Hofizi Abru (1362-1431).
Temuriylar sulolasining tarixchi va
geografi Hofizi Abru Hirot shahrida tug‗ilgan. Hayoti davomida
ko‗plab sayohatlarga chiqqan, Yevrosiyoning Hindistondan to
Shomgacha bo‗lgan yerlarini, Kavkaz va Rossiyaning ko‗plab
viloyatlarini kezgan. Uning o‗zi bu haqda shunday yozib qoldirgan:
«Yiroq safarlar asnosida Movarounnahr, Turkiston, Dashti Qipchoq,
Xuroson, Iroq, Ozarbayjon, Eron, Mug‗on, Gurjiston, Katta va
kichik Armaniston, Rus va Shom yerlarining barchasini, Frot dar-
yosi sohillarini, Xazar sohillarini, Qobulni, Mo‗ltonni va Hindis-
tonni ko‗rdim».
Do'stlaringiz bilan baham: |