222
yo‗llar, hatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo‗llar va yo‗laklar
ham talab darajasida bo‗lmog‗i kerak.
Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommu-
nikatsiya va muhandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‗lmasligi
turizm sohasining yangi pog‗onalarga ko‗tarilishida o‗ziga xos
o‗rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko‗raylik: issiqlik tarmog‗i
ishlamaydigan, elektr tarmog‗i past, kanalizatsiya tarmog‗i bo‗l-
magan yoki ichimlik suvi talab darajada bo‗lmagan mehmon-
xonalarda turistning bo‗lishi, bular
va boshqalar turizm infra-
tuzilmasining rivojlanishidagi kechiktirib bo‗lmas va tezda hal
qilinishi zarur bo‗lgan muammolardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, olis, tog‗li joylar, yo‗l trassalari kabi hududlarda bu
muammolarni hal etish katta kapital mablag‗ talab qiladi. Hozir respub-
likamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shox bekatlarning
ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko‗rsatadigan darajada emas. Turistlar
tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur servis va tibbiy yordam beri-
ladigan obyektlarning zamon talabi darajasida emasligi infratuzilma
obyektlarini qurish borasidagi dolzarb ishlar qatoriga kiradi.
Bir vaqtlar Buyuk ipak yo‗li o‗tgan joylardagi muhim mas-
kanlarda karvonsaroylar bo‗lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari
uchun hozirgi vaqtlardagi mehmonxonalar xo‗jaligi vazifasini
o‗tagan. Unda karvonlar va savdogarlar
tunaydigan xonalardan
tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa xizmatlar
(tabiblar, mashshoqlar, qo‗riqchilar) o‗z joyiga qo‗yilgan. Yurtimiz
ko‗hna tarix va madaniyatga ega.
Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil
avval xizmat ko‗rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi
olimlarimiz tadqiqot ishlarida ko‗rsatib berishgan. Bu esa kommu-
nikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulol-
chilik mahsulotlari – sopol quvurlar orqali olib kelinganligidan dalolat
beradi. Mana shunday tarixiy, an‘anaviy merosimizni yana tiklash,
zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir.
Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida
bank va moliyaviy
tashkilotlar va xizmatlarning o‗rni alohida. Turistlar sayohatda va
dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni xohlaydilar.
Ya‘ni o‗z xohishi bo‗yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda
ular ko‗ngil ochish uchun har kuni ko‗p miqdorda pul sarflashadi.
223
Pulni, ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko‗tarib yurish turistlarga
noqulaylik va qiyinchiliklar tug‗diradi. Turistlarning ko‗p miqdorda
pulni olib yurishi o‗g‗rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har xil
turdagi jinoyatchilarning jinoiy harakat qilishlariga olib keladi.
Turizm sohasi tashkil topishi bilanoq, to‗g‗rilanishi va tartibga
olinishi mumkin bo‗lgan xavfsiz pul bilan ta‘minlash muammosi
paydo bo‗lgan edi, bu masala bugun kompyuter texnologiyalari
asosida viza va kredit kartalari orqali o‗z yechimini topdi.
Axborot xizmati turizm infratuzilmasida turistlarga ham va
uning tashkilotchilariga ham juda zarurdir.
Turist sayohatga tay-
yorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o‗zi boradigan joy haqida
o‗sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odat-
lari, mehmondo‗stligi haqidagi qo‗shimcha ma‘lumotlarga, shuning-
dek, o‗sha joyning xaritasiga, transport magistrallari sxemasiga
muhtoj bo‗ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi
ma‘lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‗rinishida chop
etiladi va bu holat turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz
tasavvur etish qiyin. Tezkor axborot va so‗zlashuv, yangiliklardan
xabardorlik turizmning muhim bir jihatidir.
Hozirgi turist internet,
faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishiga
talab turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan dalolat beradi.
Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistik xizmatlar,
turistik markazlar haqidagi ma‘lumotlar joylashgan millionlab
saytlarga ega bo‗lgan Internet tarmoqlari orqali nafaqat sayohat va
turistik agentliklarni tanlash, hattoki,
tur sayohatning chiptalari,
xizmatlar uchun to‗lovlarni ham oldindan tayinlab qo‗yish mumkin.
Hozirgi paytda o‗zida boy tarixiy-madaniy merosga, noyob
tabiiy salohiyatga ega bo‗lgan O‗zbekiston hududlari uchun turizm-
da qator vazifalarni yechishga yordam beruvchi keng profildagi
amaliy geoaxborot tizimini (GAT) shakllantirish davr talabi hisob-
lanadi.
45
Turizm industriyasi va infratuzilmasining tasniflanadigan
belgilari turlari bo‗yicha tarkibiy qismi quyidagi rasmda batafsil ifo-
dalangan.
45
Usmanova Z.I. ―O‗zbekistonda turistik - rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish xususiyatlari va tenden-
siyalari‖. Iqtisodiyot fanlari bo‗yicha falsafa doktori (doctor of philosophy) dissertatsiyasi. 2018 y.