Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot


Ma’ruza materiallarining texnologik xaritasi



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Ma’ruza materiallarining texnologik xaritasi 
Ish soati va bosqichi 
O’qituvchi 
Talabalar 
Tayyorlash 
bosqichlari(5min) 
1. Ma’ruzaga tayyorlanish 
2.Ma’ruzaning 
kirish 
qismiga 
slayd 
tayyorlash.3.Foydalanilgan adabiyotlar 
Talabalarning 
davomati 
1.Ma’ruza 
kirish 
(15min) 
Ma’ruzaning maqsadi va vazifalari bilan tanishish Tinglaydilar va 
yozadilar 
2.Asosiy 
bosqich 
(55min) 
1.Mavzuni 
tushuntirish, 
slaydlar 
taqdimoti 
2.Tarqatma materiallarni ishlatish 
Tinglaydilar va 
yozadilar


93 
3.Xulosa. (5min) 
Xulosa 
Tinglaydilar 
80 min. 
 
Tayanch so’zlar :
analizator, mexanoretseptorlar, termoretseptorlar,xemoretseptorlar, 
baroretseptorlar,tovushtulkinlari,chiganok,Kortia’zosi, perilimfa,endolimfa, tukchalixujayra, 
otolitlarapparati, 
vestibuloresteptorlar, 
termoresteptor, 
nostisteptivtizim, 
nostisteptorlar,nostisteptivomillar,antinostisteptivtizim, 
propriorestepstiya, 
vissteralanolizator. 
Eshituv analizatori ahamiyati buyicha odamning ikkinchi distant analizatoridir. Nutq 
vujudga kelishi sababli eshitish aynan odamda juda muhim rol o`ynaydi, u shaxs-larorasidagi 
muloqotda ishtirok etadi.Eshituv resteptorlarining adekvat ta’sirlovchisi bo’lib tovush xizmat 
qiladi.Tovush gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda kuzatiladigan zarrachalarning 
tebranishidir.Bu tebranishlar ko’rsatilgan muxitlarda turli chas-tota va kuch bilan to’lqin 
sifatida tarkaladi va organizmlarning maxsus a’zolariga ta’sir qilib. Ularni shikastlashi 
mumkin bo’lgan mexanik xodisalardan xabardor qiladi, xayvonlar va odam uchun o’zaro 
muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
Eshitish resteptorlari chakka suyagi piramidasidagi ichki quloqda joylashgan chig’a-noq 
ichida o’rnashgan.Tovush to’lqinlari bu resteptorlarga tashqi eshituv yo`li, nog’ora parda, 
eshituv suyakchalari, labirint suyukligi va chig’anoq asosiy pardasi orqali o’tkaziladi. Eshituv 
analizatorida signallarni resteptorlardan po’stloqga o’tkazish yo`lida qayta ishlaydigan 
ko’pgina bo’limlar mavjud.Eshitish analizatorining periferik qismini tashkil etgan eshitish 
a’zosi quloq uch asosiy bo’limdan iborat : 
1) tovushlarni yig’uvchi apparat- tashqi quloq, 2) tovushni o’tkazuvchi - o’rta quloq,
3) tovush to’lqinlarini qilish qiluvchi ichki quloq. 
Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshituv yo’lidan iborat.Tashqi quloqning o’ziga xos 
shakli ma’lum yo’nalishdagi tovushlarni yaxshi qilish qilish va tovush yo’nalishini aniqlash 
imkonini tug’diradi. Quloq suprasi tovush to’lqinlarini yig’ib, tashqi eshituv yuliga 
yo’naltiradi.Mazkurfunkstiyaitlar, mushuklar, ko’rshapalaklar kabi xayvonlarda ayniqsa 
rivojlangan bo’lib, bu xayvonlar quloq suprasini reflektor boshqarib, tovush manbaining 
qaerdaligini aniqlaydilar.Tashqi eshituv yo`li rezonator vazifasini bajaradi va tovush 
to’lqinlarini nog’ora pardaga o’tkazadi.Tashqi quloq eshituv a’zosining alohida strukturalarini 
mexanik va harorat ta’sirlaridan ximoyalaydi, nog’ora parda qayishkoqligini saqlash uchun 
zarur bo’lgan doimiy harorat va nam-likni ta’minlaydi.Tashqi va o’rta quloq chegarasida 
nog’ora parda joylashgan bo’lib. U kam harakat va biroz cho’ziluvchan membranadan 
iborat.Uning shakli konussimon va uchi o’rta quloq bo’shlig’iga chiqib turadi.Nog’ora 
pardaning asosiy funkstiyasi tovush to’lqin-larini o’rta quloqga o’tkazishdir.O’rta quloq 
bo’shligida o’zaro zanjirsimon birikkan eshitish suyakchalari : bolg’acha, sangdon va uzangi 
joylashgan.Bolg’achaning uzun dastasi nog’ora pardaga tutashgan, boshcha siesa sangdon 
bilan birikkan. Sangdonning o’simtasi uzangi bilan birikkan. Uzangining asosi esa oval 
teshikka taqalgan.Quloq suprasi to-vush to’lqinlarini yig’adi, shuning uchun tovush tashqi 
eshituv yulidan o’tib, nog’ora pardaga erkin muxitdagiga nisbatan 3 marta kuchliroq bosim 
bilan ta’sir etadi va nog’ora pardani tebratadi.O’rta quloqdagi eshitish suyakchalari : 
bolg’acha, sangdon va uzangicha tovush to’lqinlarini nog’ora pardadan ova lteshik pardasiga 
o’tkazib berishda taxminan 60 marta kuchaytiriladi: 1) suyakchalar zanjiridagi richaglar 
tovush to’lqini amplitu-dasini 2,5 marta kichraytiradi, natijada oval teshikka tovush 2,5 marta 
kattaroq bosim bilan uriladi; 2) oval teshikni berkitib turadigan uzangi yuzasi 3,2 mmkv, 
nog’ora pardaning yuzasi esa 70 mmkv, demak uzangi yuzasining nog’ora parda yuzasiga 
nisbatan 1 : 22 teng bo’lib oval teshik membranasiga tovush 22 marta kuchliroq bosim bilan 
ta’sir etadi. 
O’rta quloqni ichki quloqdan ajratib turadigan devorda oval teshikdan tashqari 
membrana bilan tusilgan aylana teshik ham bor.Ova lteshikdan ichkarida hosil bo’lgan va 
chig’anoq yo’llaridan aylanma teshikka yetib borgan chig’anoq suyukligi tebranishlari 
aylanma teshik membranasini tebratadi. Aylanma teshik membranasi bo`lmaganda suyuqlik 
qisilmasligi oqibatida peri limfa tebranmagan bularedi.O’rta quloqdagi muskulni qisqarib, 


94 
nog’ora pardani taranglashtiradi va kuchli tovush ta’sir etganda nog’ora parda tebranishlari 
amplitudasini cheklaydi.Ikkinchi mushak uzangi harakatlarini chek-lab turadi.Tovush 
to’lqinlari turli amplitudalarida bu mushaklar qisqarishi o’zgarib, ichki quloqka keladigan 
tovush energiyasini avtomatik boshqaradi va ichki quloqning kuchl itebranishi hamda 
shikastlanishi oldini oladi. Quloqka kuchli to’lqin ta’sir etgandan 10 ms utganda o’rta 
quloqdagi ikkala mushak qisqaradi. Bu refleks yoyi miya stvolidan o’tadi. Kuch bilan 
urilganda va portlash vaqtida bu ximoya mexanizmi ishga kirishib ulgurmaydi.Chaynash, 
yutish, esnashda, nutq va ashula aytish vaqtida m.stapedius qisqaradi va chastotasi past 
bo’lgan tovushlar bo’g’iladi, yuksak chastotali tovushlar esa ichki quloqka utkaziladi. 
Nog’orabushliginiburun-halqumbilanbog’lovchiEvstaxiyna-tufayli o’rta quloq bushligida
bosim atmosfera bosimiga teng va bu nog’ora parda tebranishlari uchun qulay sharoit 
yaratadi. Tashqi muxitda atmosfera bosim ikeskin o’zgarganda Evstaxiy nayi orqali nog’ora 
bushligidagi bosim muxit bosimi bilan tenglashtiriladi.
Ichki quloq suyak labirinti va uning ichida joylashgan parda labirintidan iborat. 
Ichki quloq o’rta quloq bilan oval teshik orqali bog’lanadi, oval teshikka esa uzangi asosi 
harakatsiz birikkan. Suyak va parda labirin-larining har biri uch qismga : daxliz qismi, yarim 
aylanma kanallar va chig’anoq qismiga bulinadi. Chig’anoq 3,5 mm uzunlikka ega bo’lib, 
buralganligi tufayli kengaygan asosi va toraygan cho’qkisi bor.Ichki quloqdagi chig’anoq 2,5 
buramali, asta-sekin kengayib boruvchi spiralsimon suyak kanalidan iborat. Bu suyak kanal 
butun uzunasi buylab ikki parda bilan: yupkaroq vestibulyar membrana va qalinroq asosiy 
membrana bilan ajratilgan. Bu membranalar chig’anoq suyak kanalini ustki, o’rtanchi va 
pastki tor yo’llarga bo’ladi. Chig’anoq cho’qkisida vestibulyar va asosiy membranalar 
qo’shiladi.Chig’anoqning yuqori kanali yoki vestibulyar narvoncha oval darchadan boshlanib, 
chig’anoq uchigacha davom etadi, bu erda teshik orqali chig’anoqning pastki kanali nog’ora 
norvonchaga 
tutashadi, 
nog’ora 
norvoncha 
esa 
yumaloq 
darcha 
sohasida 
boshlanadi.Gelikotrema orqali tutashuvchi yuqori va pastki kanallarni oval darchadan 
boshlanib, yumaloq darcha bilan tugaydigan yagona kanal desa bo’ladi. Chig’anoqning yuqori 
va pastki kanallari perilimfa bilan to’la, u tarkibi jihatdan orqa miya suyukligiga o’xshaydi va 
natriy ionlariga boy. Kanallar perilimfasini o’rta quloqning havogli bo’shligidan oval va 
yumaloq darchalar ajratib turadi. 
Ustki kanal bilan pastki kanal o’rtasida,ya’ni vestibulyar membrana bilan asosiy 
membrana orasida o’rtanchi kanal bor. Bu kanal bushligi chig’anoqning boshqa kanallari 
bo’shlig’iga tutashmaydi va edo limfa bilan to’la.Endolimfa kaliy ionlarining taxminan 100 
baravar ko’proq va natriy ionlarining 10 baravar kamroq ekanligi bilan perilim-fadan farq 
qiladi. Shu sababli endolimfa perilimfaga nisbatan musbat zaryadlangan. Chig’anoqning o’rta 
kanali ichida, asosiy membranada tovush sezuvchi apparat-Kortia’zosijoylashgan,bu a’zoda 
tukli resteptor xujayralari bor. Ana shu xujayralar tovush tebra-nishlarini harakat potenstialiga 
aylantiradi. Tovush tebranishlari uzangi orqali oval darcha membranasiga o’tib, 
chig’anoqning ustki va pastki kanallaridagi perilim fani tebratadi. Perilimfaning tebranishlari 
yumaloq darcha membranasini tashqariga o’rta quloq bo’shlig’iga tomon siljitadi. Vestibulyar 
membrana juda yupka bo’lganligi sababli tebranishlar ustki va o’rta kanallar buylab 
birdaniga, ya’ni perilimfa va endolimfaga birvaqtda tarkaladi.
Asosiy membranada tukchali resteptorlar xujayralarning ikki turi-Kortieylari bilan 
ajratilgan ichki va tashqi xujayralar joylashgan.Ichki tukchali xujayralar bir qatorda 
joylashgan bo’lib, umumiy soni 3500 ga etadi.Tashqi tukchali xujayralar 3-4 qatorda 
joylashgan,umumiy soni 12000-20000. Xujayraning biruchi asosiy membranaga tutashadi, 
ikkinchi uchi chig’anoq parda kanali bo’shlig’iga qarab turadi. Xujayraning bu uchida 
tukchalar bo’lib, ularni endolimfa yuvib turadi.Tukchalar ustida qoplovchi yoki tektorial 
membrana joylashgan.Tovush ta’sir etganda asosiy membrana tebrana boshlaydi, resteptor 
xujayralarning tukchalari tektorial membranaga tegib deformastiyalanadi va ularda elektr 
potenstiallar vujudga keladi.Bu potenstiallar sinapslar orqali nerv tolalariga o’tadi. 
Eshituv nervi tolalarida hatto tinchlikda o’z-o’zidan (spontan,100 imp\sgacha) 
zaryadlar hosil bo’lib turadi. Tovush ta’siri ostida impulsastiya chastotasi keskin oshadi. 
Eshituv nervining har bir tolasi muayyan chastotali tovushni qilish qilishga moslashgan va bu 
chastota optimal deyiladi.Optimal chastotatolar bilan bog’liq resteptorlarning asos 


95 
membrananing kaysi qismida joylashganligi bilan aniqlanadi. Asos membrananing 
endolimfaga o’tadigan tebranish reakstiyasi tez harakatlanayotgan, ya’ni yugurib kelayotgan 
to’lqinga o’xshaydi. Amplituda maksimumining membranada kaerda joylashuvi tovush 
chastotasiga bog’liq.Shunday qilib, asos membranaga tegib turgan Kortiy a’zosi turli 
xujayralari qo’zg’alish jarayoniga jalb etiladi. 
Tukchali xujayralarda vujudga kelgan nerv impulslari chig’anoqdagi spiral 
tugunning bipolyar nerv xujayralari (birinchi neyron)ga o’tkaziladi. Bipolyar xujayralarning 
markaziy o’simtalari eshituv yoki chig’anoq nervi (VIII juft bosh miya nervi)ni hosil qilgan. 
Chig’anoq nervi uzunchoq miyaga kirib, undagi chig’anoq yadrolarida (ikkinchi 
neyron)tugaydi. Chig’anoq yadrolardan chiqqan nerv tolalari lateralilgak tarkibida yuqori 
giolivaga (uchinchi neyron) keladi.Lateralil gak tolalarining bir qismi o’rta miyaga to’rt 
tepalikning pastki dumboglariga, ikkinchi qismi medial tizzasimon tanaga boradi. Ko’ruv 
dumboglarining medial tizzasimon tanasida eshituv yo’llarining to’rtinchi neyroni joylashgan. 
Shundan so’ng tolalar eshituv nurlanishi tarkibida katta yarim sharlar yuqorigi chakka 
pushtasining po’stlog’iga, ya’ni eshituv analizatorining markaziy qismiga boradi. 
Eshituv analizatori o’tkazuvchi tizimi alohida qismlarining funkstiyalari 
quyidagilardan iborat. Spiral tugunda tovushning past va yuqori chastotalari taxlil qilinishi 
emirish va qirqish usullari bilan isbotlangan. Chunonchi, eshituv nervining tolalari qisman 
qirqilsa, yuqori chastotali tovushlar eshitilmaydi. Eshituv nervi to’la qirqilsa past chastotali 
tovushlarni eshitish qobilyatiyo’qoladi.To’rt tepalikning pastki dumboqchalari eshitib 
chamalash refleksini boshqarib turadi.Eshituv po’stloq markazi tovushlarda ifodalangan 
informastiyani qayta ishlashni, tovushlarni tafovutlashni amalga oshiradi va binoural (ikki 
quloq bilan ) eshitishga javobgar. 
Tovush sezgilari. Odam qulog’i chastotasi 16 dan 20000 gst gacha bo’lgan 
to’lqinlar tebranishlarini qa qiladi, bu diapazon 10-11oktavaga mosdir.16 gstdan past iinfra 
tovushni va 20000gstdan yuqorisi ultra tovushni odam eshitmaydi. Bolalar 22000 gst 
chastotali tovushni ham eshita oladi.Eshitish qobilyati 14-19 yoshda ayniqsa yaxshi, yosh 
utishi bilan pasayadi, ba’zan 15000gstgacha. Kortiy a’zosining qo’zgaluvchanligi 1000-4000 
gst tovushga ayniqsa yaxshi. 1000gstdan pastva 4000 gstdan baland tovushlarga sezuvchanlik 
keskin pasayadi. Eshittirilgan holatlarning yarmida eshitiladigan tovushning minimal kuchiga 
mutlaq eshitish sezuvchanligi deyiladi. Eshitish bo’sag’asi tovush chastotasiga qarab keskin 
o’zgaradi.Tovushning tuyulayatgan balandligi, odatda uning fizik kuchidan farq qiladi.Tovush 
balandligining 
birligi 
sifatida 
bel, 
amalda 
destibel 
(dB), 
ya’ni 
0,1beldan 
foydalanadilar.Tovush kuchayishi bilan uning balandligini sezishning kuchayishi tovush 
chastotasiga qarab turlicha bo’ladi. Eshitiladigan chastotalar o’rtacha diapazonida (1000gst) 
odam tovush balandligining 0,59 dBga o’zgarishini sezadi, diapazon chetlarida bu rakam 
3dBgacha oshadi. Shunday qilib, tovush balandligining sezilishi, to’lqinning kuchi va 
chastotasi orasidagi murakkab munosabatlar bilan aniqlanadi.U yoki bu tovush quloqka uzoq 
muddat ta’sir etsa, eshitish sezuvchanligi pasayadi. Sezuvchanlik pasayishi (adaptastiya)ning 
darajasi ta’sir etish vaqti, tovush kuchi va uning chastotasiga bog’liq. Tovush 
yunalishini,ya’ni tovush manbai kaysi tomonda joylashganligini aniqlashda ikkala quloq 
bilan(binaural) eshitish ishtirok etadi, u quyidagi fiziologik mexanizmlar asosida aniqlanadi : 
1) tovush kuchining ikkala quloqda aniqlanadigan farqi asosida, tovush qaysi 
tomondan kelayotgan bo’lsa, o’sha quloq balandroq tovushni eshitadi,2) tovushni eshitish 
vaqti orasidagi farq asosida, ikkala quloq orasidagi masofani tovush to’lqini bosib o’tishiga 
0,063 ms vaqt kerak,3) tovush fazalari orasidagi farqni sezish qobilyati. 
Vestibulyar analizator. Vestibulyar sensor sistema ko’ruv va somato sensor 
analizatorlar bilan birgalikda odamning fazoni chamalashida yetakchi rol o`ynaydi. 
Vestibulyar analizator resteptorlari MNTga boshning yer satxiga nisbatan holati,boshning 
to’g’ri chiziqli va aylanma harakatlarida tezlanishning yunalishi va kattaligi hamda gavda 
tebranishlari to’g’risida axborot yetkazib turadi.Birtekis harakat qilganda yoki tinchlik 
holatida vestibulyar resteptorlar qo’zg’almaydi. Vestibulo resteptorlardan kelgan impulslar 
skelet mushaklari tonusini qaytataksimlaydi va gavda muvozanatini ta’minlaydi.Vestibulyar 
analizatorning chetki qismini chakka suyagi piramidasida joylashgan ichki quloq labirintidagi 
vestibulyar apparat tashkil etadi.Bu apparat daxliz va uchta yarimoysimon kanallardan iborat. 


96 
Yarim aylanma kanallar o’zaro perpendikulyar frontal, sagital va gorizontal tekisliklarda 
joylashgan. Har bir kanalning bir uchi kengaygan-ampula hosil qilgan. Yarim aylanma 
kanallar ampulalarida va parda labirintining daxliz qismidagida otolitlar apparati joylashgan. 
Bu apparat asos membrana, tayanch va tukchali resteptor xujayralar, otolitli membrana va 
otolitlar-kalstiy karbonati va fosfati kristallaridan iborat.Boshning fazodagi holati o’zgarganda 
membrana bilan resteptor tukchalari sirg’anishining kuchi va yunalishi o’zgaradi.Tukchalar 
bukilishi natijasida ularda resteptor potenstiali vujudga keladi va sinapslar orqali (astetilxolin 
yordamida) vestibulyar nerv tolalarining uchlariga utkaziladi. 
Otolitlar apparatidagi resteptor xujayrala rikkilamchi sezuvchi mexano 
resteptorlardan iborat. Resteptor xujayralarning endolimfa tomonga chiqqan qismi tukchalar 
bilan tugaydi. Parda labirintidagi endolimfa ancha quyuqroq bo’lib, uning yopishqoqligi 
suvnikidan 2-3 marotaba ortiq. Daxlizdagi tukchali xujayralarning qo’zg’alishi otolitlar 
membranasining tukchalar ustida sirg’anishi, ya’ni tukchalar bukilishi oqibatidir.Burchakli 
tezlanishlarda endolimfa harakatlanishi tufayli tukchalar bir tomonga bukilganda tukchali 
xujayralar qo’zg’aladi,endolimfa qarama-qarshi tomonga harakatlanganda tukchali xujayralar 
tormozlanadi.Bu xodisa shu bilan tushuntiriladiki, tukchalar membranasidagi ion kanallarning 
mexanik boshqarilishi tukchaning kaysi yo’nalishda bukilishiga bog’liq. Tukchalarning bir 
tomonga siljishi kanallarni ochib, tukchali xujayra depolyarizastiyasiga olib keladi, karama-
karshitomonga siljish esa kanallarning yopilishi va resteptorning giperpolyarizastiyasini 
keltirib chikaradi. Daxliz va yarim aylanma kanallar ampulalaridagi tukchali xujayralarda 
generastiya kilinadigan resteptor potenstiali astetilxolin mediatori vositasida sinapslar orqali 
vestibulyar nerv tolalarini faollashtiradi.Vestibulyar 
yadrolarning neyronlari 
turli 
manbalardan keluvchi axborotni sintezlaydi, ya’niqo’l-oyoqlar holati o’zgarganda, gavda 
aylantirilganda, ichki a’zolardan signallar kelganda faollashadi. Bu vaqtda ular turli harakat 
reakstiyalarini nazorat qiladilar va boshqaradilar. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish