16.4. Biologik oksidlanish reaktsiyalarida kislorodning iste’mol qilinish
yo`llari.
Organizm hujayralariga kiradigan kislorod faqatgina mitoxondriyaning
nafas olish zanjirida substratlarning oksidlanishiga emas, balki boshqa biologik
reaktsiyalar uchun ham sarflanadi. Kislorod sarflanishi bilan boradigan barcha
turdagi reaktsiyalarni 4 ga ajratish mumkin.
1-tur – oksidazali deb aytiladi. Uni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash
mumkin:
S ∙ H
2
+ ½ O
2
→ S + H
2
O
Bu turdagi reaktsiya mahsuloti oksidlangan substrat (S) va suvdan iborat.
Bu reaktsiyalar mitoxondriyaning ichki membranasida joylashgan (nafas olish
zanjiri) va kislorod ularda energiya hosil bo`lishi uchun sarflanadi.
2-tur reaktsiya – peroksidazali bo`lib, quyidagi sxema bo`yicha boradi:
S ∙ H
2
+ O
2
→ S + H
2
O
2
137
Bunda oksidlangan substrat va vodorod peroksid reaktsiya mahsulotlari
hisoblanadi. Bu turdagi reaktsiyalar hayvon va odam hujayralariga nisbatan
o`simlik hujayralarida keng tarqalgan.
2-turdagi reaktsiyalar kislorod bir qator tabiiy birikmalar (aminokislotalar,
poliaminlar, oksikislotalar, sulfitlar, purinlar, aldegidlar, biogen aminlar) ning
oksidlanishida ishlatiladi. Moddalarning oksidlanishli parchalanishining o`ziga xos
“chiqiti” organizm hujayralari uchun zararli bo`lgan vodorod peroksidning hosil
bo`lishidir. Ammo kislorodning bu turda iste’mol qilinishining boshqa biologik
vazifasi ham bor. Fagotsitozni amalga oshiradigan leykotsitlar, gistiotsitlar va
boshqa
hujayralarda,
ya’ni
yot
moddalarni
va
mikroorganizmalrni
parchalovchilarda vodorod peroksidning bunday sintezi juda faol, hosil bo`ladigan
peroksid esa og`riq hosil qiluvchi bakteriyalarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi.
3-tur reaktsiya – oksigenazali. Bu reaktsiyalar monooksigenazali sxema
bo`yicha boradi:
A ∙ H
2
+ S + O
2
→ A + SO + H
2
O
(bunda A ∙ H
2
– vodorod donori; S – oksidlovchi substrat) yoki dioksigenazali
sxema bo`yicha:
S + O
2
→ SO
2
Monooksigenazali mexanizm oksidlanadigan substratga 1 atom kislorodning
birikishi va 2-atomning suv molekulasiga birikishi bilan boradi. Dioksigenazali
turida esa molekulyar kislorod ikkala atom kislorodini ham oksidlanuvchi
moddalarga tadbiq etilishi bilan boradi.
Monooksigenazalar hujayra shirasida erigan ferment holatida yoki jigar
hujayralarining endoplazmatik retikulum membranalarida, buyrak usti bezi
hujayralarining mitoxondriyalarida maxsus oksidlanish zanjiri ko`rinishida mavjud
bo`ladi.
Monooksigenazali zanjirlar o`t kislotalari, xolesterindan steroid gormonlar
sintezi, shuningdek dori va zaharlarni zararsizlantirishda tabiiy organik
moddalarning oksidlanishi uchun foydalaniladi.
4-tur reaktsiya – to`yinmagan yog` kislotalarning peroksidli oksidlanishi
bo`lib,
RH + O
2
→ ROOH
sxemasi bo`yicha boradi. Lipid, aldegid, keton va boshqalar to`yinmagan
lipidlarning peroksidli oksidlanish mahsulotlari hisoblanadi. Bu reaktsiyalarda
kislorodning sarflanishi mitoxondriya membranalari; endoplazmatik retikulum,
lizosoma va boshqa to`yinmagan lipidlar (asosan fosfolipidlar) bo`lgan boshqa
joylarda boradi. Bu turdagi reaktsiyalar biologik membrana lipidlarining
yangilanishi va o`tkazuvchanligini boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
Hujayrada kislorod sarflanishining asosiy yo`llarini sxemasi quyidagi
ko`rinishda bo`ladi:
138
Do'stlaringiz bilan baham: |