Bojxonaga oid turizm rasmiyatchiligi.
Xalqaro turizm rivojiga
turli davlatlar bojxona tizimlari sezilarli ta‘sir qiladi. Bojxona
qonunchiligi xalqaro turizm faoliyati rivojini qo‗llab-quvvatlashi
ham, turli turizmga oid rasmiyatchiliklarni murakkablashtirish yo‗li
bilan to‗sqinlik qilishi ham mumkin.
Turizm bo‗yicha Gaaga deklaratsiyasi 1989-yil davlatlar va
turistik pasportlari, vizalar, tibbiy va valyuta nazorati, sayohat, safar
va istiqomat qilish bilan bog‗liq turizm rasmiyatchiliklari va
bojxona tartiblarini osonlashtirish bo‗yicha qat‘iy choralar ko‗rish
lozimligini belgiladi. Turizm rasmiyatchiliklari sayohat qilishdagi
murakkabliklarni yo‗qotish, turistlar tomonidan boshqa mamlakat
va mintaqalarga tashrifni yengillashtirishga qaratilgan bo‗lishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |