269
Italiya modeli.
Italiyada qishloq turizmi ko‗pincha dehqon
turizmi deb ataladi va turistik dasturlar asosan 3 mavzuda tuziladi va
ishlab chiqiladi:
1.
Tabiat va sog‗liq.
2.
An‘anaviy gastronomiya.
3.
Sport.
Qayd qilingan tur mahsulotlar ishlab chiqilgan maxsus,
ixtisoslashgan qishloqlar bor. Masalan, K‘yaniy, Umbriya va
Sitsiliya provinsiyalari faqat «tabiat va sog‗liq» yo‗nalishiga moyil
turistlarni qabul qilishadi.
Vinochilik turizmi ham xuddi Fransiyadagidek, turistlar vino
tayyorlash uchun bog‗bonga yordam beradi, bog‗bon esa ish
haqqiga uzum beradi va uzumni achitish jarayoni, uzumning vinoga
aylanish texnologiyasini o‗rgatadi va boshqalar.
Dengiz yoqasiga asosan baliq ovlashga chiquvchi turistlar,
Abruppoga – zaytun yog‗iga qiziquvchi turistlar tashrif buyurishadi.
Qishloq turizmida joylashish vositalarini tanlash tarkibi quyi-
dagicha: appartamentlarda – 44%, xona - apartamentlarda – 22%,
faqat xonalarda – 4 %. Qishloq turizmini rivojlantirishda asosan
Yevropa davlatlaridagi modellarni keltirishimizning asosiy sababi
shundan iboratki, dunyodagi ko‗plab mamlakatlar o‗zlarida qishloq
turizmini rivojlantirish uchun hozirda asosan qayd qilingan model-
larni joriy qilishmoqda.
Eng muhimi shundaki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini
rivojlantirish uchun hamkorlikda «Qishloq turizmini rivojlantirish
strategiyasi va dasturi», «Qishloq turizmi bozorida takliflar va
talablarning o‗zgarish istiqbollari»ni ishlab chiqdilar. Ushbu hamkor
dasturlar asosida Buyuk Britaniya davlati qishloq turizmida 450
ming yangi ish o‗rinlarini tashkil qildi.
Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda
qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa modellarini yaxshi
o‗rganishimiz, bu modellardan qishloqlarimizda foydalanish imko-
niyatlarini o‗rganishimiz hamda qishloq turizmini rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqishimiz kerak bo‗ladi.
Qishloq turizmi rivojlangan Yevropa davlatlarining tajriba-
laridan ma‘lum bo‗ldiki, ushbu davlatlar qishloq turizmini rivojlan-
tirishga bundan 50 yil oldin kirishgan. Dunyoda qishloq turizmi
270
rivojlanishi bo‗yicha birinchi o‗rinda turuvchi Fransiya davlatining
qishloq turizmini rivojlantirish modelini, Buyuk Britanya modelini,
Germaniya modelini va Italiya modelini qishloq turizmini xalqaro
modellar deb tan olinishining sababi ham shunda.
Endi O‗zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish uchun qayd
qilingan modellarning qaysi biri qulayroq? Bu modellarning tuzili-
shi va ishlash tamoyillarini o‗rganganimizda ularning barchasini
qishloq turizmini rivojlantirishimiz uchun qo‗llash hech qanday
muammolarni keltirib chiqarmaydi, shu bilan birga, oson ham.
Chunki qishloq turizmini rivojlantirishdagi asosiy manba – turistik
resurslarning xilma - xilligi bizda yuqorida qayd qilingan Yevropa
davlatlaridagidan ham ko‗p.
Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish uchun,
dastlab qishloq turizmini rivojlantirishning maqsadi va vazifalarini
belgilab olishgan, so‗ngra qishloq turizmini rivojlantirishga javob
beruvchi, davlat vakolatini olgan tashkilot tuzishgan (masalan,
Fransiyada – «Turizm va qishloq yerlari assotsiatsiyasi»; Britani-
yada – «Britaniya turistik kengashi» va «Qishloq yerlarini rivoj-
lantirish agentligi»; Avstriyada – «Avstriya fermerlik turizmi assot-
siatsiyasi» va boshqalar).
O‗zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishdagi dastlabki
bosqichda qishloq turizmini tashkil qilish va boshqarishning
tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Ikkinchi
bosqichda esa ana shu tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlar asosida
qishloq turizmini rivojlantirishning huquqiy - me‘yoriy qonunlarini
ishlab chiqish maqsadli yo‗nalish bo‗ladi. Uchunchi bosqichda
mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning huquqiy - me‘yoriy qo-
nunlariga asoslanib, qishloqlarimizdagi turistik resurslarimizni ro‗y-
xatga olishimiz, ularning reestrlarini tayyorlashimiz, foydalanish
imkoniyatlarini hisoblab chiqishimiz, turistik obyektlarda turistik
infratuzilmalar va turistik marshrutlar yaratishimiz lozim bo‗ladi.
Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlanishini basho-
ratlashda va istiqbolli strategik rejalar ishlab chiqishda doimiy
ravishda ijtimoiy so‗rov o‗tkazishadi. Yevropa Ittifoqining statistik
ma‘lumotlari bo‗yicha 30 % aholi qishloq turizmida dam olish ista-
gini bildirishgan.
271
Ijtimoiy so‗rov o‗tkazishdan oldin albatta qishloq aholisi o‗r-
tasida qishloq turizmining mohiyati, mazmuni, maqsadi va vazifa-
lari bo‗yicha jiddiy tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |