O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi
o‘rinda turadi. Mamlakatimizda uran, neft va gaz, mis,
kumush, litiy, fosfor, kaliy kabi mineral qazilmalarning ham
boy zaxirasi, 20 ta marmar koni, 15 ta granit va qimmatbaho
toshlar koni mavjud.
O‘zbekiston yilning to‘rt fasli to‘liq namoyon bo‘ladigan jahondagi
kamdan kam mamlakatlardan biridir. Yurtimizning dehqonchilik
uchun qulay, hosildor zamini, daryo va ko‘llari, noyob tabiati, obod
shahar va qishloqlari, ko‘plab sanoat korxonalari, temir va avtomobil
yo‘llari, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat maskanlari – bularning
barchasi milliy boyligimizdir.
Siz «Neksiya», «Damas», «Matiz», «Lasetti», «Spark», «Kobalt»,
«Malibu», «Orlando» yengil avtomobillarini, «Suzuki» avtobuslarini,
«Man» yuk mashinalarini ko‘rgansiz. Bu mashinalar mustaqillik
yillarida Asaka va Samarqand shaharlarida ish boshlagan avtomobil
zavodlarida ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |