Germaniya modeli
.
Germaniyada qishloq turizmini fermer
turizmi deb nomlashadi. Tabiiylikka intilgan nemislar imkoni
boricha qishloqlardagi eski uylarda yashashga intiladilar. Shuning
uchun ham nemislar qishloqlarda zamonaviy qulayliklarga ega
bo‗lgan uylarni qurishmaydi. Nemis turistlari qishloqlarda dam
olishda yerda ishlash, hayvonlarni boqish, madaniy o‗tirishlar,
suhbatlar va baliq ovlashga qiziqadilar.
Qishloq turizmi tashkilotchilari asosan yozgi – ta‘til mavsu-
miga to‗g‗ri keladigan xalqning milliy bayramlari, milliy folklor
festivallariga moslab turmahsulot tayyorlashadi, qishloqlarda xal-
qaro ko‗rgazmalar ko‗plab tashkil qilinadi. Masalan, «Oktoberfast»
bayramiga jahonning deyarli barcha mamlakatlaridan turistlar
kelishadi. Shuningdek, nemis qishloqlarida 100 yillab o‗z tarkibini
o‗zgartirmasdan tayyorlanayotgan pivo ichimligi bayramlari ham
ko‗plab uyushtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |