Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Makromolekulalarni so’rilishi
fagostitoz va pinostitozlar orqali amalga oshiriladi. Bu 
mexanizmlar
endostitozga
xos. Endostitoz bilan hujayra ichi hazmi bog’liq holda 
bo’ladi, lekin ayrim moddalar endostitoz orqali hujayraga kirib, undan 
ekzostitoz 
orqali hujayra oraliq bo’shliqqa chiqadi. Bunday tashilish 
transstitoz
deb ataladi. Bu 
mexanizm orqali immunoglobulinlar, vitaminlar, fermentlar va boshqa moddalar 
ichakdan qonga o’tadi. Chaqaloqlarda transstitoz mexanizmi orqali ona suti oqsili 
tashiladi. 
Ayrim moddalar tashilishi hujayra oraliq bo’shlig’i orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Bunday tashilish 
persobstiya 
deyiladi. Bu mexanizm yordamida qisman suv, 
elektrolitlar, hamda oqsillar (antitela, allergenlar, fermentlar) va bakteriylar o’tadilar. 
Mikromolekulalar so’rilishida
uch xil tashilish mexanizmlari ishtirok etadi: 
passiv 
tashish, osonlashgan diffuziya
va
faol tashish.
Passiv tashish diffuziya, osmos va 
filtrastiyalardan iborat. 
Osonlashgan diffuziya 
maxsus tashuvchilar yordamida 
energiya sarfisiz amalga oshiriladi. 
Faol tashish
moddalar elektrokimyoviy va 
konstentrastion gradientiga karshi, energiya sarfi bilan va maxsus tashish tizimi 
(hujayra pardasi kanallari, tashuvchilar) ishtirokida amalga oshiriladi. 
So’rilish tezligi ichakdagi moddalar xossalariga bog’liq. Neytral izotonik muhitda, 
ichakdagi bosim ortganda so’rilish tezlashadi. Shuningdek, vorsinka va 
mikrovorsinkalarning harakati so’rilishni tezlashtiradi.
Yo’gon ichakda ko’p miqdorda suv va oz miqdorda glyukoza, aminokislotalar va 
boshqa moddalar so’riladi. 
 Inkretor yoki ichki sekrestiya 
faoliyati – deyilganda hazm tizimida oshqozon–ichak 
yo’llalari faoliyatini boshqarishda ishtirok etuvchi bir qator gormonlarni ishlab 
chiqarilishi tushuniladi. Bularga gastrin, sekretin, xolististokinin-pankreozimin, 
motilin va boshqalar kiradi.
Ekskretor faoliyati
-metabolizm natijasida hosil bo’lgan moddalar (mochevina, 
ammiak, o’t pigmentlari) suv, organizmga tashqaridan tushgan og’ir metal tuzlari, 
dorivor moddalarni hazm bezlari tomonidan oshqozon-ichak yo’liga va u erdan 
tashqariga chiqarib yuborilishidir. 
Oshqozon-ichak yo’llari hazmdan tashqari - suv-tuz almashinuvida, mahalliy 
immunitetda, gemopoez, fibrinoliz va boshqa faoliyatlarda ishtirok etadi. 
Hazm tizimining o’rganish usullari. Eksperimental usullar. 


134 
O’tkir tajribalar.
O’tkir tajriba narkoz ostidagi hayvonlarda o’tkaziladi. O’tkir tajriba 
butun organizmda yoki ajratib olingan to’qima, a’zo yoki hujayralarda o’tkazilishi 
mumkin. 
Surunkali tajriba usullari.
Buusulda hayvon jarrohlik yo’li bilan tayyorlanadi, ayrim 
sohaga naychalar o’tkazish, hazm bezlarning yo’llarini tashqariga chiqarib qo’yish va 
x.k. Hayvonlar sog’aygandan so’ng ularda tajriba o’tkaziladi. 
V.A.Basov (1842) itlar me’dasiga fistula qo’ygan. I.P.Pavlov laboratoriyasida 
V.Basov fistulasi qo’yilgan itlarda ezofagotamiya usuli qo’llanilgan va ularda 
«yolg’on ovqatlantirish» tajribalari o’tkazilgan va toza shira yig’ib olingan. 
Me’dasidan me’dacha ajratib olingan itlarda ham toza shira ajratib olingan. I.Pavlov 
usuli bo’yicha me’dacha ajratib olish Gaydengayn usulidan innervastiyasi 
saqlanganligi bilan farqlanadi. Jarroxlik yo’li bilan ichakning bir qismini ajratib olish 
va uning bir uchi
(Tiri usuli) yoki har ikkala uchi (Tiri-Velle usuli) tashqariga chiqarilib teriga tiqib 
qo’yiladi. 
So’lak va me’da osti bezlari chiqaruv yo’llarini, o’t yo’llarini tashqariga chiqarib 
teriga tiqib qo’yish holatlari keng qo’llaniladi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish