Jinsiy bezlar.
Erkaklar jinsiy bezlari. Erkak jinsiy bezlarida spermatogenez jarayonlari kechadi va erkak
jinsiy gormonlari – androgenlar hosil bo’ladi. Spermatogenez urug’ hosil qiluvchi
naychalarda joylashgan spermatogen epitelial hujayralarning faoliyati bo’lib hisoblanadi.
Androgenlar interstistial hujayralar – glandulostitlarda (Leyding hujayrasida) hosil bo’ladi.
204
Bu hujayralar urug’ hosil qiluvchi naychalar orasida joylashib, urug’don massasini yaqin 20
% ini tashkil qiladi. Uncha ko’p bo’lmagan miqdoda androgenlar buyrak usti bezi
po’stlog’ining to’r sohasida ham ishlab chiqariladi. Androgenlarga bir necha steroid
gormonlar kiradi, ulardan eng muhimi testosterondir. Bu gormonning qonga o’tishi erkaklarda
birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarni adekvat rivojlanishini ta’minlaydi.
Testosteron ta’sirida o’g’il bola balog’atga etganida jinsiy a’zo va moyaklar kattalashadi,
soqol, past ovoz, qorinning o’rta chizig’i bo’ylab ko’tariluvchi chov junlar paydo bo’ladi.
Bundan tashqari, testosteron oqsillar sintezini kuchaytiradi, bu esa o’sish va jismoniy
rivojlanishga, muskullar massasining ortishiga olib keladi. Testosteron suyak skeletining
shakllanishiga ham ta’sir ko’rsatad, u suyakda oqsil matristalari hosil bo’lishini tezlashtiradi
va unda kalstiy tuzlarining to’planishini ta’minlaydi. Buning natijasida suyak eniga va
bo’yiga o’sadi va pishiqligi ortadi. Testosteron ko’p ajralganda moddalar almashinuvi
tezlashadi va qondagi eritrostitlar soni ham ortib ketadi. Testosteronning ta’sir etish
mexanizmi taxminan quyidagicha amalga oshadi: u hujayra ichiga kirib, faollashadi
(degidrotestosteron), keyinchalik u hujayra yadrosi va organellari bilan bog’lanadi, bu esa
oqsil va nuklein kislotalar sintezining o’zgarishiga olib keladi. Testosteron sekrestiyasi
adenogipofizning lyuteinlovchi gormoni orqali idora etiladi, bu gormon esa jinsiy balog’atga
etishni tezlashtiradi. Agar qonda testosteron gormoni miqdori ortib ketsa, qaytar bog’lanish
mexanizmi bo’yicha lyuteinlovchi gormon sekrestiyasi tormozlanadi. Ikkala gonadotrop
gormonlar – follikulostimullovchi va lyuteinlovchi gormonlar konstentrastiyasi qonda pasayib
ketganda, spermatogenez jarayonlarining tezlashuviga olib keladi.
O’g’il bolalarda 10-11 yoshgacha urug’donda androgenlar ishlab chiqaruvchi faol
glandulostitlar bo’lmaydi. Biroq, bu hujayralardan testosteron gormoni sekrestiyasi,
xomiladorlik davrida va bola tug’ilgandan so’ng bir necha xaftagacha davom etadi. Bu
sekrestiya yo’ldosh tomonidan ajralib chiqqan gormon gonadotropin ta’sirida yuzaga chiqadi.
Erkak jinsiy gormonlarining sekrestiyasi etarlicha bo’lmasa, evnuxoidlik rivojlanishiga olib
keladi. Bunda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi kechikadi, suyak skeleti
noproporstional bo’lib qoladi, ko’krak va qorinning pastki sohalarida yog’ to’planadi, ba’zida
esa sut bezlari ham kattalashadi (ginekomastiya), erkak jinsiy gormonlarining kam ishlab
chiqarilishi asab va ruxiy o’zgarishlarga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, qarama-
qarshi jinsga bo’lgan qiziqish yo’qoladi va boshqa erkaklarga xos bo’lgan psixofiziologik
harakatlar ham yo’qoladi.
Ayollar jinsiy gormonlari. Ayollar jinsiy gormonlari bezlaridan (tuxumdon) estrogenlar va
progesteron ishlab chiqariladi. Bu gormonlarning ajralishi stiklik xarakterga egadir, bu
qizlarda xayz ko’rish paytida gipofizni gonadotrop gormonlarining sekrestiyasiga bog’liq
bo’ladi. Estrogenlar faqat jinsiy bezlardan emas, bu gormonlar, oz miqdorda buyrak
usti bezi po’stloq qavatining to’rsimon sohasida ham ishlab chiqariladi. Xomiladorlik paytida
estrogenlar sekrestiyasi, yo’ldoshning gormonal faolligi ta’sirida ortadi. Bu guruhda faolligi
yuqori bo’lgan gormon β-estradiol bo’lib hisoblanadi. Sariq tananing gormoni progesteron
bo’lib, xayz ko’rishning oxirlarida uning sekrestiyasi kuchayadi.
Estrogenlar ta’sirida birlamchi va ikkilamchi ayollar jinsiy belgilarining yuzaga chiqishi
tezlashadi. Balog’atga etish davrida tuxumdonlar o’lchami, bachadon, qin va tashqi jinsiy
a’zolarning o’lchami kattalashadi. Proliferastiya jarayonlari va endometriyada bezning
kattalashuvi kuzatiladi, bu ta’sir osteoblastlar faolligini oshirish orqali namoyon bo’ladi. Shu
bilan bir qatorda, suyakning epifizar tog’ayiga ta’sir etib, uning uzunasiga o’sishini
tormozlaydi. Bu gormonlarning ta’siri natijasida oqsillar biosintezi kuchayadi, yog’larning
hosil bo’lishi ham ortadi, ortiqcha yog’lar teri ostiga shunday to’planadiki, ayol qomatini
xarakterlab beradi. Estrogenlar ta’sirida ayol terisi nozik, silliq va kapillyarlar bilan yaxshi
ta’minlanadi, jun bilan qoplanishi ham ayol tipiga mansub bo’ladi.
Progesteronning organizmdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: urug’langan tuxum
hujayrasini endometriyaga inplantastiyasiga tayyorlaydi. Bu gormon ta’sirida endometriya
hujayralarining proliferativ va sekretor faolligi ortadi. Proliferativ va sekretor faollik sut
bezlarida ham kuzatiladi, bu esa uning o’lchamining kattalashuviga olib keladi. Bu bezlardan
jinsiy gormonlarning oz ishlab chiqarilishi quyidagi holatlarga: xayzning buzilishi, sut bezlari,
qin, bachadonning atrofiyasiga olib keladi. Suyak tizimi ham ko’p o’zgarishlarga uchraydi,
205
suyakning epifizar sohasi o’sishdan to’xtaydi, bu esa suyakning uzunasiga o’sishini
tormozlaydi. Bunday ayollarning tashqi ko’rinishi, erkaklar tashqi ko’rinishini eslatadi va
ovoz tembri past bo’ladi.
Estrogen va progesteron ajralib chiqishining boshqarilishi gipofizning gonadotropin
gormoni orqali idora etiladi. Qiz bolalarda bu gormon 9-10 yoshdan ajrala boshlaydi.
Gonadotropinlarning sekrestiyasini esa qondagi ayollar jinsiy gormonlarini ko’payib ketishi
tormozlaydi.
Ayollar jinsiy stikli. Qizlar balog’atga etgach ovulyastiya vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi.
Jinsiy stikl 27-28 kun davom etadi. Uni 4 davrga ajratishadi: 1) ovulyastiyadan oldingi davr,
2) ovulyastiya, 3) ovulyastiyadan keyingi davr, 4) tinchlik davri.
Ovulyastiyadan oldingi davrda ayol organizmida quyidagi o’zgarishlar kuzatiladi:
bachadon kattalashadi va qonga to’lishadi, bachadon shilliq pardasi va bezlari o’sib ketadi,
Fallopiy nayralirining va bachadon muskul pardasining peristaltik harakatlari kuchayadi va
tezlashadi; qin shilliq pardasi o’sadi va qin shilimshig’ida ko’chib tushgan epiteliy
hujayralarining soni ko’payadi. Bu o’zgarishlarning sababi, gipofizdan follikulni stimullovchi
gormonni ko’p ishlab chiqarishidir. Ovulyastiyadan oldingi davrga xos bo’lgan barcha
o’zgarishlar gipofizdan chiqadigan gormonlarning tuxumdonlar ichki sekrestiyasiga ta’sir
qilishi natijasida kelib chiqadi.
Normal organizmda follikulni stimullovchi gonadotropin gormon miqdorini sekin-asta
ortishi ko’proq etuk Graaf pufakchasining uzil-kesil etilishini tezlashtiradi. Bu Graaf
pufakchasining sirti yorilib, ichidan tuxum hujayra chiqadi, boshqacha aytgandaovulyastiya
ro’y beradi. Ovulyastiya davri Graaf pufakchasining yorilib, ichidagi tuxum hujayraning
chiqishi va Fallopiy nayi orqali bachadonga siljib borishidan boshlanadi. Tuxum hujayra
Fallopiy nayidan o’ta turib uruglanadi. Urug’langan tuxum hujayra bachadonga tushib, uning
shilliq pardasiga yopishadi. Jinsiy stikl shu erda uzilib, ayolning bo’yida bo’ladi. Tuxum
hujayra nay orqali bachadonga etib borishi uchun qariyib uch sutka kerak. Tuxum
urug’lanmasa, ovulyastiyadan keyingi davr boshlanadi. Ayollar bu davrda xayz ko’radi.
Urug’lanmagan tuxum hujayra bachadonga tushib, unda bir necha kun tirik turadi, so’ngra
xalok bo’ladi. Ayni vaqtda gipofizning oldingi bo’lagidan gonadotrop gormonlar chiqishi
progesteron ta’sirida kamayadi.
Gipofizning follikulostimullovchi gormoni kamayishi tufayli tuxumdonlarda estrogenlar
kamroq hosil bo’ladi, binobarin, Fallopiy naylar, bachadon va qinda ovulyastiyadan oldingi
o’zgarishlarni vujudga keltirgan va ularni quvvatlab turgan omillar yo’qoladi. Bu davrda
tuxumdon gormonlarining kamayishi tufayli bachadonning tonik qisqarishlari kuchayadi,
natijada uning shilliq pardasi ko’chadi. Shilliq parda parchalari qon bilan birga chiqadi-xayz
qoni ketadi. Xayz qoni ketib bo’lgach bachadon shilliq pardasi tez regenarastiyalanadi.
Ovulyastiyadan keyingi davr tugagach, ovulyastiyalararo tinchlik davri boshlanadi, undan
so’ng yangi stiklning ovulyastiyadan oldingi davri davom etadi.
Yo’ldosh gormonlari. Xomiladorlikning ichki sekrestiya bezlari tomonidan boshqarilishida
yo’ldosh ham ishtirok etadi. Yo’ldoshdan estrogen, progesteron va xorion gonadotropini
chiqadi. Hayvon bo’g’ozligining ikkinchi yarmida, ya’ni yo’ldosh yaxshi rivojlangan va
yuqorida aytilgan gormonlarni etarlicha hosil qilayotgan davrda gipofiz va tuxumdon olib
tashlansa, xayvon bola tashlamaydi; bu sharoitda yo’ldosh gormonlari gipofiz va
tuxumdonlardan chiqadigan gormonlarning o’rnini bosa oladi.
Gormon gonadotropini gipofizning lyuteinlovchi gormoniga o’xshash ta’sir etadi. Bu
gormonlar bo’g’ozlar siydigi bilan ko’plab chiqib turadi. Bu fakt xomiladorlikni g’oyat oddiy
yo’l bilan tekshirib aniqlashga yordam beradi. Bu tekshirishda erkak baqaning orqa terisi
ostiga 5 dan 10 ml gacha siydik yuborilsa, siydikda gonadotropin bo’lsa, hayvon kloakasida 2
soatga qolmay spermatozoidlar paydo bo’ladi.
Epifizning ichki sekrestiyasi. Epifiz bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida
joylashgan. Odam epifizining diametri 3-4 mm. Bu bezning borligini 4 ming yildan beri
odamlar bilsa ham uning faoliyati oxirgi 20-30 yillar davomida aniqlandi. XVII asrda
R.Dekart epifizni «jon egari» deb faraz qilgan. Asrimizning boshlarida ovqatga maydalangan
epifiz qo’shib berilganda itbaliqlarning rangi oqarganligi aniqlangan edi. Shunga asolanib,
o’tgan asrning 50-yillarida amerikalik olim A.Lerner epifizda pigment almashinuviga ta’sir
206
qiladigan modda bo’lsa kerak, deb taxmin qildi va bir necha 10 ming qora mol epifizidan bir-
ikki gramm modda ajratib oladi va baqaning organizmiga yuborilganda, uning terisi oqarib
ketdi. Shunday qilib, yangi gormon melatonin kashf qilindi. Olimlar o’tkazgan tajribalarda
melatoninning ko’p qirrali samaraga ega gormonligi aniqlandi. U boshqa bir biogen
aminseratonindan hosil bo’lib, pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va
fasllik ritmlarini, xujayralar bo’linishini va rivojlanishini boshqarilishida ishtirok etadi.
Epifizdan tashqari, melatonin hazm tizimidagi apudostitlarda, tomirlar endoteliyida, buyrak
usti bezi po’stloq qismida, miyachaning Purkine hujayralarida, simpatik tugunlarda
sintezlanadi. Melatonin ko’z to’r pardasida ham topilgan. Gormonning to’r pardasidagi
miqdori kamayib ketsa, odamning ranglarni ajratish qobiliyati buziladi. Melatonin uyqu
keltirish qobiliyatiga ham ega. Bir necha tomchi gormon eritmasi mushuk burniga
tomizilganda 70-100 daqiqa davom etuvchi chuqur uyqu kuzatiladi.
Oxirgi vaqtda melatoninning yana bir juda muhim xossasi aniqlandi. U hujayralar bo’linishini
sekinlashtirib, o’smaga qarshi ta’sir ko’rsatar ekan.
Melatonin gipofizdan gonadotrop gormonlarning qonga o’tishini kamaytiradi. Demak, uning
qondagi miqdori ko’payib ketsa balog’atga etish chuzilib ketadi. Gormonning
etishmovchiligida esa jinsiy rivojlanish tezlashadi.
Ayrisimon bez (timus). Ayrisimon bez immun tizimning markaziy a’zosi bo’lib, endokrin
faoliyatni ham ko’rsatadi. Bu bez to’qimasidan ta’sir ko’rsatishi va ajratilishida farqi bo’lgan
talay peptid va oqsil tabiatli fiziologik moddalar olingan. Ular qatoriga limfostitlarni
rag’batlantiruvchi gormon, timozin, timin, tomotoksin va boshqalar kiradi. Bu moddalar
immunitetning turli omillariga, limfopoezga, nerv-muskul o’tkazilishiga ta’sir qiladi. Ammo
ular chin gormon hisoblanmaydi.
Mavjud ma’lumotlar ayrisimon bezning immun tizimi va ichki sekrestiya bezlari faoliyatini
monandlashtirib turuvchi a’zo, deyishga asos bo’ladi.
To’qima gormonlari. Biologik faol moddalar, faqat maxsus endokrin bezlarda emas, balki
organizmda to’qima va a’zolarda sintezlanishi ham mumkin. Hozirda to’qima va a’zolarda 50
xilga yaqin sintezlash qobiliyatiga ega hujayralar topilgan. Bu hujayralarning ko’p qismi
hazm tizimi a’zolarida, o’pka buyrak, yurak va boshqa endokrin tizimiga kirmaydigan
a’zolarda uchraydi. Gormon sintezlovchi hujayralarni maxsus imunogistokimyoviy usullar
yordamida aniqlash mumkin.
Bu hujayralarning modda almashinuvi o’ziga xos bo’lib, biogen aminlarning
o’tmishdoshlarini karboksilsizlashtirish va ular qoldig’idan peptid gormonlarni sintezlash
qobiliyatiga ega. Bu hujayralar APUD- tizimni tashkil qiladi.
Apudostitlar sintezlaydigan gormonlar juda ko’p. Ular serotonin va melatonin,
katexolaminlar va gistamin, gastrin, sekretin, motilin va boshqa moddalarni ishlab chiqaradi.
Bu borada hazm tizimining faolligi yuqori, undagi apudostitlar 20 xil gormon ishlab
chiqaradi. Bu gormonlar asosan ingichka ichak shilliq pardasidagi hujayralarda sintezlanadi,
shu tufayli ularni maxsus bir guruxga-enterin tizimi gormonlari guruhiga birlashtiradilar.
Ularni yana gastrointestinal gormonlari deb atashadi, bu gormonlari sekretin, xolestistokinin–
pankreozimin, gastrin, bembezin, motilin, somatostatin, enkefalin va boshqalar kiradi.
Ulardan eng muhimlari xususida to’xtalib o’tamiz. Sekretin birinchi kashf etilgan
gastrointestinal gormon. Sekretinni o’n ikki barmoqli ichakning shilliq pardasidagi maxsus
hujayralar sintezlaydi. Molekulasi 27 aminokislota qoldig’idan tashkil topgan.
Molekulyar massasi 3035. Sekretin ta’sirida me’da osti bezidan shira ajralishi keskin
ko’payadi, shira tarkibidagi bikarbonatlar ortadi. Bundan tashqari bu gormon o’t-safro va
ingichka ichak shirasi bilan suv hamda tuzlar ajralishini ko’paytiradi. Sekretin ta’sirida
oshqozon bezlarida fermentlar ajralishi ko’paysa, ayni vaqtda xlorid kislota sekrestiyasi
to’xtaydi. U hazm tizimi a’zolarining silliq muskullarini ham tormozlaydi.
Sekretin hazm tizimida bo’lmagan a’zolar faoliyatini ham o’zgartiradi: yurakdan tomirlarga
chiqadigan qon miqdorini, siydik hajmini va undagi natriy, kaliy, bikarbonatlar miqdorini
oshiradi.
Xolestistokinin ham asosan hazm tizimi a’zolarining sekretor va motor faoliyatini
boshqarishda ishtirok etadigan gastrointestinal gormondir. Birinchi galda bu gormon o’t
207
pufagini qisqartiradi, undagi o’tni o’n ikki barmoqli ichakka chiqaradi, oshqozon osti bezidan
fermentlar ajralishini kuchaytiradi.
Xolestistokinin faqat o’n ikki barmoqli ichakda emas, balki markaziy va periferik
neyronlarda ham sintezlanadi. Xolestistokininni sintezlovchi neyronlar katta yarim sharlar
po’slog’ida, limbik tizim va gipofizning orqa bo’lagida ko’proq uchraydi.
Gastrin oshqozonning pilorik qismida sintezlanib, qon orqali oshqozon bezlari faoliyatini
rag’batlantiradigan gormondir. Me’daning pilorik qismi shilliq pardasiga berilgan kimyoviy
va mexanik ta’sirotlar uning qonga o’tishini ta’minlaydi. Kimyoviy moddalardan oqsilning
parchalanish maxsulotlari va ovqatning ekstraktiv moddalari gastrinni erkin holda o’tishini
ancha tezlashtiradi. Plorik qismdagi ovqat va shira aralashmasida xlorid kislota miqdorining
ko’payib ketishi gastrin inkrestiyasini tormozlaydi.
Serotonin bosh miyaning ba’zi qismlaridagi nerv oxirlarida ajratiladigan moddadir. Uni
ichakdagi interoxromafin hujayralari ham sintezlaydi. Trombostitlar tarkibida uchraydigan
serotonin qon tomirlarini toraytirib, jaroxatlangan tomirdan qon oqishi to’xtashini
tezlashtiradi. Bu moddaning xulk- atvor shakllanishiga ham daxli bor. Miya tuzilmalarida
serotonin miqdorining kamayib ketishi depressiyaga olib keladi.
Gistamin. Gistidindan kelib chiqadigan gistamin allergik reakstiyalarni paydo qiladi. Uning
ta’sirida nafas yo’llaridagi silliq muskullar qisqaradi, bronx va bronxiolalar torayib, nafas
olish qiyinlashadi. Teri qon tomirlarini kengaytiradi va kapillyarlar devorining
o’tkazuvchanligini oshiradi. Gistamin gipofiz va gipotalamusda ham uchraydi, bu erda u
mediator vazifasini bajaradi. Uning ta’sirida me’da bezlari xlorid kislota ajratishni keskin
tezlashtiradi.
Kininlar 9-11 aminokislotalar qoldig’idan tashkil topgan va tuzilishi bir-biriga yaqin
peptidlar – kininlarni tashkil qiladi. Ular umumiy o’tmishdosh kininogendan kelib chiqadi.
Kininogenning kininga aylanishi uchun kallikrein fermenti zarur. Bu fermentni ham so’lak
bezlari ajratadi. Kallikrein qon plazmasining α2-globulini bo’lgan kininogenni parchalab,
polipeptid kallidin hosil qiladi. Kallidin tezda bradikininga aylanish qobiliyatiga ega. Kallidin
va bradikinin qon tomirlarni sezilarli darajada kengaytiradi va kapillyarlar o’tkazuvchanligini
oshiradi.
Prostoglandinlar. Prostoglandinlar organizmda kechadigan turli jarayonlarga ta’sir etadigan
moddalardir. Ular hamma hujayralarning membranasida uchraydigan araxidin kislotadan
sintezlanadi. Prostoglandinlarning bir nechta turlari tafovut qilinadi (PGA, PGE, PGG).
Prostoglandinlar sog’lom odamlarda va gipertoniklarda tomirlarni kengaytirib, arterial
bosimni pasaytiradi. Bundan tashqari, ajralayotgan siydik va siydikdagi natriy miqdorini
ko’paytiradi.
Nafas yo’llaridagi silliq muskullar ham prostoglandinlar ta’sirida bo’shashadi, bronxlar
kengayadi. Prostoglandinlar buyrak usti bezlarining po’stloq qavatida va qalqonsimon bezda
gormonlarning sintezlanishini tezlashtiradi, ular qon ivishiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Prostoglandinlar tana haroratini oshirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ularning sintezini
tormozlavchi moddalar, masalan, aspirin isitmani tushiradi.
R modda, enkefalin va endorfinlar. Bu moddalar og’riqni sezish umuman, xissiyotlar
shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. R modda og’riqni kuchaytiradigan va
o’zgartiradigan modda. Organizmga R modda yuborilganda qon tomirlarni kengaytiradi, silliq
muskullarning qisqarishiga olib keladi.
Enkefalin va endorfinlar esa organizmning o’zi sintezlaydigan narkotiklardir. Tashqaridan
kiritilgan morfinga o’xshab, bu moddalar og’riq sezgisini kamaytiradi. Bundan tashqari, bu
endogen opiatlar qora dori (opium) yuzaga keltiradigan xissiyot-kayf shakllanishini ham
ta’minlaydi. Ammo odam ularga o’rganib qolmaydi.
Buyraklarda sintezlanadigan eritropoetin, renin va boshqa moddalarni ham to’qima
gormonlariga qo’shish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |