Abdurazzoq Samarqandiy (1423-1482). 1441–1444-yillarda
(Afanasiy Nikitindan 25 yil oldin, Vasko da Gamadan 56 yil oldin)
Hindistonga dengiz orqali borish yo‗lini birinchi bo‗lib bosib o‗tgan
va ushbu yo‗nalishdagi hududlarni geografik jihatdan tasvirlab
bergan sayyoh vatandoshimiz Abdurazzoq Samarqandiydir. U
sayohati davomida Xurosonning qumli cho‗llari, Markaziy Osiyo-
ning janubi, Ozarbayjon, Eron, Iroq orqali o‗tib, Fors ko‗rfazidan
Arabistonga chiqqan va mazkur dengiz orqali Hindistonga yetib
borgan. Hindistonga borgan mashhur rus sayyohi Afanasiy Nikitin
va golland sayyohi Vasko da Gamalar Hindistonga dengiz yo‗li
52
bilan borishda vatandoshimiz Abdurazzoq Samarqandiyning asar-
laridan foydalanganliklarini yozib qoldirishgan.