A ashirov, sh. Atadjanov


IV BOB DUNYONING ETNIK MAN ZARA SI VA ETNOSLAR



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

IV BOB
DUNYONING ETNIK MAN ZARA SI VA ETNOSLAR
KLASSIFIKATSIYASI
IV. 1. Yer shari aholisining etnik tarixi
IV.2. XX asrdagi etnodem ografik jarayonlar
IV. 
3. Dunyo aholisining geografik va antropologik klassi- 
fikatsiyasi
IV.4. Lingvistik klassifikatsiyalash
IV. 1. Yer shari aholisining etnik tarixi
Dunyo miqyosida aholi sonining muttasil ko‘payib borishi, 
ishlab chiqarish m unosabatlarining rivojlanishi, jam oat uyush- 
malarining murakkablashuvi va m adaniyat taraqqiyoti doimiy 
ravishda yalpi ko‘chib o ‘tish (migratsiya)ning kuchayishiga, turli 
xalqlarning o ‘zaro qorishib ketishiga sabab b o ‘lmoqda.
Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika etnik tarixida IV-IX 
asrlarda yuz bergan «xalqlarning buyuk ko‘chishi» nom ini olgan 
jarayon m uhim aham iyat kasb etadi. Aynan m azkur davrda 
slavyanlarning Sharqiy Yevropaga joylashuvi, germ anlarning 
M arkaziy va Shimoliy Yevropaga tarqalishi ham da ularning 
Britaniya orollariga kirib borish jarayoni yuz bergan.
IV 
asr so‘nggida Yevropa hududiga kirib kelgan xunlar Dunay 
havzasida etnik qorishgan aholidan yirik davlatni barpo qilganlar. 
Xunlar izidan Yevropaga xazarlar, avarlar, qipchoqlar, bolgar- 
lar kabi boshqa turkiy xalqlar kirib kelgan. Bolgarlarning bir 
guruhi Volga daryosi bo‘ylab shimolga ko‘tarilgan. U larning bir 
qismi chuvashlar ham da tatarlar etnogenezida m uhim rol o ‘yna- 
gan bo ‘lsalar, boshqa bir guruhi esa 679-yili D unaydan o ‘tib 
janub tom on yoyilib bolgar xalqiga o ‘z nom ini bergan. V III-IX
asrlarda Janubiy Ural tog‘laridan 0 ‘rta Dunay irm og‘iga G ‘arbiy 
Sibirda yashovchi xant va mansilarga yaqin b o ig a n m ojorlar 
(madyarlar) kelib joylashganlar. Turkiy xalqlar milodiy birinchi 
ming yillik ikkinchi yarmida yalpi tarzda Janubiy Sibir va Markaziy
103


Osiyoga ko‘chib o ‘tganlar. VI asr va VII asr boshlariclan arablar 
tom onidan ko‘plab m amlakatlarning bosib olinishi natijasida 
ularning Old Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlariga tarqalishi 
ham da u hududlarda yashovchi mahalliy aholi bilan qo‘shilish, 
aralashish jarayoni boshlangan.
II ming yillikning birinchi yarmida Osiyo va Yevropa m am - 
lakatlari etnik tarixiga m o‘g‘u!iar bosqini jiddiy ta ’sir qilgan. XIII 
asrda Chingizxon qo'shini tarkibida m o‘g‘ullar bilan birga ko‘plab 
turkiy qavmlar ham bo'lgan. Natijada kelib chiqishi har xil boigan 
turli-tum an etnoslarning o ‘zaro qo‘shilishi natijasida Markaziy 
Osiyo, Sharqiy Yevropa ham da Kavkaz orti hududlarida qator 
yangi etnoslar tashkil topdi.
Dunyoning etnik tarixiga buyuk geografik kashfiyotlar ham 
katta ta ’sir ko'rsatgan. XVI—XIX asrlarda amalga oshirilgan 
geografik kashfiyotlar natijasida ko‘plab yevropaliklar Amerika, 
Avstraliya va Okeaniyaga ommaviy ravishda ko'chib o ‘tganlar, 
Mazkur migratsion jarayonlarda dastlab ispanlar va portugallar, 
keyinroq gollandlar, fransuzlar va ayniqsa inglizlar asosiy o ‘rin 
tutganlar. Ushbu xalqlardan ajralib chiqqan ko‘plab guruhlar 
o ‘zlarining asl vatani va ona xalqidan ajralganlaridan so‘ng yangi 
yerlarda yangi etnik jam oalarga asos solgan. M azkur etnik 
jam oalarning tashkil topishida ayrim hollarda mustamlakaga 
aylantirilgan hududning mahalliy aholisi muhim rol o ‘ynagan 
bo ‘lsa, boshqa holatlarda Yevropadan kelgan em igrantlar asosiy 
o ‘rin tutganlar. Chunki, ular tom onidan, ko‘pincha, mahalliy 
aholi tam om ila qirib tashlangan yoki o'zlarining asl etnik 
vatanlaridan quvib chiqarilgan.
Birinchi yo‘ldan Meksika, Markaziy va Janubiy Amerikadagi 
ko‘plab davlatlar aholisining shakllanishi yuz bergan b o isa, etnik 
rivojlanishning ikkinchi yo‘li orqali Kanada, AQSh, Argentina, 
Urugvay, Avstraliya va Okeaniya, Yangi Zelandiya hamda Gavay 
aholisi shakllangan. Amerika q it’asidagi ayrim m amlakatlarda, 
ayniqsa, Karib havzasi m am lakatlari Venesuela, Braziliya va 
Gayana etnik tarixida yevropalik emigrantlar va mahalliy hindular 
bilan birga Afrikadan keltirilgan qullar ham muhim rol o ‘yna- 
ganlar. U m um an olganda, XVI asr va XX asr boshlarida dunyo
104


miqyosida mustamlakachilik tuzumining avj olishi dunyoning etnik 
manzarasini o'zgarishiga asosiy sabablardan b o ig an . Qolaversa, 
aholi so n in in g intensiv o ‘sib borishi va yangi y e rlarn in g
o ‘zlashtirilishi ham turli tarixiy-etnografik m intaqalar orasida 
etnom adaniy aloqalarning avj olishiga turtki bergan.
Insoniyat tarixida aholi sonining o ‘sishi doim o m urakkab va 
nom utanosib b o ‘lgan: «demografik portlashlar» davri aholi 
sonining keskin kamayib ketish davrlari bilan doimiy almashinib 
turgan. Aholi sonining o ‘sishi yoki kamayishi o ‘ziga xos tarixiy, 
ijtimoiy va biologik sabablar bilan bogiiq boigan. XX—XXI asrlarda 
dunyo miqyosida aholi soni juda tezlik bilan o ‘sib bonnoqda. Bunga 
39-yiJ avval dunyo aholisi hozirgiga qaraganda ikki baravar kam 
bolganligi va aholining qariyb yarmidan ko'pi 25 yoshga yetmasdan 
vafot etganligi yorqin misol bo'la oiadi.
Insoniyat tarixning ilk bosqichlarida xabiatga m a’lum m a’noda 
qaramiik tufayli ming yillar mobaynida dunyo aholisi juda sekin 
darajada ko'payib borgan. Qadimgi davrlarda va o ‘rta asrlarda 
tug‘ilish yuqori darajada bolishiga qaram ay doimiy kasalliklar, 
epidem iyalar. urushlar o'lim sur’atining o'sib borishiga olib 
kelgan. Shu boisdan ham aynan mazkur davrda dunyo miqyosida 
tug‘ilish o ‘lim ko'rsatkichidan ustun turgan.
Paleolit davri yakunida (taxminan 15 ming yil oldin) yerdagi 
odam lam ing umumiy soni taxm inan 3 mln. atrofida bo‘lgan. 
Kishilik jam iyati o ‘z tarixining m azkur bosqichida odam lar 
insoniyat hozir istiqomat qilayotgan hududning uchdan bir 
qismidagina yashar edilar. Yer sharining boshqa m intaqalarida 
tabiat injiqlildari, sahro va muzliklar tufayli odam lar juda kam 
uchragan. Bu m a ’lum m a’noda qadim ajdodlarim izning xo‘jalik 
turm ush tarzi (terib-term achilik, ovchilik, baliqchilik) bilan 
b o g iiq b o lib , m azkur holat ularni keng m intaqalarda bir- 
birlaridan uzoqda yashashlariga majbur qilgan.
0 ‘n m ing yil oldin Yaqin S h arq d a yashagan o d am lar 
jamoasining o ‘troq turmush tarziga o'tishi va dehqonchilik hamda 
chorvachilikning keng yoyilishi odamlaming tabiatga qaramligini 
nisbatan kamaytirgan va ular sonining o ‘sishiga sabab b o ig an . 
Ushbu novatsiyalar (yangiliklar) natijasida 4-5 ming yil avval
105


Yerdagi aholi taxminan 25 mln. kishiga ko‘paygan. Bu davrda ona 
zaminim izning asosiy aholisi Qadimgi Misr, M esopotam iya, 
Hindiston, Xuanxe va Yanszi daryolari oraligMda hamda Markaziy 
Osiyo hududida yashagan. Insoniyatning bundan keyingi etnik 
tarix i x o ‘jalik m u n o sab a tla rin in g ta k o m illa sh u v ja ra y o n i 
(agrotexnikaning yaxshilanishi, yangi m ehnat qurollarining 
yaratilishi, hayvonlarni xonakilashtirish) bilan cham barchas 
bogMiq boMgan. Ushbu omillar natijasida yerdagi kishilar soni 
sezilarli darajada ko'payib borgan. Antropolog va etnologlarning 
taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra eramiz boshlarida, ya’ni bundan 
ikki ming yil muqaddam dunyo aholisi 150-200 mln. kishiga 
yetgan. Arxeolog va paleontolog mutaxassislarning fikrlaricna, 
bu davrda asosiy aholining 70 foizi Osiyoda yashagan.
Milodiy eraning oxirgi XIX asri rnobaynida Yer shari aholisi 
10 barobar ko'paygan boMishiga qaramay, aholining ko‘payish 
jarayoni tarixning barcha davrlaiida ham bir xil tarzda kechma- 
gan. Ayrim davrlarda aholi soni urushlar, kasalliklar va epidemiya- 
lar ta ’sirida keskin kamayib ketgan boMsa, boshqa davrlarda aholi 
soni intensiv ravishda o ’sib borishi kuzatilgan. Masalan, XVI asrda 
dunyoda oMat epidemiyasining ommaviv ravishda tarqalishi natijasi­
da ona zamin aholisining to‘rtdan bir qismi qirilib ketgan. Shu 
boisdan ham eramizning birinchi ming yilligida jahon aholisi faqat- 
gina 1,5 baravarga ko‘paygan, xolos. I ming yillikdan II m ingyil- 
likka o ‘tish arafasida sayyoramizning asosiy aholisi Janubiy Osiyo- 
da(79 mln.), Xitoyda (66 m'in.) yashagan va ular umumiy aholi­
ning 55% ni tashkii etgan. Bu davrda Yevropada Fransiya, Italiya va 
Ispaniya kabi mamlakatlar aholisi eng ko‘p davlatlar hisoblangan.
II ming yillik o ‘rtalariga kelib dunyo aholisi 1,6 barobar 
ko‘paygan. Bu davrda Yevropa aholisi juda tez sur’atda ko‘payib 
borgan bo‘lsa-da, lekin eng ko‘p odam yashagan mamlakat 
oldingi davrlardagidek Xitoy edi. Bu m am lakatda jam i 110 mln. 
odam istiqomat qilar edi. Shuningdek, Yaponiya aholisi ham 
juda tez sur’atda ko‘payib borgan. Jum ladan, Yaponiya aholisi 
1000-yilda 4,5 mln. boMgan boMsa, 1500-yilda 17 mln.ga yetgan. 
Yevropada esa eng ko‘p odam yashagan mamlakat Fransiya boMib, 
mazkur mamlakatda jami 15 mln. kishi istiqomat qilgan.
106


XV III 
asrning ikkinchi yarm idan boshlab b u tu n dunyo 
bo ‘yicha aholi keskin oshib ketgan. Shu sababga binoan m azkur 
davrni «birinchi demografik portlash» deb baholash mumkin. 
Agar 1500-yildan 1750-yilgacha aholi soni taxm inan 300 mln. 
kishiga ko‘paygan bo ‘lsa, 1750— 1900-yillar orasida 910 mln.ga 
ko‘paygan. Aholi sonining intensiv o ‘sib borish jarayoni XIX 
asrning ikkinchi yarmiga taalluqli boiib, bu davrda o ‘lim, ayniqsa, 
boialar o iim i kamaygan, odam larning o ‘rtacha yashash yoshi 
esa oshgan.
XX asr bosliiga kelib eng ko‘p aholi yashaydigan m am lakatlar 
Xitoy (475 mln.), Janubiy Osiyo (290 mln.) va Rossiya (130 
m!n.) boigan. Keyingi o iin la rd a AQSh (76 mln.), Yaponiya (45 
mln.), Germaniya (43 mln.), Fransiya (41 mln.), Indoneziya (38 
mln.), Buyuk Britaniva (37 mln.) kabi mamlakatlar turgan. Qolgan 
mamlakatlarda birmuncha kam miqdordagi aholi istiqomat qilgan.

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish