O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1999-yil 30-iyundagi «O„zbekistonda turizm sohasi 
uchun malakali kadrlar tayyorlash to„g„risida»gi
Farmoni va 
mazkur Farmon ijrosini ta‘minlash uchun O‗zbekiston Respublikasi 


319 
Vazirlar Mahkamasining shu yil 2-iyuldagi «O‗zbekistonda turizm 
sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida» gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlarga 
muvofiq, 1999–2000-o‗quv yilidan boshlab turizm sohasi bo‗yicha 
oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash Toshkent davlat iqtisodiyot 
universitetida mujassamlashtirilishi bayon etildi. Shu maqsadda, 
universitetda «Xalqaro turizm» fakulteti va unga qarashli «Xalqaro 
turizm», «Turizm menejmenti», «Turizm marketingi», «Turizm 
servisi» kabi mutaxassislik (va boshqa nomutaxassislik) kafedralari 
tashkil etildi. Universitetda hozirgi paytda 5340200 – «Menejment» 
(Turizm), 5810300 – Servis (turizm) ta‘lim yo‗nalishlari bo‗yicha 
bakalavrlar tayyorlanmoqda va 5A810102 – «Xalqaro turizm 
menejmenti» mutaxassisligi bo‗yicha magistratura ham faoliyat 
ko‗rsatmoqda. 
Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent shahar mehmonxona 
xo‗jaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar 
kolleji tashkil etish va qayta ixtisoslashtirish, Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Farg‗ona, Termiz va Shahrisabz shaharlarida turizm kasb-
hunar kollejlari ochilishini bosqichma-bosqich amalga oshirish 
vazifasi belgilab berildi. 
Mamlakatni modernizatsiyalash bosqichida turizm va meh-
mondo‗stlik industriyasi sohasidagi yechimini kutib turgan 
masalalar qatorida, turizm industriyasi mehnat bozorida ishlovchi 
xodimlarga qo‗yiladigan malakaviy talablarga javob bera oladigan 
kadrlarni tayyorlash muhim masala bo‗lib turibdi. Shularni hisobga 
olib, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
«Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‗g‗ri-
sida»gi Qaroriga asosan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 
turizmning ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha yuqori malakali muta-
xassislar tayyorlash belgilangan edi. Hozirgi paytda ushbu o‗quv 
dargohida «Turizm (faoliyat yo‗nalishlari bo‗yicha)», «Mehmon-
xona xo‗jaligini tashkil etish va boshqarish», «Turizm (faoliyat 
turlari bo‗yicha)», «Turizm va mehmonxona xo‗jaligi servisi», 
«Marketing (turizm)», «Menejment (turizm)», «Turizm marketin-
gi», «Turizm menejmenti», «Turizm operatorlik xizmatini tashkil-
lashtirish», «Servis (turizm va mehmonxona xo‗jaligi)» ta‘lim 
yo‗nalishlari bo‗yicha kadrlar tayyorlanmoqda.


320 
Bundan tashqari, respublikamizda Toshkent davlat iqtisodiyot 
universitetining «Xalqaro turizm» fakulteti, Urganch, Buxoro, 
Qarshi, Termez davlat universitetlari, Toshkent shahridagi Singapur 
menedjmentni rivojlantirish instituti va qator turizm kasb-hunar 
kollejlari turizm sohasiga malakali kadrlar tayyorlashda o‗z 
hissalarini qo‗shib kelmoqdalar. 
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlan-
tirishning me‘yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va bu ish 
hozirda ham davom ettirilmoqda (1-ilova). 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz 
turizmini rivojlantirish, turizm turlari va xizmatlarini ko‗paytirish, 
turistik xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, mamlakatimizga 
turistik oqimni ko‗paytirishga, turistlarga qulay shart-sharoitlar 
yaratishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Jum-
ladan, 2016-yil 2-dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining turizm 
sohasini rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
Farmoni va ―O‗zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish 
Davlat qo‗mitasi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Qarori, 2017-
yil 6-apreldagi ―Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‗g‗ri-
sida‖gi Nizomni tasdiqlash to‗g‗risida‖gi Qarori, 12- iyuldagi ―Tu-
rizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat 
organlarining mas‘uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‗g‗ri-
sida‖gi Qarori, 16-avgustdagi ―2018–2019-yillarda turizm sohasini 
rivojlantirish bo‗yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‗g‗ri-
sida‖gi Qarori, 2018-yil 3-fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasi 
turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish 
bo‗yicha qo‗shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Far-
moni, 6-fevraldagi ―Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi va ―O‗zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish 
Davlat qo‗mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarorlari, 7-fevraldagi ―Ichki turizmni jadal 
rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori shu-
lar jumlasidandir. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish