Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

4.2.
 
Lipidlarning asosiy sinflari.
Monomer lipidlarga quyidagi lipidlar 
kiradi: 
1.Yuqori uglevodlar
2.Yuqori alifatik spirtlar, aldegidlar, ketonlar 
3.Izoprenoidlar va ularning unumlari 
4.Yuqori aminospirtlar(sfingozinlar) 
5.Yuqori poliollar 
6.Yog’ kislotalari 
1. Yuqori uglevodlar. Bu guruhga eng sodda lipidlar kiradi.Ular yuksak
tuzilgan organizmlar uchun muhim ahamiyatga ega emas. 
2. Yuqori alifatik spirtlar, aldegidlar va ketonlar. Erkin holda uchraydi, lekin 
ko’proq ko’p komponentli lipidlar tarkibiga kiradi. Yuqori anorganik spirtlar 
mumlar tarkibiga kiradi. To’yinmagan alifatik asetaldegidfosfatidlar hosil 
bo’lishida ishtirok etadi. Yuqori tuzilgan ketonlar erkin holda bakteriyalada, 
shoxlangan to’yinmagan ketonlar esa hasharotlarning feromonlari tarkibiga 
uchraydi. 
3. Izoprenoidlar va ularnning unumlari. 
Biologik jihatdan muhim bo’lgan lipidlar guruhi.Ularning bunday atalashining 
sababi – tuzilish asosining birligi (CH
2
=C(CH
3
)-CH=CH
2
) tashkil etadi va ular 
sintetik reaktsiyalar uchun dastlabki modda hisoblanadi. Izoprenlar terpenlar va 
steroidlarga bo’linadi.
Terpenlar. Terpenlar ularning tarkibida mavjud bo’lgan izopren birliklari 
soniga qarab bo’linadi.Tarkibida izopren halqasi bo’lgan terpenlar monoterpenlar, 
3 ta sesskvi terpenlar, 4,6 va 8 ta birlik bo’lganlari-diterpen, triterpen va 
tetraterpenlar deyiladi. Skvalen va lanosterin triterpenlari to’qimalarda xolesterin 
sintezi uchun dastlabki moddalar hisoblanadi. Hayot faoliyati davomida 
tetraterpenlarga mansub karotinoidlar muhim vazifani bajaradi. 
Tarkibida kislorod bo’lgan terpenlar guruhi juda katta qiziqish uyg’otadi. 
Ularning orasida o’simliklarga xushbo’y hid beruvchi izoprenoidli spirtlar 
guruhini alohida ta’kidlash lozim.Ular ayniqsa, atirgul moyida ko’p bo’ladi va ular 
duxilarning asosiy tarkibiy qismi sifatida qo’llaniladi. Mentol monoterpeni esa 
konditer sanoatida keng ishlatiladi. 


181 
Diterpenli spirtlarga fitol va retinol kiradi. Fitol fotosintetik pigment xlorofill 
va filloxinon (K
1
vitamini) tuzilishida, retinol esa yog’da eruvchi A vitamin 
tuzilishida ishtirok etadi. Monoterpenli keton-kamfora dori vositasi sifatida keng 
qo’llaniladi. 
Steroidlar. 
Steroidlar 
tabiatda 
keng 
tarqalgan 
bo’lib 
siklopentanpergidrofenantren halqasini tutadi. Ximiyaviy tomondan xolesteringa 
yaqin, unga aloqador birikmalar steroidlar nomi bilan yuritiladi. Buyrak usti 
bezining po’stloq qismida sintezlanuvchi gormonlar, jinsiy gormonlar, xolesterin 
steroidlar guruhiga mansub. Odam organizmida steroidlar guruhiga mansub 
bo’lgan sterinlar, ya’ni steroidlarning spirtli shakllari alohida ahamiyatga ega. 
Uning eng muhimi xolesterin. Xolesterin (xol-grekcha o’t)ning yon zanjiri 
oksidlanishidan jigarda o’t kislotalari hosil bo’ladi va ichaklarga ajraladi. 
Xolesterin va uning uzun zanjirli yog’ kislotalari bilan hosil qilgan efirlari qon 
plazmasi lipoproteinlarining asosiy komponentlaridir. U ayniqsa, hujayra 
membranasida ko’p bo’lib, membrananing qattiqlik (mustahkamlik) xususiyatini 
ta’minlaydi. 
4.Yuqori aminospirtlar. Bu guruh moddalari sfingozinlarning unumlari 
hisoblanadi. Ular asosan ko’p komponentli lipidlar sfingolipidlar tarkibiga kiradi. 
5.Yuqori poliollar. Lipidli monomerlarning nisbatan kichik guruhi. Ular 
mikroorganizmlarda uchraydi, hayvon to’qimalarning oddiy va murakkab diolli 
lipidlarining hosil bo’lishida ishtirok etadi. 
6.Yog’ kislotalari.Tarkibida karboksil guruhi tutuvchi alifatik uglevodorodlar 
unumlariga yog’ kislotalari deb ataladi. Qo’shbog’larning bo’lishi va bo’lmasligiga 
qarab ular to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalarga bo’linadi. 
To’yingan yog’ kislotalarida uglevodorod zanjiri zigzag shaklida chiziq hosil 
qiladi. Hayvon to’qimalarida ko’proq uglerod zanjirida 12 dan 18 tagacha uglerod 
bo’lgan juft sondagi uglerod atomlariga ega yog’ kislotalari uchraydi. Ular qattiq 
konsistensiyali bo’lib, yog’ molekulasi tarkibiga ko’p miqdorda kirganda yog’i 
ham qattiq konsistensiyaga ega bo’ladi. 
To’yinmagan yog’ kislotalari tarkibidagi qo’shbog’larning soniga qarab 
monoyenli, diyenli, triyenli, tetrayenli va hokazolarga bo’linadi. Ular poliyenli 
yog’ kislotalari degan umumiy nom bo’yicha birlashtiriladi. Ularning orasida eng 
ko’p tarqalgani oleat kislota (C
18
). U ayniqsa o’simlik moylarida (zaytun, 
kungaboqar moyi) va hayvon yog’ to’qimalarida uchraydi. Linolat va linolenat 
kislotalar soya, zig’ir va paxta moylarida bo’ladi. Hayvon organizmida 
sintezlanmasada, 4 ta qo’shbog’li araxidonat kislota ham uchraydi. Hayvon va 
odam organizmining normal o’sishi uchun hech bo’lmaganda bu kislotalardan 
bittasi ovqat bilan kirishi kerak. Shuning uchun bunday to’yinmagan yog’ 
kislotalari almashinmaydigan yog’ kislotalari deb qabul qilinadi. Bular qatoriga 
alfa ketokislotalar almashinuvida vitaminlik vazifasini bajaruvchi lipoat kislota 
ham kiritilishi kerak. 
Ko’p komponentli lipidlar. Ular oddiy lipidlar va murakkab lipidlardan tashkil 
topgan. Oddiy lipidlarga mumlar, gliseridlar va steridlar kiradi. 
Mumlar yuqori molekulali yog’ kislotalari va yuqori molekulali bir yoki ikki 
atomli spirtdan tarkib topgan murakkab efirlardir. Teri, yung, patlar ustini 


182 
qoplovchi yog’ moddalarning tarkibida mumlar bor. O’simliklar bargi, mevasini 
qoplovchi lipidlarning 80% i ni mumlar tashkil qiladi. 
Glitseridlar yoki neytral lipidlar. Neytral lipidlar (yoki atsilglitserollar) 
glitserin va yog’ kislotalardan tarkib topgan efirlardir. Glitseridlar mono-, di- va 
triasilgliserinlarga bo’linadi. Ishqoriy muhitda asilgiliserinlar gidrolizlanib, gliserin 
va erkin yog’ kislotalari hosil qiladi. Organizmda bu vazifani maxsus lipaza 
fermentlari bajaradi. 
Steridlar – bular sterin va yog’ kislotalarining efirlari. U hayvon mahsulotlari 
bo’lgan sariyog’ va tuxum sarig’ida bo’ladi. Odam organizmida taxminan 60-70 % 
xolesterin xolesterinning efiri ko’rinishida bo’ladi. Qondagi xolesterin efiri 
tashuvchi lipoproteidlar tarkibiga kirib, umumiy xolesterinning asosiy qismini 
tashkil qiladi. Lanolin (qo’y yungining yog’i) ham sterid bo’lib, farmasiyada 
dorivor mazlarning mazli asosi sifatida ishlatiladi. 
Murakkab lipidlar. Oddiy lipidlardan farqli ravishda murakkab lipidlarda lipid 
bo’lmagan komponent, masalan: fosfat va uglevod bo’lishi mumkin. 
Fosfolipidlar—turli xil organik spirtlar (gliserin, sfingozin, diol)ning fosfatli 
efirlaridir. Hamma fosfolipidlar qutbli lipidlar hisoblanadi va ko’proq hujayra 
membranasida uchraydi. 
Fosfogliseridlar. Ularning bitta gidroksil guruhi yog’ kislota bilan emas, balki 
fosfat bilan efirli bog’ hosil qiladi. Fosfogliseridlar fosfotid kislota hosilalari 
bo’lib, ular gliserin, yog’ kislotalar, fosfat kislota va odatda bironta azot tutuvchi 
birikmalardan tarkib topgan. 
Fosfogliseridlarning quyidagi turlari mavjud: 
1)
Fosfatidilxolin (lesitin); 
2)
Fosfatidiletanolamin; 
3)
Fosfatidilserin; 
4)
Plazmalogen; 
5)
Fosfatidilinozit; 
6)
Kardiolipin: 
Diol fosfatidlar (fosfolipidlar) –ikki atomli spirtlarning unumlari bo’lib, bir 
spirt guruhi yog’ kislotasi qoldig’i bilan, ikkinchisi esa fosfat yoki qandaydir spirt 
qoldig’i bilan eterifikasiyalangan bo’ladi. Organizda diol fosfolipidlar hujayra 
membranasi bilan bog’lanib, uning funktsiyasini o’zgartirishi mumkin. 
Shuningdek, ular immun reaktsiyasiga ta’sir etadi va asetilxolin mediatorning 
hujayraga ta’sirini yo’qotadi. 
Sfingolipidlarning quyidagi guruhlari mavjud: 
a) sfingomiyenlinlar; 
b) gilikolipidlar

Sfingolipidlar tarkibida ikki atomli to’yinmagan aminospirt sfingozin kiradi. 
a) sfingomiyelinlar hujayra membranalarida, nerv to’qimasi, buyrak, jigar 
to’qimalarida ko’p miqdorda uchraydi. Ular ko’proq nerv to’qimasidagi nerv 
tolalarining qobig’ida miyelin tarkibida bo’ladi. 
b) gilikolipidlar- tarkibida uglevod komponenti bo’lgan aralash lipidlar. Ular 
asosan nerv to’qimalarida ko’p bo’lib, normal elektr faollikga ega bo’lishi va 


183 
nerv impulslarini o’tkazishda zarur bo’ladi. Bunday lipidlarga serebrozidlar, 
gangliozidlar va sulfolipidlar kiradi. 
Serebrozidlar tarkibida fosfor kislotalar ham, xolin ham bo’lmaydi. Uning 
tarkibida geksoza sfingozinning gidroksil guruhi bilan efir bog’i orqali birikkan, 
yog’ kislota qoldig’i esa sfingozinning aminoguruhi orqali birikkan. Serebrozidlar 
birinchi bo’lib bosh miyada topilgan va uning nomi ham shundan kelib chiqqan. 
Ularning uglevod qismi asosan galaktozadan, kamdan-kam hollarda glyukozadan 
iborat bo’ladi. 
Sulfolipidlar –serebrozidlarning sulfatli unumlari. Ular kationlarning nerv 
to’qimalari va tolalarning membranalari orqali tashilishida ishtirok etadi. Shu 
sababli sulfolipidlar nerv sistemasining normal elektr faoliyati uchun kerak. 
Gangliozidlarda boshqa glikosfingolipidlardan farqli ravishda turli xil 
monosaxaridlardan tashkil topgan oligosaxaridlar bo’ladi. Gangliozidlar ko’proq 
miyaning kulrang moddasida, nerv hujayralarining plazmatik membranalarida ko’p 
miqdorda bo’ladi. 
Lipidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi: 
1)
Biomembranalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. 
2)
Biomembranalarning o’tkazuvchanligini ta’minlaydi. 
3)
Nerv impluslarini o’tkazishida ishtirok etadi. 
4)
Hujayralararo kontakni ta’minlashda ishtirok etadi. 
5)
Organizmda energetik vazifani o’taydi. 
6)
Organizmga vitaminlarning tushishi va ularning o’zlashtirilishini 
ta’minlaydi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish