3.3. Kesish jarayoni
Metallarni kesish uchun mustahkam va
og`ir giralardan foydalaniladi. Chilangarlikdagi
kesish ishlarida buriluvchi va burilmaydigan
parallel jag`li, murakkab temirchilik ishlarida
esa maxsus kursiga o`rnatilgan stol giralaridan
foydalaniladi.
Kesish vaqtida gavdaning holatini to`g`ri
saqlab turish ish unumdorligini oshiradi. Oyoq
va gavdaning turg`unligi zarbani to`g`ri,
qolaversa,
maqsadga
muvofiq
berilishini
ta`minlaydi. Zubilo bilan metall kesishda
chilangarning gavdasi gira o`qiga nisbatan 45°
burchak ostida rostlanishi, chap oyoq esa yarim
qadam oldinga chiqib turishi kerak (65-rasm,
a,
b).
Do'stlaringiz bilan baham: |