18.3. Mexanik tashish va uning mexanizmi.
Moddalarning mexanik
tashilishi yurak yoki boshqa organlarning mexanik ishidan hosil bo`ladigan
gidrostatik bosim yoki suyuqliklarning harakatlanishi natijasida amalga oshadi.
Mexanik tashilish moddalarning qon va limfa bilan, shuningdek qon va limfadagi
boshqa tabiiy va yot moddalarning ham tashilishida o`z o`rniga ega. Moddalarning
mexanik tashilishi ikki turga bo`linadi: tashuvchi bilan va tashuvchisiz.
Tashuvchisiz mexanik tashilishda tashiladigan modda gidrofil bo`lganligi uchun
suvli muhitda erigan holatda bo`ladi, tashuvchili usulda esa moddalar tashuvchilar,
yani oqsillar, hattoki qon hujayralari bilan bog’langan bo`ladi. Tashuvchili usulda
qutbsiz moddalar tashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |