Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

9.4. 
Nuklein 
kislotalarning 
fizik-kimyoviy 
xossalari. 
Nuklein 
kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari yuqori molekulyar massasi va struktura 
tuzilishiga bog`liq. Nuklein kislotalar uchun kolloid va osmotik xossalar, yuqori 
darajadagi yopishqoqlik va eritmaning zichligi, optik xususiyati hamda 
denaturatsiyaga moyilligi xos bo`ladi. 
Kolloidlik xossasi hamma yuqori molekulyar birikmalar uchun xos. Nuklein 
kislotalar eritilganda ular bo`kadi va kolloid ko`rinishidagi yopishqoq eritma hosil 
qiladi. Ularning gidrofilligi asosan fosfatlarga bog`liq. Nuklein kislotalarning 
eritmadagi molekulalari yaqqol kislotalik xususiyatiga ega polianion ko`rinishida 
bo`ladi. Fiziologik sharoitdagi pH da hamma nuklein kislotalar polianion holatida 
va oqsil hamda anorganik kationlardan iborat qarshi ionlar bilan o`ralgan. Qo`sh 
spiralli nuklein kislotalar bir zanjirliga nisbatan yomon eriydi. 
Molekuladagi vodorod bog`larini uzuvchi tashqi muhitning barcha ta’sirlari
DNK ni denaturatsiyalaydi. Denaturatsiya harorat, kimyoviy moddalar ta’sirida 
bo`lishi mumkin. Denaturatsiyalovchi agentlardan eng kuchlisi isitishdir. DNK 
isitilganda uning ikki zanjiri bir-biridan ajraladi, ya’ni yechiladi. Bu hodisa 
pastroq harorat oralig`ida bo`lgani uchun yumshash deyiladi. DNK ning 50 % i 
denaturatsiyalangan haroratga yumshash deb ataladi. DNK ning yumshash harorati 
azot asoslarining nisbati (G + S va A + T) ga bog`liq. Molekuladagi G + S qo`sh 
asoslar qancha ko`p bo`lsa, yumshash harorati ham A + T nikidan shuncha baland 
bo`ladi, chunki G + S da uchta qo`shbog` bor. 
Tez qizitish usulida denaturatsiyalangan, ya’ni ikki zanjirga ajratilgan DNK 
sekin sovutilsa, ajralgan zanjirlar qaytadan birikib, qo`sh zanjirli DNK ni hosil 
qiladi. Bu hodisa renaturatsiya deb ataladi. 
Hamma nuklein kislotalar ultrabinafsha nurlar zonasida 260 nm da nurni 
jadal yutish qobiliyatiga ega. DNK zanjiri buzilganda nur yutish qobiliyati ortadi. 
Giperxrom effekt deb ataladigan bu fenomen denaturatsiya jarayonida nur 
yutadigan asoslarni to`sib turgan strukturalarning chetlanishiga bog`liq.
Nuklein 
kislotalarning 
duragaylanishi. 
Turli 
zanjirlar 
o`zaro 
komplementarlik asosida birikishlari mumkin, birikish darajasi esa ularning 
gomologiyasiga bog`liq. Bir DNK molekulasining ikki zanjiri to`la birikadi, 
chunki ular 100 % bir-biriga gomologdir. DNK ning bir zanjiri bilan uning 
transkripti, ya’ni uning asosida transkriptsiya qilingan RNK ham to`la birikadi. Bu 
jarayon gibridlanish (chatishish) deb aytiladi. Demak, ikki zanjir orasida 
gomologiya qancha yaqin bo`lsa, duragaylanish ham shuncha to`la bo`ladi. Buni 
duragaylash usuli yordamida aniqlash qabul qilingan. Bu usul bo`yicha nuklein 
kislotalarning ikki zanjiri o`rtasidagi gomologiyaning nisbati bu zanjirlardagi 
nukleotid asoslarining komplementarligini tekshirish asosida belgilanadi. 
Duragaylash usuli ilmiy tadqiqot uchun ham, tajriba uchun ham katta 
ahamiyatga ega. Bu usuldan foydalanib molekulalarni, ulardan olingan turlarning 
genetik yaqinlik darajasini aniqlash mumkin.
DNK bilan DNK ni duragaylsh. Har xil turdagi organizmlar (masalan, baqa 
va quyondan) ajratib olingan DNK eritmalari bir-biriga aralashtirilib, shu 


82 
aralashma qizdirilsa, ya’ni DNK denaturatsiyaga uchratilsa va keyin sovutilsa, u 
holda yana qo`sh spiralli strukturalar komplementarlik asosida paydo bo`ladi. 
Bunda dastlabki DNK molekulalariga o`xshash qo`sh spiralli molekulalar bilan 
birga bitta nukleotid zanjiri baqa DNK sidan, ikkinchi zanjiri esa quyon DNKsidan 
iborat bo`lgan duragay molekulalar yuzaga kelishi mumkin. 
Bu xildagi duragay molekulalar mukammal bo`lmaydi. Ularda spiral holiga 
kelgan qismlar spirallashmagan qismlar bilan navbatlashib boradi. Shundan 
ko`rinib turibdiki, spirallashmagan qismlarda polinukleotid zanjirlar bir-biriga 
komplementar bo`lmaydi. 
DNK-DNK duragaylarini olishda turlar o`rtasida filogenetik qon-qardoshlik 
nechog`lik uzoq bo`lsa, DNK-DNK duragaylarining mukammal bo`lmaslik 
darajasi shu qadar yuqori bo`ladi. Shu munosabat bilan DNK-DNK duragaylash 
usulini organizmlar sistematikasini aniqlash uchun qo`llash mumkin bo`ladi. 
DNK bilan RNK ni duragaylash (DNK-RNK duragaylash) ham xuddi DNK-
DNK duragaylash kabi bo`lishi mumkin. Bu holda duragay molekulasida bitta 
dezoksiribonukleotid zanjiri va bitta ribonukleotid zanjiri bo`ladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish