bo‗yi turistik markazlarida mavjud bo‗lgan suvning tubi 
musaffo tarzda ko‗rinib turadigan kemalardan foydalaniladi. 
Maxsus turistik suvosti qayiqlari Bermud, Kanar orollari, Qizil 
dengiz, Bolear orollarida va Ispaniyaning Kosta-Bravo kurortli 
qirg‗oqlarida mavjud. Cho‗kib ketgan kemalarni izlab topish – 
sarguzashtli turizmning ommabop turi hisoblanadi.
Muhim turistik resurslar bo‗lib antiqa-noyob madaniy quril-
malar, piramidalar, mavzoleylar, haykallar, ibodatxona me‘moriy 
ansambllari, bog‗lar, muzey kolleksiyalari, zamonaviy qurilmalar – 
osmono‗par binolar, to‗g‗onlar va boshqa gidrotexnik qurilmalar 
hamda boshqa obyektlar hisoblanadi. Qanchalik taajublanarli 
bo‗lmasin, turizmni o‗ziga tortuvchi kuchi barcha asrlarda mavjud 
bo‗lgan qabristonlar ham, Misrda qurilgan minglab piramidalar ham 
turizm doirasida yuqori darajada foydalanib kelinmoqda. «Dun-
yoning yetti mo‗‘jizasi»: Misr ehromlari, Bobilning osma bog‗lari, 
Artemida ibodatxonasi, Galekarnas maqbarasi, Quyosh xudosi, 
Gelios haykali, Aleksandr Mayoqi, Olimpiya xudosi Zevs haykali 
ro‗yxati miloddan avvalgi ikkinchi asrda yashab o‗tgan grek 
arxitektori Antipar Sidonskiy tomonidan tuzilgan edi. Bugungi 
kunda YUNESKO mutaxassislari fikricha, dunyoda 800 dan ortiq 
mo‗‘jiza, deb atashga loyiq yodgorliklar mavjud ekan. 
Shveytsariyalik kinorejessyor Bernard Veberning tashabbusi 
bilan 2007-yilda dunyoning yangi yetti mo‗‘jizasini aniqlash 
bo‗yicha telefon va internet orqali so‗rov o‗tkazildi. Mazkur 


82 
so‗rovga sayyoramizning turli mamlakatlaridan 100 mln.dan ortiq 
kishi javob berdi.
24
Ovoz berish natijalari 2007-yil 7-iyul kuni soat
7 da Portugaliyaning Lissabon shahridagi 50 ming kishidan ziyod 
tomoshabin to‗plangan stadionda dunyoning yangi yetti mo‗‘jizasi 
tantanali ravishda e‘lon qilindi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish