Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Gavda temperaturasi va izotermiya 
Odam va oliy xayvonlarning gavda temperaturasi tashqi muhit temperaturasining 
o'zgarishiga qaramay doim deyarli bir darajada turadi. Gavda temperaturasining 
bunday doimiyligi izotermiya deb yuritiladi. 
Izotermiya faqat gomoyoterm, yoki issiq qonli deb ataluvchi xayvonlarga xos. Gavda 
temperaturasi o'zgaruvchan bo'lib, tashqi muhit temperaturasidan oz farq qiluvchi, 
ya'ni poyqiloterm, yoki sovuq qonli hayvonlarda izotermiya yo'q. 
Organ va to'qimalar temperaturasini, shuningdek butun organizm temperaturasini 
isiklik hosil bo'lish intensivligiga va issiqlik yo'qotish miqdoriga bog'liq. 
Betuxtov ro'y beruvchi va issiqlik chiqishi bilan davom etuvchi ekzotermik reaksiyalar 
oqibatida issiqlik hosil bo'ladi. Bu reaksiyalar barcha organlar va to'qimalarda ro'y 
beradi, lekin intensivligi bir xil bo'lmaydi. Muskul to'qimasi, jigar, buyraklar kabi 
aktiv ish bajaruvchi to'qima va organlar aktivligi kamroq to'qima va organlar 
(qushuvchi to'qima, suyak, tog'aylar)ga qaraganda ko'proq issiqlik chiqaradi. 
Organ va to'qimalarning issiqlik yo'qotishi ularning olgan o'rniga ko'proq bog'liq: 
teri, skelet muskullari singari yuzaroqda yotgan organlar sovuqdan muxofaza qilingan 
ichki organlarga qaraganda ko'proq issiqlik chiqaradi va tezroq soviydi.
Odamning gavda temperaturasi odatda qo'ltiqdan o'lchanib, shu asosda fikr 
yuritiladi. Sog'lom odamning qo'ltiqdan o'lchangan temperaturasi 36,5-36,90. 
Klinikada ko'pincha (asosan emadigan bolalarda) gavda temperaturasi rectum-da 
aniqlanadi, bu erdagi temperatura qo'ltiqdagidan ancha yuqori bo'lib, sog'lom odamda 
o'rta hisob bilan 37,2-37,50 ga teng. 
Gavda temperaturasi doimiy bo'lmay, balki so'tka davomida 0,5-0,70 ga o'zgarib 
turadi. Gavda temperaturasi kechko'ro'n soat 4-6 da eng yuqori (maksimal), ertalab 
soat 3-4 da esa eng past (minimal) bo'ladi. Gavda temperaturasining bu o'zgarishi 
yashash sharoitiga bog'liq: tinchlik va uyku gavda temperaturasini pasaytiradi, 
muskullar bilan qilanadigan ish esa uni orttiradi. Shu sababli to'ngi smenalarda o'zoq 
ishlaydigan ishchilarda temperatura yuqorida aytilganning teskarisicha o'zgarishi 
mumkin. 
Butun organizmda issiqlik hosil bo'lishi va issiqlik yo'qotish bir-biriga teng 
bo'lgandagina odamning gavda temperaturasini doim bir darajada turishi mumkin. 
Bo'nga termoregulyasiyaning fiziologik mexanizmlari yordam beradi. Umuman 
termoregulyasiyani fizikaviy va ximiyaviy termoregulyasiyaga ajratish rasm bo'lib 
ketgan. 
Ximiyaviy termoregulyasiya organizmda issiqlik hosil bo'lishini kuchaytirish yoki 
susaytirish, ya'ni organizmda moddalar almashinuv intensivligini kuchaytirish va 
kamaytirish yo'li bilan yuzaga chiqadi. Fizikaviy termoregulyasiya gavdadan issiqlik 
chiqish intensivligini o'zgartirish yo'li bilan amalga oshadi. 
Termoregulyasiyaning nerv mexanizmi. Termoregulyasiyada markaziy nerv 
sistemasining ahamiyati issiqlik ukoli degan tajribada allaqachon aniqlangan edi. 
Quyon oraliq miyasning muayyan qismlari o'zo'n ingichka nina bilan shikastlantirilsa, 


127 
gavda temperaturasi anchagina (2,50-30) ko'tariladi. Termoregulyasiyada markaziy 
nerv sistemasining har xil qismlari qanday rol uynashi miya sopi (miya stvoli) ni har 
xil bosqichdan qirqib qo'yib o'rganilgan. 
Gavda temperaturasining doim bir darajada saqlanishini ta'minlaydigan ko'p va 
murakkab vegetativ prosesslarni boshqaruvchi nerv xujayralari, ya'ni termoregulyasiya 
markazlarining qaerda ekanligi sho'nga uxshash tajribalarda aniqlangan. Bosh miya 
yarim sharlar po'stlog'i, targ'il tana va ko'ruv dumboqlarini olib tashlash issiqlik 
chiqarish va issiqlik hosil qilishga ta'sir etmasligi tajribalarda ko'rsatib berilgan. 
Gipotalamus olib tashlanganda esa xayvon gavda temperaturasini boshqarish 
qobiliyatidan maxrum bo'lib, poyqiloterm bo'lib qoladi. 
Issiqlik hosil qilish markazi gipotalamus yon yadrolarining kaudal qismida bo'ladi. 
Xayvonlar miyasining shu qismi shikastlansa, ular sovuqka chiday olmaydigan bo'lib 
qoladi, ularda ximiyaviy termoregulyasiya mexanizmlari ishlamay qo'yadi, jumladan 
sovuqda titramaydi. Fizikaviy termoregulyasiya (terlash, nafasning kuchayishi) ni 
gipotalamusning comissura anterior bilan chiasma opticum orasidagi qismi, ya'ni 
issiqlik chiqarish markazi boshqaradi. Bu markaz zararlansa, xayvon sovuqka chidash 
qobiliyatidan maxrum bo'lmaydi, lekin operasiyadan so'ng yuqori temperaturada 
xayvon tez kizib ketadi, cho'nki fizikaviy termoregulyasiyani ishga soluvni mexanizm 
zararlangan. 
Termoregulyasiyaning gumoral mexanizmi.
Gavda temperaturasini boshqarish 
(regulyasiya)da ichki sekresiya bezlari, ayniqsa kalqon simon va buyrak usti bezlari 
ishtirok etadi, cho'nki ularda gormon hosil bo'lishini nerv sistemasi boshqaradi. 
Termoregulyasiyada kalqon simon bezning ishtirok etishi, masalan, shu bilan isbot 
etiladiki, o'zoq vaqt sovuqda turgan bir xayvonning qon zardobi ikkinchi xayvonning 
qoniga yuborilsa bu xayvonda moddalar almashinuvi kuchayadi. Qon bergan 
xayvonning kalqon simon bezi saqlanib qolgandagina shunday natija ko'riladi. 
Aftidan, xayvon sovuqda o'zoq turganda kalqon simon bez qonga ko'p gormon 
chiqarib, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. 
Buyrak usti bezlari xam qonga adrenalin chiqarib termoregulyasiyada bir qadar rol 
uynaydi. Adrenalin to'qimalarda, xususan muskullarda oqsidlanish prosesslarini 
kuchaytirib, issiqlik hosil bo'lishini oshiradi, teri tomirlarini toraytirib, issiqlik chiqib 
ketishini kamaytiradi. Shuning uchun adrenalin gavda temperaturasini oshira oladi 
(adrenalin gipertermiyasi). 
Bolalarda asosiy almashinuv. 
Bolalarda kattalarga nisbatan intensivliroq. 8-9 yoshda asosiy almashinuv 2-2,5 
baravar ko'proq kattalarga nisbatan. Energiya sarflanishi bo'yiga nisbatan (oziqaning 
umumiy energetik qimatidan) 
• 3 oylikda – 36% 
• 6 oylikda – 26 %
• 10 oylikda – 21 % Tashkil qiladi 
Bolalarda termoregulyasiyani o'ziga xosligi
Bolalarda tana yuzasini massasiga nisbati kattalarga nisbatan 3 marotiba ko'p bo'lgani 
sababali issiqlik ajratish jarayoni ularda ancha ko'proq. Tana haroratini ushlab tirish 
uchun 3 marotiba ko'proq energiya sarflanadi. Bolalarda issiqlik saqlash qobiliyat 
qamroq (teri – yog' klechatkasi va terisi yupqa bo'lgani uchun).Termorngulyasiya 
markazi etilmagan. 
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar tana harorati 3-4 S0 pasayishini oson o'tkazadilar, harorat 
2-3 S0 oshishi xayot uchun xovfli. Tana haroratini ushlab turish intensiv metabolizm 
jarayoni va qo'ng'ir yog' yordamida amalga oshiradi. Termoregulyasi markazini 
mukammalashtirilishi 17 yoshda tugaydi 
Logik masalalar. 
1.Asosiy almashinuvi 1780 kkal.ga teng bo’lgan erkakda ovqatning spestifik dinamik 
ta’sirini aniqlang. 


128 
2.70 kg vaznli sportsimenning ishchi qo’shimchasini aniqlang. U 10 km masofani 1 
soatiga 8 km.ga teng bo’lgan tezlik bilan yugurib o’tdi. (8 km/s tezlik bilan 
yugurganda 570 kkal/s sarflanadi. 
3.60 kg vaznga ega bo’lgan, ishchi qo’shimchasi 2000 kkal.ga teng bo’lgan odamning 
umumiy almashinuvini aniqlang. 
Vaziyatli masalalar. 
1.Tekshiriluvchi sutka mobaynida 432 l. SO2 ajratdi va 462 l. O2 yutdi. NKni 
hisoblang va uning oziq rastionida qanday oziq moddalari ortiq bo’lgan. 
Javobi:
Berilgan holatda NK=432/462=0,93 ga teng. 
Ovqat rastionida uglevodlar ustun turadi. 
2.Agar sutkada sportsmenning ovqati bilan 136 gr. oqsil tushib, 10,8 gr. azot siydik 
bilan va 7,4 gr. azot najas bilan ajralgan bo’lsa, unda u qancha oqsilni o’zlashtiradi? 
Azot balansini baholang. 
Javobi:
1gr. azot 6,25 gr. oqsil tutadi. Siydikdagi azotga qarab oqsil tushushi 
10,8x6,25=67,5 gr.ga teng. Najas azotiga qarab, oqsilni o’zlashtirilmagani 
7,4x6,25=46,25 gr.ga teng. Oqsilning o’zlashtirilgan miqdoriga qarab, ovqat bilan 
hazm qilingan oqsil va najas bilan chiqqan oqsilni 136-46,25=89,75 gr. ta’rifi beriladi, 
sportsmenda azot balansi yaxshi, ya’ni musbat. 
3. Sog’lom odam organizmiga ovqat bilan birgalikda 128 gr. oqsil tushib, siydik bilan 
12,6 gr. azot ajratilgan. Agar 9,5 gr. azot najas bilan birga ajralgan bo’lsa, qancha oqsil 
o’zlashtirilganligni hisoblang. Azot balansini baholang. 
Javobi:
Azotga 
qarab 
organizmga 
tushgan 
oqsil 
miqdorin 
aniqlashadi: 
12,6x6,25=59,35 gr.ga teng. Ko’rsatilgan holatda azot balansi manfiy. 
4.Kartoshka bilan boqilgan g’ozning NKsini asoslang. 
Javobi:
Ovqatlantiradigan oziq uglevodlardan tuzilgan edi. Og’irlikning o’sishi 
uglevodlarni yog’ga aylanib,yog’ depolarida to’planishi hisobiga. Lipogenezda NK 
o’sadi, chunki yog’larni hosil bo’lishi uchun uglevodlarni ichki molekulyar O2 sarf 
bo’ladi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish