O`t hosil bo’lishi va ajralishi
.
O’t jigarda hosil bo’ladi va hazm jarayonida ishtirok etadi. O’tning xazmdagi ahamiyati
kuyidagilardan iborat: yoglarni emulsiyaga aylantiradi, natijada lipaza ta’sir etadigan sath
kattalashadi; lipidlar gidrolizidan hosil bo’lgan moddalarni eritadi, ularning so’rilishini va
enterostitlarda triglisteridlar resintezini osonlashtiradi; me’da osti va ichak bezlari fermentlarini,
ayniqsa lipaza faolligini orttiradi, shuningdek,o’t oqsil, karbonsuvlar gidrolizi va so’rilishlarini
kuchaytiradi.
O’t kuyidagi boshqaruv vazifalarini ham o’taydi: o’t hosil bo’lishini va ajralishini, ingichka
ichakning motor va sekretor faoliyatini, enterostitlar proliferastiyasi va ko’chib tushishini
kuchaytiradi. O’t kislotalilikni kamaytirish va pepsin faolligini yo’qotish orqali 12 barmoqli ichakka
tushgan me’da shira ta’sirini to’xtatadi. O’t bakteriostatik ta’sirga ega. Yog’da eruvchi vitaminlar,
xolesterin, aminokislotalar va kalstiy tuzlarini ichakda so’rilishida o’tning ahamiyati katta.
Bir sutkada 1000-1800 ml o’t xosil bo’ladi.
O`t hosil bo’lishi (xolerez)-
uzluksiz ketadi,
o’tajralishi
(xolekinez)-davriy, ovqat iste’mol
qilgandagina sodir bo’ladi. Nahor paytida o’t ichakka tushmaydi, o’t pufagida yig’iladi va u erda
depo sifatida sakqlanadi, hamda quyuqlashadi, shuning uchun ham ikki xil o’t tafovut qilinadi –
jigar va pufak o’tlari
. O’t bir vaqtning o’zida ham shira, ham ekskret moddadir. O’tning tarkibida
har xil endogen va ekzogen moddalar ajraladi, biroz fermentativ faollikka ega. Jigar o’tining rN 7,3-
8,0 ga teng, o’t pufagida saqlangan 9tniyag rN 6,0-7,0 ga teyag bunga sabab pufakda tning
tarkyabyadagi gidrokarbonatlar so’rilishi va o’t kislotalari tuzlari hosil bo’lishidir. Jigar o’ti suyuq
oltinga o’xshash sariq rangga ega, solishtirma og’irligi 1,008- 1,015 ga teng, pufakda saqlangan o’t
esa (suv va mineral tuzlar so’rilishi hisobiga) quyuq, rangi to’kq sariq, solishtirma og’irligi 1,026-
1,048 ga teng. O’t yo’llarida ishlab chiqarilgan mustin hisobiga o’t yopishqoqligi ortadi.Ut glikokol
(80%) va tauroxol (20%) kislotalarini saqlaydi. Odamlarda asosiy o’t pigmenti bilirubin bo’lib
qizg’ish-sariq rangga ega. Bilirubin oqsidlanishi natijasida ichaklarda hosil bo’luvchi ikkinchi
pigment biliverdin zangori rangga ega. O’t tarkibiga fosfolipidlar, o’t kislotalari, xolesterin oqsil va
bilirubin kiruvchi
lipoproteinlt birikma
majmuasi bor. Bu birikma ichakda lipidlarning tashilishi,
ularning ichak jigar orasida aylanib yurishi va umumiy modda almashinuvida katta ahamiyat kasb
etadi. Parasimpatik nerv tolalari qitiqlanganda o’t xosil bo’lishi va ajralishi kuchayadi, simpatik tola
qitiqlanganda esa, aksincha susayadi. Parasimpatik tola ko’zg’alganda o’t pufagi tanasi mushaklari
qisqaradi, sfinkterlari esa bo’shashadi, natijada o’t un ikki barmoqli ichakka ajraladi. Simpatik nerv
qo’zg’alganda
sfinkter
qisqaradi
va
o’t
pufagi
tanasi
bo’shashadi.
O’t haydovchi gumoral omillarga birinchi bo’lib o’tning o’zi kiradi. Shuningdek,
gastrin, XSK-
P3, sekretin, prostaglandinlar
ham o’t ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Tuxum sarig’i, sut, yog’lik
ovqatlar, non, go’sht kabi oziq moddalar o’t hosil bo’lishini va ajralishini kuchaytiradi.
O’t ajralishini XSK-PZ, gastrin, sekretin, bombezin, astetilxolin, gistaminlar kuchaytiradi,
glyukagon, kalstitonin, VIP, PP lar tormozlaydi.
Ichak shirasi tarkibi va xossalari
.
Ichak shirasi ichakning shilliq qavatida joylashgan (duodenal, yoki brunner, ichak burmalarida
joylashgan liberkin, ichak epiteliostitlari, bokalsimon xujayra, ponet xujayrasi) bezlar mahsulidir.
Katta yoshdagi odamlarda bir sutkada 2-3 litr ichak shirasi ajraladi. Shira rN 7.2 da 9.0 gacha
ajraladi, u suv va kuruq anorganik va organik moddalardan iborat. Shira tarkibida anorganik
moddalardan bikorbonatlar , xloridlar, natriy, kalstiy, fosfatlardan bor. Organiktarkibiga oqsil,
144
aminokislotalar, mustinlar kiradi. Ichak shirasi tarkibida 20 dan ortiq gidrolitik fermentlar mavjud.
Bularga
Do'stlaringiz bilan baham: |