Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

MAShG’ULOT MAZMUNI
NAZARIY QISM 
Ko’ruv tizimi (analizatori). 
Ko’ruv sensor tizimi boshqa analizatorlar orasida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki bu tizim miyaga tashqi muhitdan tushgan axborotlarning 90% ini 
etkazadi. 
Ko’rish
- ko’p bo’g’inli jarayon bo’lib, ko’ruv obrazining shakllanishi va aks 
ettirilgan nurlarni to’r pardaga aniq proekstiyalashdan boshlanadi va analizatorning po’stloq 
markazida ko’ruv doirasida qanday jism borligi to’g’risida xulosa chiqarish bilan tugaydi. 
Ko’zning optik tizimi to’zilishi va funkstiyasi. 
Ko’z olmasi sharsimon shaklga ega bo’lib, chap 
va o’ng, past va tepada harakat qiluvchi jismlarni ko’rish uchun ko’zni to’rli tomonlarga 
harakatlanishini ta’minlaydi. Ko’zga kiradigan yorug’lik nurlari to’r pardaga tushishdan oldin 
nur sindiruvchi bir necha yuzalar - shox parda, gavhar va shishasimon tananing oldingi va 
orqa yuzalaridan o’tadi. Nurlarning bosib o’tgan yo’li shox parda, gavxar va shishasimon tana 
yuzasining nur sindirish ko’rsatkichlariga va egrilik radiusiga bog’liq. Ko’z optik tizimining 
nur sindiruvchi kuchi dioptriyalar bilan ifodalanadi. (D) Bir dioptriya (D)-foqus masofasi 100 
sm bo’lgan linzaning nur sindiruvchi kuchidir. Nur sindiruvchi kuch oshganda foqus 
masofasi kamayadi. Foqus masofasi 50 sm bo’lganda linzaning nur sindiruvchi kuchi 2 D ga, 
foqus masofasi 25 sm bo’lganda nur sindiruvchi kuch 4 D ga teng va hoqazo. 
Ko’zning optik tizimida shox parda, gavxar va shishasimon tananing oldingi va orqa yuzasi 
har qaysi nurni to’rlicha sindiradi. Agar bu nur sinishlarining barchasi e’tiborga olinsa, 
ko’zning optik tizimini talqin qilish juda murakkablashib ketadi. Shuni e’tiborga olib 
masalani soddalashtirish uchun nurlar ko’zning optik tizimidan o’tish jarayonida bir marta 
sinadi, deb faraz qilinadi. Ko’zning optik tizimi narsalarning kichraygan va teskari aniq 
tasvirini to’r pardada hosil qiladi. Uzoqdagi narsalarga qaralganda ko’z optik tizimining nur 
sindirish kuchi 59 dioptriya atrofida, yaqindagi narsalarga qaralganda 70,5 dioptriyaga teng 
bo’ladi. Buning sababi shuki, uzoqdagi narsalardan kelayotgan nurlar ko’zga parallel tushadi 
va ularni to’r pardaga foquslash uchun kuchli sindirish zaruriyati bo’lmaydi. Yaqin 
masofadagi jismdan ko’zga tarqoq nurlar tushadi. Ularni to’r pardaga foquslash uchun kuchli 
sindirish kerak. Bu narsaga gavharning qabariqligini oshirish yo’li bilan erishiladi. 
Akkomodastiya. 
Narsani ravshan ko’rish uchun uning har bir nuqtasidan keluvchi nurlar to’r 
pardada bir nuqtaga yigilishi, ya’ni foquslanishi kerak. Uzoqqa qaralsa, yaqindagi narsalar 
ravshan ko’rinmay, chaplashib ketadi. Buning sababi shundaki, yaqin nuqtalardan keluvchi 


221 
nurlar to’r parda orqasida to’planadi, to’r pardada esa yorug’likni sochish doiralari hosil 
bo’ladi. Ko’zdan to’rlicha masofadagi narsalarni bir vaqtda bir xil ravshan ko’rish mumkin 
emas. To’r pardadan etarlicha uzoqdagi kitobni doqa to’r orqali o’qishga ishonish qiyin emas. 
To’r pardadan to’rlicha masofada joylashgan narsalarni ravshan ko’rishga ko’zning 
moslashuvi 
akkomodastiya
deb ataladi. Gavhar egriligining, binobarin, nur sindirish 
ko’rsatkichining o’zgarishi yo’li bilan akkomodastiya yuzaga chiqadi. Yaqindagi narsalarga 
qaralganda gavxar qabariqroq bo’lib qoladi, sho’nga ko’ra taraluvchi nurlar bir nuqtada 
uchrashadi. 
Akkomodastiya mexanizmi. 
Gavharning qabariqligini o’zgartiradigan kipriksimon 
muskullarning qisqarishi ko’zning akkomodastiya mexanizmida muhim ahamiyat kasb 
etishini G.Gelmgolst ko’rsatib berdi. Gavhar kapsulaga o’ralgan, bu kapsula chetlari esa 
kipriksimon tana (corpus ciliare)ga yopishuvchi Stinn boylamining tolalariga o’tadi. Stinn 
boylamlari hamisha tarang to’radi va ularning tarangliligi gavharni qisib yassilaydi. 
Kipriksimon tanada silliq muskul tolalari bo’lib, bu tolalar qisqarganda Stinn boylamlari 
silqillab qoladi, natijada gavxarni kamroq qisadi. Shundan ma’lumki, kipriksimon muskullar 
akkomodastion muskullardir. Ularni harakatlantiruvchi nervning parasimpatik tolalari idora 
etadi. Ko’zga atropin tomizilganda bu muskulga qo’zg’alish o’tmay qoladi, natijada ko’z 
yaqindagi narsalarni ko’rishga moslasha olmaydi. Aksincha, parasimpatomimetik moddalar-
pilakarpin va ezerin kabilar muskulning qisqarishini chaqiradi. Yoshlarning normal ko’zi 
uchun ravshan ko’rish uzoq nuqtasi cheksizdir. Ular uzoqdagi narsalarni akkomodastiyaga 
zo’r bermasdan ko’raveradi. Ravshan ko’rishning eng yaqin nuqtasi ko’zdan 10 sm masofada 
bo’ladi. 10 sm dan yaqinroq to’rgan narsalarni 20 yashar odam hatto kipriksimon muskulni 
maksimal qisqartirganda ham ravshan ko’ra olmaydi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish