So’lakning tarkibi va xossalari.
Og’iz bo’shlig’idagi so’lak aralash harakterga
ega. Uning rN 6,8-7,4 ga teng. Odamlarda bir sutkada 0,5-2l so’lak ajraladi. So’lak
99% suv va 1%
quruq moddalardan iborat. Quruq kismi organik va anorganik moddalardan iborat.
Anorganik moddalar-xlorid bikarbonatlar, sulfatlar, fosfatlar anionlardan va natriy,
kaliy, kalstiy, magniy kationlaridan, hamda temir, mis, nikel va boshqa
mikroelementlardan tashkil topgan. So’lak tarkibidagi organik moddalar asosan
oqsillardan iborat. Oqsil shilimshiq modda
mustin
oziq moddalarni biriktirib luqma
hosil qilishda ishtirok etadi. So’lak tarkibidagi asosiy fermentlar kuchsiz ishqoriy
muhitda faoliyat ko’rsatuvchi
amilaza
va
maltazalardir.
Amilaza polisaxaridlarni
(kraxmal, glikogen) disaxarid maltozagacha parchalaydi. Maltaza maltozani
glyukozagacha parchalaydi.
So’lakning tarkibida oz miqdorda uchraydigan boshqa fermentlar ham bor:
gidrolazalar, oksireduktazalar, transferezalar, proteazalar, kislotali va ishqoriy
fosfatazalar. So’lak tarkibida bakteriostid ta’sirga ega bo’lgan oqsil tabiatli modda
lizostim (muromidaza)
mavjud.
Oziq moddalar og’iz bo’shlig’ida oz, o’rtacha 15 sekund vaqt davomida turadilar,
shuning uchun ham bu erda kraxmal to’la parchalanib ulgurmaydi. Lekin og’iz
bo’shlig’idagi hazm ishga tushiruvchi ta’sir qilishi orqali oziq moddalarni oshqozon-
ichak yo’lining keyingi qismlarida parchalanishida katta ahamiyat kasb etadi.
So’lakning vazifalari.
So’lak bir necha vazifalarni bajaradi.
Hazmga oid vazifalari-
oziq moddalarni namlaydi, shilimshiq (mustin) moddalar
qismlarini biriktirib ovqat luqmasini hosil qiladi, yutilishini osonlashtiradi, tarkibidagi
fermentlar ta’sirida oziq moddalar gidrolizi boshlanadi.
Ekskretor vazifasi-
modda almashinuvida hosil bo’lgan ba’zi metabolitlar so’lak
tarkibida chiqariladi, bularga siydik kislotasi, mochevinalar kiradi. Shuningdek, ayrim
dorivor moddalar (xinin, strixnin) va organizmga tashqaridan tushgan moddalarning
ayrimlari (simob tuzlari, alkogol ) so’lak tarkibida ajraladi.
Himoya vazifasi-
so’lak tarkibida lizostim saqlanganligi tufayli bakteriostid xossasiga
ega. Mustin kislota va ishqorlarni neytrallash xossasiga ega. So’lak tarkibida ko’p
miqdorda immunoglobulinlar bo’lib, ular patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi.
So’lak tarkibida qon ivishi tizimiga oid moddalar aniqlangan, bularga maxalliy
gemostazni ta’minlovchi qon ivish faktorlari: qon ivishiga qarshi faktorlar va
fibrinolitik va fibrin stabillovchi faollikka ega moddalarning borligi.
Trofik vazifasi- s
o’lak tarkibidagi kaliy, fosfor, ruxlar tish emalini shakllanishi uchun
sarflanadi.
136
So’lak ajralishining boshqarilishi.
Oziq moddalar og’iz bo’shlig’i shilliq qavatidagi
mexano-, termo- va xemoresteptorlarga ta’sir qiladi. Bu resteptorlardan qo’zg’alish til
(uch shoxli nerv tolasi) va til xalqum nervlari, nog’ora tolasi (yuz nervi tolasi) va
xiqildoqning yuqoridagi nervlari (adashgan nerv tolasi) orqali uzunchok miyadagi
so’lak ajratish markaziga boradi. U erdan efferent tolalar orqali qo’zg’alish so’lak
bezlariga boradi va so’lak ajralishi boshlanadi. Efferent yo’l simpatik va parasimpatik
tolalardan iborat. So’lak bezlari parsimpatik innerastiyasi-til-xalqum nervi va nogora
tolalari, simpatik innervastiyasi yuqori bo’yin simpatik tugunlar tolalari orqali amalga
oshiriladi. Parasimpatik tolalari oxiridan ajraluvchi mediator asteptilxolin ta’sirida
so’lak bezlari tuzlarga boy va organik moddalarni oz saqlovchi ko’p miqdorda suyuq
so’lak ajratadi. Simpatik tolalar mediatori noradrenalin ta’sirida so’lak bezlari oz
miqdorda quyuk, yopishqoq, oz miqdorda mineral tuzlar saqlovchi va organik
moddalarga boy so’lak ajratadi. Adrenalin ham xuddi shunday ta’sir qiladi. R-
substanistiyasi so’lak ajralishini kuchaytiradi. SO
2
so’lak hosil bo’lishini kuchaytiradi.
Og’riq, salbiy xis tuyg’ular, aqliy zo’riqish so’lak ajralishini tormozlaydi.
So’lak ajralishi shuningdek shartli reflekslar yordamida ham boshqarilib turadi.
Ovqatning tashqi ko’rinishi, hidi, taom tayyorlashda hosil bo’ladigan tovushlarga
shartli refleks hosil bo’lish mumkin.
Chaynash.
Oziq moddalar og’iz bo’shlig’iga qattiq bo’lakchalar yoki har xil
darajadagi suyuqlik holatida tushishi mumkin. Oziq modda holatiga qarab og’iz
bo’shlig’ida mexanik va kimyoviy ishlovdan o’tkaziladi yoki darhol yutib yuboriladi.
Yuqorigi va pastki qator tishlar yordamida oziq moddani mexanik parchalanishi
chaynash
deb ataladi. Chaynash chaynov, shilliq va til muskullari qisqarishi orqali
amalga oshiriladi.
Og’iz bo’shlig’idagi resteptorlardan impulslar uch shoxli nerv orqali uzunchoq
miyaga, u erdan ko’ruv dumbog’iga va bosh miya po’stlog’iga boradi. Chaynashni
boshqarishda uzunchok miyaning harakatlantiruvchi yadrolari, qizil yadro, qora
modda, po’stloq osti va pustloq tuzulmalari ishtirok etadilar. Chaynashni boshqarishda
ishtirok etadigan neyronlar to’plami
chaynash markazi
deb ataladi.U erdan uch shoxli
nerv orqali chaynash muskullariga impulslar boradi va ular yordamida jag’ yuqoriga,
–pastga, oldinga, -orkaga va yon tomonlarga harakatlanadi. Til, lunj va lab muskullari
yordamida ovqat luqmasi harakatlantiriladi va chaynash yuzasida ushlab turiladi.
Chaynashni boshqarishda chaynov muskullari va tishlar resteptorlaridan borgan
impulslar ham katta ahamiyat kasb etadi.
Chaynash quyidagi davrlardan iborat: tinch davri, ovqat luqmasini og’izga
kiritish, tusmollash (chamalash), asosiy davr, ovqat luqmasini yutishga tayerlash davri.
Yutish.
Oziq moddani og’iz bo’shlig’idan me’daga o’tkazilishi
yutish jarayoni
orqali
amalga oshiriladi. Yutish reflektor harakat bo’lib og’iz, halqum va kizilo’ngach
davrlaridan iborat.
Og’iz davri (ixtiyoriy)
-ovqat luqmasi til bilan qattik tanglayga bosiladi va tilning o’rta
qismidagi muskullar harakati natijasida sekin asta luqma til o’zagiga siljitiladi. Bu
erda ovqat luqmasi yumshoq tanglay, til o’zagi va xalqum orqa devori
mexanoresteptorlarini qitiqlaydi. Bu resteptorlardan qo’zgalish uch shoxli, til halkum
va hikkildoqning yuqori nervlarining afferent tolalari orqali yutish markazi uzunchoq
miyaga boradi. U erdan uch shoxli, til osti, til xalqum va adashgan nervlar efferent
tolalari orqali kelgan impulslar yutishda ishtirok etadigan muskullarga keladi.
Halqum davrida (tez ixtiyorsiz)
yumshoq tanglayni va xiqildoqni ko’taruvchi muskullar
qisqarishi hisobiga burun va nafas yo’llari berkiladi.
Nafas markazi uzunchoq miyada nafas markazi yonida joylashgan va u bilan
payvasta (restiprok) munosabatda bo’ladi. Shuning uchun ham yutinayotgan paytda
nafas to’xtaydi. Tilning harakati bilan ovqat luqmasi halqumga surib tushiriladi. Bu
erda luqmani halqumga tushishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil og’iz bo’shlig’i va
xalqumdagi bosimlar bilan farqlanadi. Luqma xalqumga tushishi bilan uning kirish
sohasidagi muskullar qiskaradi. Luqmani qizilo’ngachga surib yuboradi. Bu erda ham
137
xalqum va qizilungach o’rtasidagi bosimlar farqi asosiy harakatlantiruvchi omil bo’lib
hizmat qiladi.
Yutishdan oldin xalqum-qizilo’ngach sfinkteri yopiq bo’ladi, yutish davrida
xalqumda bosim 45 mm simob ustunigacha ko’tariladi, sfinkter ochiladi va luqma
qizilo’ngachning boshlang’ich sohasiga tushadi, bu erdagi bosim 30mm simob
ustunidan ortmaydi.
Qizilo’ngach (sekin ixtiyorsiz) davrida
qizilo’ngachning peristaltik harakati tufayli
ovqat luqmasi me’da tomon siljiydi. Yutinish harakati ta’sirida qizilo’ngachda hosil
bo’lgan peristaltik harakatning birlamchi to’lqini me’dagacha boradi.
Qizilo’ngachning aorta ravog’i bilan kesishgan sohasida birlamchi to’lqin ta’sirida
ikkilamchi to’lqin hosil bo’ladi. Bu to’lqin ham me’daning kardial sohasigacha
boradi. Me’daning kardial sfinkteri luqma yaqinlashganda ochiladi va ovqat me’daga
tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |