O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Turoperator bu 
– tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini 
sotishga taklif etuvchi, uni tayyorlash va rejalashtirishda 
bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorining faol subyekti 
hisoblanadi.
Turoperator o‗z faoliyati davomida vakolat imtiyoziga 
ega xaridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat 
ilgari xarid etish, bronlashtirish, o‗zlashtirish, turpaketlar hozirlash 
jarayonlarini amalga oshiradi.
 
Turoperator – turistik paket ishlab chiquvchi sifatida turistik 
yo‗nalishlar ishlab chiqish va turlarni shakllantirish bilan shug‗ul-
lanadi, ularning amal qilishini ta‘minlaydi, reklamani tashkil qiladi, 
turyo‗nalishlar bo‗yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to‗g‗ridan-
to‗g‗ri yoki turistik agentliklar orqali turistlarga sotadi. Turoperator 
turistlarga turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta‘minlab 
beradi va bir vaqtning o‗zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko‗r-
satishga buyurtma berish vazifasini o‗z zimmasiga olib osonlashtiradi. 
Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni bajaradilar. 
Ular turmahsulotlarni (joylarni-samolyotda, nomerlarni-mehmonxo-
nada) sotib oladilar, turistik xizmatlar paketini shakllantiradilar va 
foyda olish maqsadida turli to‗g‗ri yoki bilvosita foydalanuvchilarga 
(turistlarga) sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni alohida ham 
sotishi mumkin. Bu yo foyda olish, yoki zaruriyat yuzasidan 
qilinadi. Masalan, imtiyozli narxlarda sotib olingan samolyotdagi 
joylar sonini to‗ldirish uchun, u chiptalarni ham sotishi mumkin va 
bunda u vositachi sifatida bo‗ladi. 
Birinchi holda turoperator turistik paketni shakllantirayotganda 
u turmahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi. 
Ikkinchi holda, turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda 
turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat turoperator 
ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun 
keragidan ortiqcha turistik xizmatlar sotib olganda bo‗lishi mumkin. 


229 
Bundan tashqari, hozirda ko‗p miqdorda sotib olgani uchun meh-
monxonalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar orasida tegishli 
imtiyozlarga ega bo‗lgan maxsuslashgan ulgurji turoperatorlari 
mavjud. Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u 
turistlar uchun iqtisodiy qulay bo‗lgan turistik paketlarni shakllan-
tirish uchun oladigan xizmatlarining narxi o‗zgarishidan kafolatlana 
olish qobiliyatiga ega. Ulgurji turoperator narxlari har doim meh-
monxonalar narxlaridan arzon bo‗ladi. Ammo baribir turoperatorlar 
mahsulotlarning keng ko‗lamining ulgurji sotuvchisi sifatida emas, 
balki yangi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida ko‗rib chiqish 
lozim. Shunda u haqiqatga to‗g‗ri bo‗ladi, turoperatorning asosiy 
faoliyati turlar yoki turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir. 
O‗zbekiston Respublikasi «Turizm to‗g‗risida»gi Qonuni 
bo‗yicha o‗z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‗z 
yo‗llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisob-
lanadi. Bunday talablarni turistik firma bajaradi. Yo‗llanma turistlar 
bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko‗rsatish joyiga 
ko‗rsatiladigan asosiy hujjat – vaucherdir).
Turoperatorlik faoliyatida xizmat ko‗rsatishni shakllantirish va 
sotish jarayonlarida turoperatorlarning turni ishlab chiqishdagi 
tashkiliy bosqich ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 

imkoniyatlar tahlili; 

talabni o‗rganish; 

istiqbolni rejalashtirish; 

xizmatlarni ta‘minlovchilar bilan shartnomalar tuzish; 

tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish; 

yo‗llanma bahosini ishlab chiqish va realizatsiya qilish; 

turni tovar-metodik jihatdan ta‘minlash; 

turistlarni tegishli hujjatlar bilan ta‘minlash; 

realizatsiya; 

reklama va axborotlar; 

mutaxassis kadrlar tayyorlash; 

marshrutga kadrlar tayyorlash; 

turni o‗tkazish va xizmat ko‗rsatish sifati yuzasidan nazorat 
o‗rnatish. 


230 
Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga 
manfaat keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontra-
gentlik tarmog‗i unga turistik safarlarni sotish hajmini o‗stirishga 
imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan, chiqish turizmining 
hududiy bozoriga kirib boradi. Bu bilan o‗z xodimlarini ta‘minlash 
xarajatlarini, ijara binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. O‗z 
navbatida, turagent safarlarni oxirgi iste‘molchisiga sotib bergani 
uchun vositachiligiga komission mukofot oladi. Uning hajmi, 
odatda, sotilgan turistik mahsulot bahosiga nisbatan foiz hisobida 
aniqlanadi va 10 % ni tashkil qiladi. U ko‗paytirilishi ham mumkin 
(masalan, kelishilgan hajmdan ko‗proq turistik xizmat sotilganda). 
Komission mukofot turagentlikning asosiy daromad manbai bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Turoperator har doim sotish uchun turmahsulot resursiga ega 
bo‗ladi, turagent bo‗lsa mijoz sotib olish istagini bildirgan holdagina 
ma‘lum xizmatlarni talab etadi. Biroq amaliyotda ba‘zan turoperator 
va turagent orasidagi farqni ajratib bo‗lmaydi, chunki har ikkalasi 
o‗xshash vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan, firma 
turoperator sifatida yo‗nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa 
agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu 
turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib 
olishi va turistlarga sotishi ham mumkin. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish